238
Xolesterin molekulasidagi gidroksil guruhi yog‘ kislotasi bilan
birikib xolesterin efiri xolesteridni hosil qiladi.
Mumlar
yuqori molekulali yog‘ kislotalari va yuqori molekulali
bir yoki ikki atomli spirtdan tarkib topgan murakkab efirlardir.
Teri, yung, patlar ustini qoplovchi yog‘ moddalarning tarkibida
mumlar bor. Osimliklar bargi, mevasini qoplovchi lipidlarning 80% ini
mumlar tashkil etadi.