242
aylanadi, glitserin 3-fosfoglitseringa aylanadi.
Ulardan dastlab
monoglitserid so‘ng di- va triglitseridlar hosil bo‘ladi.
Monoglitserid + R-CO-S-KoA
→
Diglitserid + HS-KoA
Diglitserid + R
1
-CO-S-KoA
→
Triglitserid + HS-KoA
Yog‘liq ovqat iste’mol qilingandan so‘ng 4-5 soatdan so‘ng qonda
yog‘lar miqdori maksimal me’yoriga yetadi va 10-12
soatdan so ng
yog‘lar miqdori me’yor darajasiga qaytadi.
Yog‘larning qondagi transport shakllari
Qayta sintezlangan triglitseridlar, fosfolipidlar
va xolesterin oqsil
bilan birga xilomikron hosil qiladi. Xilomikronlarning zichligi juda past
(0,95 dan kam) va diametri katta bo‘lib, ular kapillyarlarga o‘ta olmaydi
va shuning uchun limfa orqali tashiladi. Limfa
tomirlari yigilib limfa
tugunlaridan o‘tadi va retikulyar hujayralar aro o‘tib umumiy limfa
tomiri orqali yuqori kovak venaga quyiladi.
Qon tarkibidagi yog‘larning transport shakli murakkab oqsillar
guruhiga kirib lipoproteinlar deb nomlanadi.
Lipoproteinlar ozaro
zichligi va tarkibiga binoan farqlanadi:
20-jadval
Odam qoni lipoproteidlari tarkibi (%)
Lipoproteinlar Oqsillar Triatsilglitserinlar Xolesterin Fosfolipidlar Zichligi g/ml
Efirlar Erkin
xilomikronlar 2
85
4
2
7
0,95
ZJPL (pre
β
)
10
50
15
7
18
0,95-1,0
ZPL (
β
)
25
7 40
7
21
1,0-1,06
ZYL (
α
)
45
5 20
5
25
1,06-1,21
ZYL jigarda hosil bo‘ladi. To‘qimalardagi ortiqcha xolesterinni
biriktirib oladi. Undagi LXAT (lesitin-xolesterol-atsil-transferaza)
fermenti ta’sirida erkin holesterin xolesteridga aylanadi.
ZYL qon plazmasida yashash muddati 4 kunga teng va bu LP
almashinuvi nefrotik sindromda, gipertriglitseridemiyada va
uglevodlarga boy bo‘lgan ovqat iste’mol qilinganda tezlashadi.
ZYL vazifalari:
Toqimalardan
xolesterinni olib chiqib, ularning to‘planishiga yo‘l
qo‘ymaydi.
Toqimalarning ZPLni yutib olishiga manfiy ta’sir etadi va shu bilan
to‘qimaga kam xolesterin tushadi.
243
Qon tomiridagi triglitseridlar almashinuvida ishtirok etadi.
ZYL miqdori ortishi quyidagi holatlarda bo‘ladi:
ayollarda yuqori bo‘ladi;
estrogenlar ta’sirida oshadi;
jismoniy harakatchanlikda;
alkogol iste’mol qilinganda.
ZYL miqdori kamayishi quyidagi holatlarda bo‘ladi:
erkaklarda past bo‘ladi;
progesteron ta’sirida;
semizlikda;
uglevodlar ko‘p miqdorda bo‘lgan taomlar iste’mol
qilganda;
qandli diabetda;
chekish natijasida.