• 3.7-rasm. Cherepitsa turlari.
  • Maxsus keramik materiallar va buyumlar




    Download 6,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/187
    Sana25.05.2024
    Hajmi6,28 Mb.
    #253711
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   187
    Bog'liq
    Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

    3.6. Maxsus keramik materiallar va buyumlar
    Cherepitsa. 
    C herepitsalarning oson eriydigan gillardan, pazli 
    shtamplangan, pazli tasmasimon, yassi tasmasimon va konussimon turlari 
    ishlab chiqariladi (3.5-rasm). Cherepitsa ishlab chiqarishdagi jarayonlar 
    keram ika texnologiyasi singaridir. Cherepitsa tombop mustahkam, 
    atm osfera muhitiga chidam li, olovga bardoshli material bo‘lib, 300 
    yilgacha xizmat qiladi. Cherepitsa massasining kattaligi, tomga o ‘matish 
    nishabining yuqoriligi (30 foiz kam emas), tomga yopish jarayonida qo‘l
    39
    f


    mehnatining ko‘pligi uning kamchiligi hisoblanadi. Cherepitsa tomda biri 
    ikkinchisining ustiga chok bostirib qo‘yilgani uchun foydali yuzasi 50-85 
    foiz tashkil etadi. Cherepitsaning suv shimgandagi massasi 50-60 kg/m2 
    bo‘lishi mumkin. Sovuqqa chidamliligi esa F 25 dan kam bo‘lmasligi shart.
    Cherepitsa, asosan, turar-joy, m a’muriy va qishloq xo‘jalik binolari 
    tomlarini yopishda ishlatiladi. Cherepitsa Yevropa mamlakatlari qurilish 
    tizimida ko‘p tarqalgan, hozirgi kunda cherepitsa 0 ‘zbekistonda ishlab 
    chiqarilmoqda va qurilishda ishlatilmoqda.
    3.7-rasm. Cherepitsa turlari.
    Sanitariya-texnika buyumlari
    - umivalnik, unitaz, bide, rakovina, 
    pissuar, yuvish bachoklari va shu kabilar chinni, yarim chinni, fayans 
    va shamotlangan massalardan tayyorlanadi. Ular xomashyosini kaolin, 
    oq gil, dala shpati, kvars qumi kukuni, kuydirilgan gil, eruvchan shisha 
    va soda turli miqdorda tashkil etadi. Buyumlar oq va rangli yaltiroq sir 
    bilan qoplanadi hamda pishiriladi. Buyumlar gips qoliplari quyma usulda 
    olinadi.
    Kanalizatsiya va drenaj quvurlari
    - oqava, zax, yomg‘ir, chiqindi 
    suvlarni oqizish va chiqarib yuborish uchun ishlatiladi. Kanalizatsiya 
    quvurlari plastik qiyin eriydigan va erimaydigan gillardan tayyorlanadi.
    Kanalizatsiya quvurlarining uzunligi 1000 - 1500, ichki diametri 
    150-600 mm. Bir tomoni quvurlarni biriktirish m aqsadida rastrub 
    holda yasaladi. Uning suv shimuvchanligi 8 foiz kam bo‘lishi, kislotaga 
    bardoshligi 93 foiz, suv o ‘tkazmasligi shart.
    40


