0 ‘rtacha zichligiga nisbatan beton tasnifi: o‘ta og‘ir beton - o‘rtacha
zichligi 2500 kg/ m3ortiq. 0 ‘ta og‘ir betonlar magnetit, barit, cho‘yan
qirindisi va boshqa og‘ir to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi. Bunday
betonlar maxsus himoyalovchi konstruksiyalar va qismlar tayyorlashda
ishlatiladi. O g‘ir betoji - o ‘rtacha zichligi 2200-2500 kg/ m 3 bo‘lib,
og‘ir tog‘ jinslari asos^H&gi qum, shag‘al, chaqiqtosh ishlatiladi. O g‘ir
beton bino va inshootlar uchun konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.
Yengillashtirilgan beton uning o ‘rtacha zichligi 1800-2200 kg/ m3bo‘lib,
temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Yengil betonning
o ‘rtacha zichligi 500-1800 kg/m3 bo‘lib, turli usullarda olinadi: a) g ‘ovak
tabiiy va sun’iy to‘ldiruvchilar (keramzit, agloporit, pcmza va shu kabi); b)
yacheykali betonlar (gazbeton, ko‘pikbeton); d) qumsiz tayyorlanadigan
zich va g ‘ovak to ‘ldiruvchili betonlar. 0 ‘ta yengil betonning o ‘rtacha
zichligi 500 kg/m3 dan kam bo ‘lib, g‘ovak to‘ldiruvchilar asosida yoki
yacheyk li hosil qilish usulida olinadi. Bunday betonlar issiqlik izolyatsiyasi
materiali sifatida ishlatiladi.
Umuman betonlaming o ‘rtacha zichligi 400 dan 4500 kg/ m3gacha
bo‘lib, ulaming g‘ovakligi, mustahkamligi ham mos ravishda o ‘zgaradi.
Ishlatilish sohasiga ko ‘ra betonlar konstraksion (ustunlar, to‘sinlar,
plitalar va shu kabi), gidrotexnik (to ‘g ‘onlar, kanallar va shu kabi),
devorbop va yengil yopmalar uchun m o‘ljallangan beton, yo‘lbop va
aerodrom qoplamalari uchun beton, kimyoviy va biologik muhitlarga
chidamli, olovga bardoshli va shu kabi
Beton bino va inshootlar qurilishida asosiv konstruksion material
boMib, m onolit yoki y ig ‘m a tem irbeton holda ishlatiladi. Ishlab
chiqarish texnologiyasining murakkab emasligi betonni