Mavzu: № 11 Adobe Photoshop dasturining qo‘shimcha imkoniyatlari.
Reja:
1.
Photoshop dasturida matn muharririning imkoniyatlari
2.
Photoshop dasturi kontur oynasining qo‘llanilishi.
«Adobe Photoshop» programmasida matnlar bilan ishlash
«Adobe Photoshop» programmasi tasvirlar ustiga matnlarni kiritish uchun yana bir
keng imkoniyatni ochib beradi. Тasvir ustiga matn kiritish uchun asboblar panelida
maxsus "Текст" asbobi mavjud. Bu asbob asosan tasvirga turli matnlarni kiritish uchun
xizmat qiladi. "Текст" asbobi tarkibida "Тeкстмаска", "Вертикалный текст"
kabi asboblar yashiringan. Bu asboblar aktivlashtirilib, tasvir ustida bir marta bosilishi
bilan yangi "Текстовой инсттрумент" darchasi hosil bo‘ladi. Bu asboblar faqat
matnlarni tuzish uchun xizmat qiladi. Uning yordamida mavjud matnlarni taqrirlashning
iloji yo‘q.
Matnli ko‘rinishlar. Qor ko‘rinishni harflarda qo‘llash
Avvalambor yangi tasvir hosil qilamiz (Ctrl+N), taxminan 300x300 piksel hajmda
bo‘lsin. Hajmi juda ham katta bo‘lishi shart emas – aks holda qor haqiqiy ko‘rinishda
bo‘lmaydi ( bunga o‘zingiz amin bo‘lasiz).
Тagrang ko‘rinishi sifatida qish fasli rasmini, yoki oddiy havorangni qo‘llash lozim.
So‘ngra, Type (Matn) uskuna yordamida matn yozing. Harflar rangi turli bo‘lishi
mumkin, biroq , harflar Ko‘k rangga yaqin bo‘lganda ta’sirchan ko‘rinish bo‘ladi.
Endi esa qor ko‘rinishni yaratishni boshlaymiz, uchi ingichka bo‘lgan Brush
(Mo‘yqalam) uskunasini tanlaymiz. So‘ngra, yozuvga yuqoridan qor tushgan o‘rinlarni
oq rang bilan ko‘rsatamiz. Buning uchun uy tomiga tushgan qor ko‘rinishini ko‘z
oldimizga keltirishimiz lozim. Rasmda o‘z e’tiborimizni jalb etib ham bajarishimiz
mumkin, ammo chizish qobiliyati har bir inson ijodiga bog‘lik. Biroq, qor ko‘p
bo‘lmasligi lozim.
Qor ko‘rinishi belgilangandan so‘ng, haqiqiy tasvir bilan ishlashni boshlaymiz.
83
Smudge (Barmoq) uskunasidan foydalanamiz. Uning imkoniyati juda keng va
xilma-xildir. Ushbu uskuna bilan ishlash ko‘rinishi ko‘k rangni qog‘ozga barmoq bilan
surtilayotganga o‘xshaydi, bu esa turli xil bo‘shliqlarni birlashtirish, o‘zaro
oquvchanlikni hosil qilishda kerak bo‘ladi.
Demak, Smudge uskunani tanlab, qor ko‘rinishi chetlarini harflar ustida og‘iriligi
bilan qotib qolgan holatini hosil qilamiz. Agar qotish holatini yarata olmasak, uskuna
parametrini o‘zgartiramiz, ya’ni bosimni oshiramiz (Pressure). Natija rasmda
ko‘rsatilgan.
Keyigi bosqich hozirgi uskuna bilan amalga oshirilib bunda – qor oqimini hosil
qilamiz. Ushbu ko‘rinishni qor erishni boshlaganda, ya’ni eriyotgan qorning atrofida
shakllar paydo bo‘lish holatidir. Ular juda oson yaratiladi: «barmoq» uskuna bilan qorni
vertikal yo‘nalishda surtish lozim. E’tiborli bo‘ling: chunki uskuna qo‘llanilayotganda
dag‘al ko‘rinish berishi mumkin. Rasmdagi qor tushgan o‘rinlar aniq ko‘rinishda
bo‘lmasa, muyqalam yordamida to‘g‘rilab chiqamiz.
Hozircha rasm ko‘rinishi qish fasliga unchalik ham o‘xshamaydi. Sabab shundaki
qor – silliq emas, balki ko‘p mikdordagi qor parchalaridan iborat. Ushbu holatni
ko‘rsatib berish lozim bo‘ladi. Masalani hal etishda– Add Noise (Notekislik qo‘shish)
standart filtr: Filter-Noise-Add Noise qo‘llaniladi. Filtrni sozlash oynada ko‘rsatilgan.
So‘nggi amallar quyidagicha bajariladi. Blur (Oquvchanlik) filtr: Filter-Blur-Blurni
bir necha marta takror qo‘llang va natija kutilgandek bo‘ladi. Filtrni qo‘llayotganda
konturlarning qo‘shilishi, ya’ni tasvirda konturlar oqib ketayotganga o‘xshaydi.
Mo‘yqalam uskuna yordamida va Brushes ranglar majmuasidan Airbrush va Noise
parametrlarini o‘rnatilib, harflar tagida qor ko‘rinish hosil qilindi.
Bajarilayotgan amalni tugadi deb hisoblasak ham bo‘ladi, biroq Yana bir kichik
elementni – yog‘ayotgan qorni qo‘shamiz. Buning uchun Brush uskunani tanlang va
parametrlar oynasida Load Brushes buyrug‘i orqali Assorted mo‘yqalam to‘plamini
yuklaymiz. Unda barcha standart mo‘yqalam ko‘rinishlar mavjud bo‘lib, ular orasida
qor parchasi ham bor. Uni belgilab olib, qor parchalarini kerakli o‘rinlarda o‘rnatib
chiqamiz. Natija rasmda ko‘rsatilgan.
Photoshop dasturida biror bir matn yozib olamiz:
84
Yaratilgan tasvirni kontur yo‘nalishiga o‘zgartirishlar kiritish uchun menyular
bandining Oyna menyusidan Стиль Слои buyrug‘i orqali Слои (qatlam) oynasi
chiqadi:
Параметры наложения () buyrug‘idan Стиль Слои orqali KONTUR bandiga
murojaat qilinadi:
Kontur elementlarini sozlash satri 11 xil shakllari mavjud:
Линейый – bir uchi tugun shakli;
Конус – konus shakli;
Перевернутый конус – yon sirtli konus shakli;
Глубокая выемка – chuqur joylashish shakli;
Мелкая выемка – kichkina churuq shakli;
По Гауссу –
Полукруг – yarim doira shaklida joylashish shakli;
Кольцо – aylana shaklli;
Двойное кольцо – ikki tomonlama aylana shakli;
Волнистый уклон – to‘lqin yo‘nalishida qiyshatirish shakli;
Скругленные ступени – pog‘onama-pog‘ona chiqish shakli;
85
Пила 1 – qirra ko‘rinishidagi shakl;
|