Mavzu: № 12. 3DS-MAX dasturiga kirish.
Reja:
1.
3D Studio MAX dasturi haqida tushuncha
2.
Foydalanuvchi interfeysi haqida ma’lumot
3.
3D MAX dasturida ob`ektlar tushunchalari
4.
Yoritishni tashkil etish
3D Studio MAX uch o‘lchovli modellashtirish va ko‘rgazmali namoyish
qilishning (vizualizasiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida yuqori
sifatli animasiya va uch o‘lchovli modellarni professional darajada yaratish mumkin.
Bunda siz ikki o‘lchovli va uch o‘lchovli ob’yektlarni qo‘llashingiz mumkin. Bu dastur
yordamida yuqori sifatli multiplikasion filmlar, ma’lum fanlar bo‘yicha ko‘rgazmali
dasturlar tuzish mumkin.
3D Studio MAX da ob’yektlarni qurish maydoni (viewport)da yaratasiz. Buning
uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga keltirganingizda kursor
shakli o‘zgaradi. Sichqoncha yordamida ob’yektning o‘lchovlarini berasiz.
Yaratilgan ob’yektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va yoritgich
asboblarini qo‘llashingiz mumkin. Ob’yekt sirti uchun turli material tanlashingiz
mumkin, ya’ni unga masalan shaffof yoki g‘adir-budir sirt berishingiz mumkin bo‘ladi.
Qurish maydonida yaratilgan ob’yektlarni harakatlantirib, kichik animasiya hosil qilish
mumkin. Buning uchun {Animasiya} tugmasini bosib, kadrlarni o‘zgartirgan holda
ob’yektni harakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So‘ngra animasiya panelidan
{Play} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib, animasiya hosil bo‘ladi. Bu
yaratilgan animasiyani fayl ko‘rinishida komp’yuter xotirasida saqlash va istalgan video
tasvirlarni o‘qiy oladigan dastur yordamida o‘qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali
formatda saqlanadi. Foydalanuvchi interfeysi haqida ma’lumot
Birinchi navbatda siz 3 Ds Max dasturini ishga tushirganda uning asosiy ekraniga
ko‘zingiz tushishi mumkin. Agar siz yangi foydalanuvchi interfeysini bilmaydigan
bo‘lsangiz, unda dastlab qurilmalarini ko‘rib chiqishingiz hamda ular bilan atroflicha
tanishishingiz lozim.
Siz interfeysning dastur elementlardan tashkil topganligini, ya’ni, bir xil turdagi
buyruqlarni guruhlanganligini ko‘ring va ishonch hosil qiling. Masalan, o‘z vaqtida
ob’yektlar holatini sozlash va boshqarishni amalga oshirish tugmachasi jamlanmasi
yordamida animasiyani amalga oshirish jarayonini boshqarish vositasi. Dastur ekranini
shartli tarzdi beshta asosiy elementlarga ajratish mumkin:
86
Main menu (Bosh menyu). Dastur ekranining yuqori qismda joylashgan va bu
menyu 3 Ds Max dasturiga asosiy buyruqlar bilan murojaat qilishni ta’minlaydi. Barcha
buyruqlar menyusi toifalar bo‘yicha birlashtirilgan. Dastur ishga tushirilganidan so‘ng
3Ds Max grafik redaktorning ishchi oynasi ochiladi. Bosh menu quyidagi meny
bandlaridan iboratdir File (Файл), Edit (Правка)-tahrirlash, Tools
(Сервиc), Group,Views, Great (Создать)-yaratish, Modifiers, Animation, GrafEditor,
Rendering (Визуализация)-vizuallash, Customize, MAXScript, Help(Помощь)-
yordam.
bosh paneli).Odatda u bosh menyu ostida
joylashadi, ammo “suzuvchi” panel ko‘rinishida aks ettirilishi yoki ekranning boshqa
joyida joylashishi ham mumkin. Toifalar bo‘yicha ajratilgan, to‘plam bilan birga
qurilmalar tarkibida joylashgan yoki yakka bo‘lishi mumkin. Dastur amallari va
qo‘llanuvchi buyruqlar tezkor murojaatlar tugmachasidan tashkil topadi.
Viewports (proyeksiya ekrani) ekranning markazida joylashgan va uning katta
qismini
egallaydi. To‘rtta ajratilgan ko‘rinishda devor proyeksiyasi - yuqori Tor (yuqori),
yonbosh Left (chap), to‘g‘risidan yo‘naltirilgan Front ( ro‘parasidan) va kelajakda
rivojlanishni ko‘zda tutadigan Perspective (istiqbolli).
