Sement qog‘oz yoki polietilen qoplarda (50 kg. gacha)
yoki sement
tashuvchi vagonlarda yoki avtomobillarda tashiladi. Portland sement
ishlab chiqarish texnologiyasi 5.10-rasmda berilgan.
Q otish ja ra y o n i.
Sement suv bilan aralashtirilganda
mayin yelim-
simon modda hosil bo‘ladi va quyuqlashib qota boshlaydi. Sementning
quyuqlanish davri 5-10
soat davom etadi, so‘ng kristallanish davri
boshlanadi. Sement gidrominerallarining kristallanishi
muayyan sharoitda
yillab davom etadi. Sement gidratatsiyasi murakkab fizik-kimyoviy
jarayonlardir. Sement klinkerining har bir
minerali suv bilan birikib
gidrominerallar hosil qiladi.
Gidratatsiya jarayonining boshlanish bosqichida alit suv bilan
reaksiyaga kirishib kalsiyli gidrosilikat va Ca(OH)2 hosil bo‘ladi:
2(3C a0-Si02)+6H20= 3C a0 -2S i0 7-3H20+3C a(0H )2
Belitning suv bilan reaksiyasi quyidagicha:
2(2C a0Si02)+4H20= 3C a0-2S i02-3H20+ C a(0H )2
Uch kalsiyli aluminatning suv bilan reaksiyasi quyidagicha:
ЗСаО Al20 3+6H20= 3C a0A l20,-6H20
Sementning qotishini sekinlashtirish uchun 3-5 foiz (sement massasiga
nisbatan) tabiiy gips klinker tuyulayotganda kiritiladi.
Kalsiy sulfati uch
kalsiyli aluminat bilan suv ishtirokida birikib kalsiy gidrosulfoalyuminatni
(ettringit minerali) hosil qiladi:
ЗСаО A l20 3+3(CaS04-2H20)+26H20=3CaC> A l20 3-3CaS04-32H20
Ca(OH)2 ga to‘yingan qorishmada ettringit kolloid eritma holatida
3Ca0A l20 3 yuzasini qoplaydi, gidratatsiya jarayoni natijasida sementning
qotishini sekinlashtiradi.
Ettringit minerali hosil boMishi sement toshining boshlang‘ich
mustahkamligining oshishiga sharoit yaratadi.
To‘rt kalsiyli alumoferrit suv bilan birikib gidroaluminat va gidroferrit
hosil qiladi:
4CaO A 120 3-Fe20 + m H 20 = 3CaO A l2C>3 -6H20 + C a 0 Fe20 3 nH20
Hosil bo‘lgan gidroferrit sement geli tarkibini tashkil etadi.