239
Yog‘larning hazmlanishi
Yog‘lar ogiz boshligida hazm bo‘lmaydi. Luqma me’daga
tushadi
va u yerda kislotali muhit yuqori bo‘lganligi uchun yog‘lar
parchalanmaydi. Lipaza uchun optimal muhit pH 5,5-7,5. Go‘daklar
oshqozonida yog‘lar parchalanadi, chunki ular iste’mol qilgan yog‘lar
sut yog‘lari bo‘lib, ular emulsiyalangan holatda
hamda sut oshqozondagi
kislotani bog‘lab muhitni kuchsiz ishqoriy tomonga siljitadi. Shuning
uchun go‘dak me’dasida lipaza fermenti
ishlab chiqiladi va u sut
tarkibidagi yog‘larni parchalaydi.
Katta yoshdagi odamlarda yog‘lar o‘n ikki barmoqli ichakda
parchalanadi. Me’da osti bezining shirasi o‘n
ikki barmoqli ichakka
quyiladi va uning tarkibida lipaza fermenti bordir. Bu fermentning ta’sir
etishi uchun quyidagi sharoitlar bo‘lishi zarur: ichak shirasidagi muhit
kuchsiz ishqoriy bo’lmoqligi; yog‘lar emulsiyalangan holatda bo‘lishi
lozim. Pankreatik shira tarkibidagi bikarbonatlar
oshqozondan tushgan
xlorid kislotani neytrallaydi. Jigar o‘z navbatida kuchli emulgator
safroni o‘n ikki barmoqli ichakka quyadi.