Portland sem ent va uning boshqa xil markalariga
q o‘yiladigan talablar.
5.1-jadval
Sementning turlari
M
a
rk
a
si
28 sutkalik namuna tayoqchaning
mustahkamlik chegarasi Mpa
egilishdagi
siqilishdagi
Oddiy portland sement va
400
5,5
40
mineral qo‘shimchali port
500
6,0
50
land sement
550
6,2
55
600
6,5
60
300
4,8
30
Toshqolli portland sement
400
5,5
40
500
6,0
50
Sement qabul qilish qoidalari.
Sement zavodining quw atiga qarab
sement partiyasi 300 dan 400 0 1. gacha boiadi. Sement haqidagi m a’lumot
pasportda qayd etilib, partiyasi bilan birga joylarga yuboriladi. Pasportda
sementning nomi, markasi, normal quyuqligi, qo‘shimchalar miqdori va
issiqlik bilan ishlangandagi aktivligi ko‘rsatiladi. Sementni qabul qiluvchi
tashkilot uni fizik, mexanik xossalarini, shu jum ladan 3 va 28 sutka
mustahkamligini, ya’ni markasini aniqlaydi.
Sem ent tash k ilo tlarg a platform alarda, avtosem entovozlarda
yoki ko‘pqatlamli qoplarda yuboriladi. Sement tashilayotganda va
saqlanayotganda namlik va ifloslanishdan ehtiyotlanishi kerak. Sementning
turlari alohida saqlanadi va birga qo‘shib ishlatilmaydi.
Portland sem entning ishlatilishi.
Portland sement asosida beton,
qurilish qorishmalari, asbosement buyumlar, armosement konstruksiyalar
va boshqa kompozitsion materiallar ishlab chiqariladi.
Nisbatan past markadagi sementlar g ‘isht terish va suvoqchilik
qorishmalari, yuqori markadagi sementlar (400, 500, 550, 600) beton va
temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.