• Ba’zi aminokislotalarning almashinuvi Metionin, serin va glitsin almashinuvi.
  • Antimetabolitlar haqida tushuncha




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet167/273
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #249242
    1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   273
    Bog'liq
    Sobirova-R.A-biokimyo

    Antimetabolitlar haqida tushuncha
    Metabolitlarga (almashinuvning normal mahsulotlari) organizmda
    qarama-qarshi ta’sir qiluvchi moddalarga antimetobolitlar deyiladi.
    Masalan: suksinat va suksinatdegidrogenazadan iborat sistemaga
    uchinchi bir komponent malonat qoshilsa, fermentativ reaksiya
    tormozlanadi. Malonat struktura jihatidan suksinatga o xshashdir:
    Shunga ko‘ra, malonat suksinatdegidrogenaza bilan birikib uni
    ingibitsiyalab qoyadi. Hozirgi vaqtgacha ma’lum bo‘lgan antimetabolitlar
    quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
    · antivitaminlar (diku-marol, oksitiamin, dezoksipiridoksin va
    boshqalar);
    · antigormonlar;
    · antimediatorlar;
    · antifermentlar;
    · antiaminokislotalar;
    · antipurinlar;
    · antipirimidinlar;
    · antikoagulyantlar va boshqalar.
    Shu kunlarda tibbiyotda antimetabolitlar moddalar almashinuvining
    regulyatorlari hamda dori vositalari sifatida foydalaniladi. Masalan: osma
    ximioterapiyasida keng qollaniladigan 6-merkaptopurin, aminopterin va
    metatreksat folat kislota antimetabolitidir; streptotsid (sulfanilamid
    preparatlari – PAMK; geparin – vitamin K; avidin oqsili – vitamin H).
    Ba’zi aminokislotalarning almashinuvi
    Metionin, serin va glitsin almashinuvi. 
    Metionin almashinib
    bo‘lmaydigan aminokislotaga kiradi. Uning faol metaboliti S-
    adenozilmetionin hisoblanadi. Bu moddadan metil guruhini ajralib
    chiqishi S-adenozilgomotsisteinni hosil qiladi. S-C bog‘larini


    285
    gidrolizlanishini L-gomotsistein va adeninga parchalaydi. Gomotsistein
    serin bilan birikishi sistationni, uni gidrolizmanishidan esa gomoserin va
    sistein hosil bo‘ladi. Gomoserin gomoserindezaminaza fermenti ta’sirida
    a ketobutiratni, so‘ng propionil-KoAni hosil qiladi.


    286
    Sisteindan koferment A ning tioetanolamin fragmenti va taurin hosil
    bo‘ladi.
    Serin bilan glitsin o‘zgarishlarida kofaktori folat kislota unumlaridan
    iborat bo‘lgan fermentlar asosiy rolni o‘ynaydi. Serin almashtirsa
    bo‘ladigan aminokislotadir, uning uglerodli qismi glyukozadan hosil
    bo‘ladi. Glyukoza metaboliti 3-fosfoglitserat degidrillanib, a-ketokislotaga
    aylanadi (3-fosfopiruvat). Songra transaminlanish va gidrolitik yo‘l bilan
    fosfat ajralib chiqish reaksiyalari serin sintezining poyoniga yetkazadi,
    undan esa glitsin sintezlanadi:
    3-fosfoglitserat ——— 3-fosfoserin ———— serin + H
    3
    RO
    4
    Serin + TGFK ———— glitsin + N
    5
    ,N
    10
    -metilen-TGFK + H
    2
    O
    Bu aminokislotalarni parchalanishi piruvat, CO
    2
    va N
    5
    N
    10
    -
    metiltetragidrofolat hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu reaksiyalar
    glitsinsintaza ferment kompleksi va serin-gidroksimetiltransferaza
    fermentlari ta’sirida boradi.
    Glitsinning 
    α
    -uglerod va azot atomlari porfirin halqasini sintezida,
    glitsinni to‘liq ozi purin, ot kislotalari va benzoat kislotalari bilan
    konyugatlar v kreatin sintezida, serin esa sfingozin, purin va pirimidin
    asoslari, xolin sintezida ishlatiladi.

    Download 4,12 Mb.
    1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   273




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish