Emallangan shisha plitka 150x150, 150x175 mm o‘lchamlarda, qalinligi
3-5 mm. chiqindi oynadan shisha emali qoplab tayyorlanadi. U quritilgach,
xumdonda kuydiriladi. Mahsulot binolami ichki bezagi uchun ishlatiladi.
4.3-rasm. Shisha mozaika.
Shisha mozaika -
gilam m ozaika va smalt turlariga bo‘linadi.
Gilam mozaika 20x20 mm. yoki 25x25 mm. o ‘lchamdagi so‘niq rangli
plitkalardir. Smalt rangli shisha bolaklari bo‘lib, badiiy mozaika hosil
qilishda ishlatiladi. Gilam mozaika va smalt qurilish-me’morchilikda
pannolar va rasmlar barpo etishda ishlatiladi.
4.6. Shisha buyumlar va konstruksiyaiar
Kovakli shisha bloklar -
payvandlangan ikki bo‘lakdan iborat, numi
taratuvchi, issiqlik va tovush izolyatsiyalovchi xususiyatlarga ega. Shisha
blok ichki tomonidagi chiziqli bo‘rtmalar numi taratishga yordam beradi.
Ularning nur o ‘tkazuvchanligi 65 foizdan kam emas, numi taratishi 25 foiz,
issiq o ‘tkazuvchanligi 0,4 W/(m°S). Shisha bloklar rangli va ko‘p bo‘lmali
bo‘ladi. Ular santexkabinalarda,
maishiy xizmat, xonalarda ishlatiladi.
4.7-rasm. Kovakli shisha bloklar.
48
Shishaprofilit
- qobi rg ‘ a, shveller, tavr, yarimaylana, paket ko‘ndalang
kesimli (profilli).bo‘lib, maxsus mustahkam shishadan tayyorlanadi.
Shveller profilli shisha profflit eni 250-500 mm. paketliniki 250-300 mm.
bo‘ladi. Ulaming armajurali va armaturasiz, rangli va rangsiz turlari bo‘lib,
yig‘ilayotganda maxsus sovuqqa va suv muhitiga chidamli qistirmalar
yordamida zichlashtirilaSi. Ular sanoat binolari, sport inshootlari, transport
to‘xtash joylari qurilishida ishlatiladi.
Ko‘p ik shisha
- bir tartibda joylashgan yumaloq kovakchalarning
(diametri 0,1 - 0,6 mm.) o‘zaro yupqa shisha devor bilan ajratilishidan hosil
bo‘lgan. Ko‘pik shisha sanoatda ishlab chiqariladigan shisha chiqindilami
tuyib, gaz hosil qiluvchi qo‘shilmalar (koks, ohaktosh, marmar va shu
kabilar) qo‘shib 700-900
S
da eritiladi va qolipga quyiladi.
Suyultirilgan shishada q o ‘shilm alar gaz hosil qiladi va qotish
jarayonida buyum da m ayda g ‘ovakchalar paydo b o ‘ladi.
Bu esa
buyumning o ‘rtacha zichligi, issiqlik va tovush o ‘tkazuvchanligini
kamaytiradi. Uning g‘ovakligi 85-95 foiz, o ‘rtacha zichligi 200 - 400 kg/
m3 issiqlik o ‘tkazuvchanlik koeffltsiyenti 0 ,0 8-0 ,1 2 W/(m°C), siqilishdagi
mustahkamligi 0,5-12,5 MPa.
Ko‘pik shishadan o‘lchamlari 1000*500* 125 mm. yoki 500*500* 125
mm. lik blok va plitalar tayyorlanadi. Uni arralash, kesish yoki parmalash
mumkin. Buyumlar sovuqqa va kimyoviy muhitlarga chidamlidir. Ko‘pik
shisha qurilishda ko ‘p qatlamli tem irbeton panellarda, g ‘isht hamda
yog‘och taxta devorlarda, pollar va qavatlararo plitalarda sirti 400 °S gacha
qiziydigan uskuna va quvurlami qoplashda issiqlik
izolyatsiyasi qatlami
sifatida ishlatiladi.
Shisha tola -
borosilikatli shishani yuqori haroratda eritib, diametri
0,0002-0,03 mm. teshikdan tortib chiqarib, g'altaklarga o ‘rab olinadi.
Shisha tolasining cho‘zilishdagi mustahkamligi (2000 - 4000 MPa).
Shisha tolasining (diametri 0,04 mm.) o ‘rtacha zichligi 40-50 kg/m3
Shisha tolasidan tayyorlangan ip, mato, namat, plita, qobig1 va shu kabilar
qavatlararo plitalar, pardevorlar, tom va
yopma plitalar tayyorlashda
issiqlik izolyatsiyasi materiali sifatida ishlatiladi. Chiqindi hisoblangan
chigal va katta diametrli shisha tolasidan presslab olingan shisha namatni
bitum yoki smolalarda shimdirilgan mahsulot qurilish konstruksiyalaming
yer osti qismini korroziyadan saqlash, issiqlik trassalarini izolyatsiyalashga
ishlatiladi.
Energiya tejamkor shishapaket.
(4.2-rasm). Sovuq kunlarda oddiy
oyna qo‘yilgan xonalarda 50 foizgacha issiqlik yo‘qotiladi va oynalarga
49
yaqin joyda harorat past bo‘ladi, bu holat «sovuq devor aktivligi» deyiladi.
Hozirda ikki tipda - kichik emissiyali oyna qoplamasi ishlatiladi: К -
shisha - «qattiq» qoplamali va
i -
shisha - «yumshoq» qoplamali. Yumshoq
qoplamali oynalar yuqori samarali bo‘lib, narxi arzon.
Kichik emissiyali
oynalarni dunyoda bir necha kompaniyalar ishlab chiqaradi. Ulaming
ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab bo‘lib, ishlab chiqaruvchidan
yuqori m ahorat talab qiladi. Ishlab chiqaruvchilar orasida Glaverbel
kompaniyasi mashhur. Ushbu kompaniya ishlab chiqarayotgan yumshoq
qoplamali kichik emissiyali deraza oynalari - shisha paketlar uchun
mo‘ljallangan
issiq tejamkor, shaffof va nur o ‘tkazuvchi paketlar uchun
mo‘ljallangan. «Planibel top N» va «Planibel Ton NT» (toblash mumkin),
«Energy N» va «Energy NT-neytral», qish-yoz mavsumlarida xonalarda
mo‘tadil haroratni ta’minlovchi hamda energiyatejamkor xossalarga ega
bo‘lgan «Sunergi» va «Stopray» arxitektura oynalari kiradi.
Kichik emissiyali shishapaketlar ikki va ko‘p kamerali oddiy shisha
paketlardan afzaldir. Ular ikki kamerali shishapaketlarga nisbatan 20 foiz
issiqlik tejamkor hisoblanadi.
Bunday oynalar yoz kunlari quyosh nurini qaytaradi, chunki nurni
qaytarish faolligi ikki tomonlama bo‘ladi,
natijada xonada salqin havo
saqlanadi. Bir kamerali energiyatejamkor shisha-paketda rezonans holati
kuzatilmaydi, ushbu holat ikki va ko‘p kamerali shishapaketlarda ro‘y
beradi. Kichik emissiyali shishapaketlar tashqi oynalarda ishlatilsa ham
shovqindan izolyatsiya qiladi. Oddiy hollarda, odatdagi 4 mm. oyna
o ‘miga 6 mm., hatto, 8 mm. oyna ishlatiladi.