Command Panel (buyruqlar paneli). Odatda ekran proyeksiyasining o‘ng
tomonida joylashgan. Bu panel oltita to‘plamdan tashkil topgan va devor ob’yektlarini
modefikasiyalash va tashkil etish bo‘yicha amallarning bajarilishini ta’minlaydi. Har bir
to‘plam ob’yektlarni sozlovchi sivatkadan tashkil topgan.
Lover Interface Bar (Interfeysning quyi qatori) Dastur oynasining quyi qismida
joylashgan. Turli maydon va tugmachalardan tashkil topgan, uning tarkibiga
maydonning aks etish holati va ma’lumotnoma (spravochnik) kiradi, shu bilan birga
animasiyalarni qayta tiklash va boshqaruv oynasi proyeksiyasi uchun tugmalar to‘plami
ham mavjud.
87
3Ds Max dasturi oynasi
Dastlab, ishni 3Ds Max dasturini atroflicha o‘rganib chiqishdan boshlasak, avval
dastur yordamida ob’yekt ko‘rinishda asosiy maqbul ishlarni amalga oshirish: sodda
primitivlarini tuzish, ob’yektlarni belgilash, ularning bir-biriga o‘zaro tekislash,
proyeksiya oynasidagi aks etish holati va joylashishi, ularni o‘zgarti-rish, ma’lum
masshtabga keltirish, o‘zgartirish va aylantirish mumkin.
Bu oddiy amallar 3Ds Max dasturining keyingi asosiy faoliyatiga xizmat qiladi.
Haqiqiy hayotda juda ko‘p ob’yektlar o‘zida oddiy uch o‘lchovli qo‘llanmalar
amallarini o‘zida aks ettirgan. Masalan, stol parallelpipeddan tashkil topgan, stol
lampasi esa – silindr va yarim shakldan, avtomobil balloni esa – boshqa yuqoridagilarga
o‘xshamagan shakllardan tashkil topgan. Katta va kichik darajadagi barcha
ko‘rgazmalarda amalda uch o‘lchovli virtual joylashuv shartlari qo‘llanilib kelinmoqda.
3 Ds Max dasturi standart ob’yektlari o‘zida “qurilish materiallar”ini tashkil etgani
uchun ular yordamida turli ko‘rinishlar tashkil etishga ko‘maklashadi.
3D MAX dasturida ob`ektlar tushunchalari
Geometrik ob`ektlar. Geometrik ob`ektlarni ko‘rishda juda kuchli va keng
tarqalgan 3D paket Discreet kompaniyasi 3D Studio Max dasturini tanlab uning
misolida ob`ektlarning asosiy turlari va modellashtirish texnologiyasini ko‘rib o‘tamiz.
Bu dastur yordamida geometrik ob`ektlarning quyidagi turlari qurilishi mumkin.
Splayn chiziqlar (Spline Curves) - boshqa sirt yoki shakllarni ko‘rishda
ishlatiladigan va shu tartibda qurilgan (Beze yoki Nurbs) chiziqlar. Ularni harakat
troyektoriyalarini ifodalash uchun ham ishlatish mumkin.
88
Chiziq,muloqot chiziqlari.
Masalan, Beze chiziqlari uchun, xususiy holda, boshlang‘ich shakl va chiziqlar
to‘plami aniqlangan bo‘lib (masalan, tekst, aylana, ellips) ular keyinchalik aniq shakllar
ko‘rishda ishlatilishi mumkin.
Poligonal ob`ektlar (polugonal objects) - bular o‘zgarib turuvchi parametrlar
bilan ifodalanuvchi (masalan uzunlik, radius) poligonal boshlang‘ich shakllar
(polygonal primitives) yoki polugonal turlardir (polugonal meshes). Poligonal turlar
juft-jufti bilan uchlarni tutashtiruvchi qirralar sifatida aniqlanadi. Boshlang‘ich shakllar
(primitiv) ni ishlatish dizaynerga (dasturga ham) ob`ekt shaklini o‘zgartirishni ancha
osonlashtiradi. Shunda 3D - boshlang‘ich (primitiv) shakllarni (masalan sfera yoki
silindr) namoyish etishda, ularning shakli qirralar yordamida berilgan aniqlikda
almashtiriladi. Poligonal d ob`ekt sirti tekis yoqlardan iborat bo‘lgani uchun, ularga
namoyish silliqligini berishda turli silliqlash algoritmlari foydalaniladi. Bu texnologiya
asosan 3D o‘yinlarni va virtual borliqni yaratishda keng qo‘llanadi.
Poligonal ob`ektlar.
Beze sirti.
Beze sirtlari (Bezier patches) - bu Beze cho‘qqilarining joylashishi bilan silliq
sirtlardir. Bu cho‘qqilar sirtga urinma vektorlar (tangent) uchlarida joylashgan
qo‘shimcha boshqaruvchi nuqtalar (control points) yordamida sirtni egriligini aniqlaydi.
