244
sintezlanadi. Ana shu asosda har bir molekula yog‘ kislotaning
β−
oksidlanishi jarayonida hosil bo‘ladigan ATF sonini hisoblash mumkin.
Masalan, palmitat kislota 7 marta
β−
oksidlanishi natijasida 5x7=35 ta
ATF va 8 molekula atsetil-KoA hosil bo‘ladi. Ularning Krebs halqasida
to‘liq parchalanishidan 8x12=96 ATF sintezlanadi. Shunday qilib, bir
molekula palmitat kislota to‘liq parchalanganda 35+96=131 molekula
ATF sintezlanadi. Yog‘ kislota faollanishi uchun sarflangan 1 mol ATF
hisobga olinsa, organizm uchun 130 molekula ATF hosil bo‘ladi.