    Drenaj quvurlari oson eriydigan gil va qumoq tuproqlar asosida 
    olinadi. Quvur silindrik, olti va sakkiz qirrali sirlanmagan holda ishlab 
    chiqariladi, sho‘rlangan yerlarning suvini qochirish uchun ishlatiladi. 
    Uzunligi 500 mm. gach^ ichki diametri 50-250 mm.
    Klinkerlig‘isht
    -g iite r to‘la pishirib olinadi. 0 ‘lchamlari 220 x 110*65 
    mm. Siqilishdagi mustaHfcamlik chegarasiga ko‘ra 3 markaga - 1000, 
    700 va 400 bo‘linadi, suv shimuvchanligi 2-6 foiz, sovuqqa chidamligi 
    F 50-F 100. Klinkerli g ‘isht yo‘l va ko‘prik-kanalizatsiya, 
    kollektorlam i 
    qoplashda ishlatiladi.
    Kislotaga chidamli g ‘isht
    oliy'ya birinchi kategoriyalarda A, В va О 
    klasslarda tayyorlanadi. G ‘isht shakl jihatidanto‘g‘ri burchakli, 
    ponasim on, 
    radial va fason turlarga bo‘linadi. G ‘ishtning o ‘lchamlari 230x113x65 
    va 230x113x55 mm. G ‘ishtning siqilishga mustahkamligi 35-60 MPa, 
    kislotaga bardoshligi 96-98,5 foiz va termik bardoshligi 5-25 sikl. G ‘isht 
    qurilish konstruksiyalami kislota muhitidan himoyalashda ishlatiladi.
    Kislotaga chidamliplitkalar
    - oliy va birinchi navlarda 6 xil markada: 
    chinnili kislotaga bardoshli (KF), dunitli termokislotaga bardoshli (TKD), 
    gidroliz sanoati uchun termokislotaga bardoshli (TKG), qurilish konstruksi­
    yalari uchun kislotaga bardoshli (KS), shamotli kislotaga bardoshli (KSh) 
    va shamotli termokislotaga bardoshli (TKSh) kvadrat, to‘g‘ri burchakli, 
    ponasimon va qo‘shaloq shakllarda bo‘ladi.
    Plitka uzunligi va eni 50-200, qalinligi 15-50 mm, suv shimuvchanligi 
    0,4—8 foiz, kislotaga bardoshligi 97-99 foiz, siqilishdagi mustahkamligi 
    10-15 MPa, egilishdagi mustahkamligi 10-40 MPa, sovuqqa chidamligi F 
    15, F 20 va termik bardoshligi 2-10 sikl.
    Plitkalar qurilish konstruksiyalarini kislota ta ’siridan himoyalashda 
    ishlatiladi.
    Kislotaga chidamli quvurlar
    - tashqi va ichki tomonlari kislotaga 
    bar-doshli sir bilan qoplanadi. Quvurlar maxsus texnologik usulda gil 
    massasini o ‘ta zichlashtirib tayyorlanadi. Quvurlar kimyo, o ‘g ‘itlar ishlab 
    chiqarish, se!luloza-qog‘oz sanoatida ishlatiladi.
    Olovbardosh keramik materiallar
    olovbardosh (1580-1770°S), olov- 
    bardoshligi yuqori (1770-2000 °S) va olovbardoshligi o ‘ta yuqori (2000 
    °S yuqori) turlarga bo'linadi. Ularga g ‘isht, blok, plita va fason elementlari 
    kiradi. Olovbardosh materiallar mineral tarkibiga ko‘ra qumtuproqli, 
    alumosilikatli, magnezitli, xromli va uglerodli bo‘ladi.
    Qumtuproqli (dinasli) olovbardosh buyumlar kvars qumi va gil asosida 
    tayyorlanadi. Olovbardoshligi 1710-1750 °S, siqilishga mustahkamligi
    41


    15-35 MPa. Ular sanoat xumdonlari (marten, koks, sement) ichini 
    qoplashda ishlatiladi.
    Alumosilikatli olovbardosh buyumlar kvars, shamot, gil va kaolin 
    aralashmasi asosida olinadi. Ularning olovbardoshligi 1610 - 1710°S, 
    siqilishga m ustahkamligi kamida 10 MPa, koks, shisha eritadigan 
    xumdonlar ichini qoplashda ishlatiladi. Shamotli olovbardosh buyumlar 
    olovbardosh gil va shamot asosida olinadi. Ularning olovbardoshligi 
    1710-1730 °S, siqilishdagi mustahkamligi 10-12,5 MPa.
    Ular domna, keramika xumdonlari, bug‘ qozonlari ichini qoplashda 
    ishlatiladi. Olovbardoshligi yuqori buyumlar tarkibida 45 foiz ortiq 
    A120 3 bo‘lgan xomashyo (boksit, korund) asosida tayyorlanadi. Ularning 
    olovbardoshligi 1770-2000 °S bo‘lib, shisha eritish xumdonlari qurilishida 
    va boshqa sanoat korxonalarida ishlatiladi.

    Download 6,28 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   187




    Download 6,28 Mb.
    Pdf ko'rish