Gidrofob sement
- klinker tuyulayotganda 0,1-0,2 foiz milonaft,
asidol, yog‘li kislotalar, kub qoldiqlari va shu kabilar qo‘shib olinadi. Uning
gigroskopikligi-kam bo‘lib, tashish va saqlashda aktivligini yo'qotmaydi.
Gidrofob qo‘shimchalar beton va qorishmalami qisman plastifitsirlaydi,
harakatchanligini oshiradi, keyinchalik sovuqqa chidam lilikni, suv
o ‘tkazmaslikni ta’njjjilaydi. Sementda gidrofoblik bir necha 10 yillar
davomida saqlanadi.
Oq va rangli portland sementlar
- toza ohaktosh va oq soz tuproq
asosida olinadi; Ular tarkibida temir va marganets oksidlari va shu kabi
qo‘shimchalar bo‘lmasligi kerak, aks holda sement rangi o ‘zgaradi.
Sement xomashyo gaz yoqilg‘isida kuydirilib, hosil bo‘lgan klinker chinni
yoki rangi chiqmaydigan metallardan tayyorlangan sharchalar yordamida
tuyib olinadi. Oq sement 400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi. Talabga
ko‘ra oppoqlik koeffitsiyenti (absolyut shkala vositasida, foiz (%) nurni
qaytarish koeffitsiyenti yordamida aniqlanadi. Bunga ko‘ra koeffitsiyent oq
sement 1 navi 80 foizdan, 2 navi 75 foiz va 3 navi 68 foizdan ko‘p bo‘ lishi kerak.
Rangli sementlar oq sementga ishqor muhitiga chidamli pigmentlar
(oxra, temir suriki va shu kabilar) aralashtirib olinadi. Oq va rangli
sementlar bezak qurilish qorishmalari, zinapoyalar, bordyur toshlari,
piyoda yo‘llari, arxitektura qismlari olishda ishlatiladi.