Yog‘lar hazm bo‘lishiga o‘t kislotalarning ta’siri




Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/273
Sana21.05.2024
Hajmi4,12 Mb.
#249242
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   273
Bog'liq
Sobirova-R.A-biokimyo

Yog‘lar hazm bo‘lishiga o‘t kislotalarning ta’siri
O‘t kislotalar xolan kislotasining hosilasidir. Xolan kislotadan
quyidagi o‘t kislotalar hosil bo‘ladi:
xolat (3,7,12 trioksixolan kislotasi);
dezoksixolat (3,12 dioksixolan kislotasi);
xenodezoksixolat (3,7 dioksixolan kislotasi).


240
O‘t tarkibida shu kislotalarning glitsin (NH
2
-CH
2
-COOH) va
taurindan (NH
2
-CH
2
-CH
2
-SO
3
H) bilan birikishi natijasida juft ot
kislotalari: glikoxolat, glikodezoksixolat, glikoxenodezoksixolat;
tauroxolat, taurodezoksixolat, tauroxenodezoksixolatlar hosil bo‘ladi.
O‘t kislotalarining ta’siri:
yog‘ va suvning yuzasini (sirtini) tarang kuchini pasaytirib yog‘larni
emulsiya (mayda tomchi shakli)ga aylantiradi;
lipaza fermentini faollaydi;
o‘t kislota yog‘ kislota va monoglitserid bilan mitsellalar kompleksi
hosil qilib ularning so‘rilishiga imkoniyat yaratadi.
Triglitseridlar parchalanish reaksiyasining ketma-ketligi:
Bu reaksiya ketma-ketligida ta’sir etuvchi fermentlar har xil
joylashuvga ega. Triglitseridlipaza va diglitseridlipaza fermenti o‘n ikki
barmoqli ichakga me’da osti bezidan quyiladi. Monoglitseridlipaza esa
ichak shilliq qavatida hosil bo‘ladi.
Fosfolipidlar parchalanishi fosfolipazalar ta’sirida roy beradi.
Fosfolipid molekulasidagi glitserin qoldig‘ining birinchi uglerodiga


241
to‘yingan yog‘ kislota birikkan bo‘lsa, ikkinchi uglerodiga to‘yinmagan
yog‘ kislota birikkan. Glitserin molekulasining uchinchi uglerod atomiga
fosfat kislota qoldig‘i, so‘ngra azot asosli radikal birikadi.
Fosfolipaza A
1
fosfoglitserid tarkibidagi glitserin birinchi uglerod
atomidagi yog‘ kislotaning efir bogini uzadi.
Fosfolipaza A
2
fosfoglitserid molekulasining ikkinchi holatidagi
yog‘ kislotani uzib lizofosfatid hosil qiladi. Ko‘pincha bunday
fosfolipaza ilon zahri, qora-qurt zaharida bo‘lib, ularning ta’sirida hosil
bo‘lgan lizofosfatidilxolin eritrotsitlarning gemoliziga olib keladi.
Fosfolipaza C fosfoglitserid molekulasi tarkibidagi glitserin
qoldig‘idagi uchinchi uglerod atomi va fosfat kislota orasidagi bog‘ni
uzadi.
Fosfolipaza D fosfoglitseridning fosfat kislota va azotli asosi
orasidagi bog‘ni uzadi:

Download 4,12 Mb.
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   273




Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yog‘lar hazm bo‘lishiga o‘t kislotalarning ta’siri

Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish