284
Bu vitamin, yani folat kislota hayvon mahsulotlarida ham, o‘simlik
mahsulotlarida ham keng tarqalgandir. Folat kislotaning koferment
shakllari uning tetragidrofolat kislota (N4-folat) ga qaytarilgandan keyin
hosil bo‘ladi. Metionin almashinuvida ham bir uglerodli qoldiq - CH
3
metil muhim rol o‘ynaydi. Shuni takidlash kerakki, TGFKning barcha
koferment shakllari ozaro bir-biriga o‘tadi. Bir uglerodli qoldiqlar xilma-
xil sintetik reaksiyalarda masalan, formil-metionil-tRNK hosil
bo‘lishida, purinlar, pirimidinlar, ayrim aminokislotalar (serin, glitsin,
metionin) sintezida foydalanadi.