II BOB. TABIIY TOSH MATERIALLARI
2.1. Umumiy ma’Iumotlar
Tog‘ jin si muayyan tarkibga va tuzilishga ega bo‘lib, geologik
jarayonlar natijasida yer qatlamida hosil bo‘lgan. M inerallar fizik va
kimyoviy bir jinsli tabiiy jism bo ‘lib, yer qatlamida yuz bergan fizik-
kimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan. Tabiatda minerallar turi
2000 ortiq boMsada, tog‘ jinslari 50 taga yaqin minerallardan iborat. Tog‘
jinslari monomineralli va polimineralli bo‘ladi.
Tabiiy toshlar qurilishda mexanik qayta ishlangan holda va materiallar
ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Sement ishlab chiqarishda
ohaktosh, beton tayyorlashda esa qum va chaqilgan tosh millionlab m3
ishlatiladi. Marmar, granit, ohaktosh kabilar arralanib, tekislanib bezak
material sifatida qo‘llaniladi.
Tabiiy tosh materiallari zaxiralari ishlatilganda ekologik muhitni
asrash, qonun qoidalariga rioya qilish zarur. Bunda chiqindi kam hosil
boMadigan texnologiyalarni tanlash maqsadga muvofiq bo'Iadi.
2.2. Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar
Tog‘ jinslari shakllanishiga ko‘ra uch genetik guruhlarga bo‘linadi:
silikatli qotishma (magma) ning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan
magmatik jinslar, tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lgan cho‘kindi
jinslar, yer qatlamida fizik-kimyoviy sharoitda qayta kristallanib, ko‘rinishi
o'zgargan metamorfik jinslardir (2 .1-jadval).