89
Bu sirtlar hisoblash tizimi uchun ma`lum qiyinchiliklarni tug‘dirishiga qaramay,
ular yordamida murakkab egri chiziqli ob`ektlarni modellashtirish mumkin.
NURBS sirtlar - bir jinsli bo‘lmagan egri chiziqli sirtlarni modellashda
ishlatiladigan eng universal va samarali vositadir. Bunday sirtlar maxsus to‘rt o‘lchovli
bir jinsli fazoda ifodalanadi. Unda har bir boshqaruvi cho‘qqi, uchta X, Y, Z
koordinatadan tashqari qo‘shimcha vazn (weigat) tavsifiga ham ega. Cho‘qqining o‘rni
va nisbiy vaznini o‘zgartirish orqali ob`ekt shaklini aniq boshqarish mumkin.
NURBS sirti.
Murakkab ob`ektlar (compound objects) - oldindan tayyorlab qo‘yilgan ikki yoki
undan ko‘p shakllardan tuziladi. Qanday jism qurilishiga qarab oldindan tuzilgan
shakllar chiziq yoki sirt bo‘lishi mumkin.
Dinamik ob`ektlar (dynamic objects) - ularga qo‘yilgan tashqi kuchlar ta`sirida
harakatga keluvchi ob`ektlar: prujina va amortizatorlar. Ular ob`ekt harakati
dinamikasini modellashtirishda ishlatiladi. Boshqa dasturlarda geometrik ob`ektlarni
qurish va muharrirlashning shunga o‘xshash yoki ulardan farq qiluvchi usullari
qo‘llaniladi.
Nogeometrik ob`ektlar. Misol sifatida 3D Studio Max dasturini ko‘rishni davom
ettiramiz. Quyidagi ob`ekt turlarini qarash e`tiborga loyiq.
Yoritish manbai (light objects) tashqi va ichki yoritishni ifodalashda ishlatiladi.
Turli algoritmlar yorug‘lik tarqatuvchi turli manbalarni yaratadi: bir nuqtadan barcha
tomonga tarqaluvchi nur; projektordagi chiquvchi fokuslangan yorug‘lik; yo‘naltirilgan
manbadan chiquvchi yo‘naltirilgan nur. Bunda manbalardan chiquvchi nur turli rangda
bo‘lishi, ma`lum masofadan keyin pasayishi shuningdek ob`ektlarning soyalarini hosil
qilishi mumkin.
Yoritishni tashkil etish
Kameralar (cameras) - kadr tekisligida ob`ekt aksini to‘liq nazorat qilish
imkonini beradi. Uning eng asosiy tavsifi, ko‘rish maydonini aniqlovchi kamera
90
ob`ektivining foks masofasidir. Bu ikki parametr o‘zaro bog‘liq va mos ravishda gradus
va millimetrlarda o‘lchanadi. Yana bir muhim tavsif bu qirqim tekisligidir. U sahna
qismining ko‘rinish masofasini aniqlaydi.
Fazoni bukuvchilar (space warps) ob`ektlarga tashqi kuchlar ta`sirini ifodalaydi,
bu - ma`lum ob`ektlarga ta`sir ko‘rsatuvchi kuchlar maydoni deformasiyasi, yoki ob`ekt
bo‘laklarini sochib yuboruvchi zarbdor to‘lqinlarni keltirish mumkin.
Tana a`zolariga ajratildi
Materiallar sirtning namoyishi xususiyatlarini, ya`ni sirtning sahna yoritilganligi
bilan munosabatini aniqlaydi.
Sirtlarning quyidagi xususiyatlari materiallarning yorug‘lik bilan munosabatini
aniqlaydi:
Rang va shaffoflik nur sochilishni aniqlaydi. Sinish koeffisenti va silliqlik
yordaraida sirtdan shu`lalar va nurli oynaviy qaynatish aniqlanadi.
Material rangini tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
Namoyish paytida fotorealistik sifatni olish uchun material xususiyatlarini juda
aniq berish kerak. Shu maqsadda grafik dasturlarda turli fikr xususiyatli materiallar
andoza (shablon) lari ishlatiladi. Andozalardan foydalanish dizayner ishini keskin
osonlashtiradi. Sirt yuzasiga har xil bezaklarni (uzor) tushirish uchun dasturlarda
teksturali xaritalar (dekorativ bezak — maps) ishlatiladi. (Masalan devorga terilgan
g‘isht, timsoh terisidan tayyorlangan buyum) . Oldindan tayyorlangan teksturalar har xil
turdagi fayllarda (HMP, TIF, JPG, EPS,..) saqlanishi yoki ularni tez qurish qoidalari
ko‘rinishida saqlanishi mumkin.
|