IV BOB. SfflSH A . SHISHA BUYUMLAR VA SITALLAR
4
4.1. Umumiy ma’lumotlar
Shisha va shisha tayyorlash jarayoni Misr, Mesopotamiya, Gretsiya
va Rimda eramizdan aw algi 30-40-asrlarda m a’lum bo‘lgan. Keyinchalik
Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlariga shisha tayyorlash texnologiyasi
turli hududlardan kirib kelgan. 0 ‘zbekistonda mustaqillik tufayli shisha
va shisha buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodlar ko‘paymoqda. Bunga
1996-yilda ishga tushirilgan Chirchiq va Quvasoy shisha zavodlari misol
bo‘la oladi. Ularda bir tomonlama nur o ‘tkazuvchi, shisha paket, rangli va
uch qatlamli shishalar ishlab chiqariladi.
Shisha va shisha buyumlar quyidagi jihatlari bilan klasslaiga bo‘linadi:
kimyoviy tarkibiga ko‘ra: oksidli (silikatli, kvarsli, boratli, fosfatli va shu
kabilar); kislorodsiz (galogenli, nitratli va shu kabilar); ishlatilish sohasiga
ko‘ra; qurilish, me’morchilik, texnik va shisha tolalar.