290
Ammiakning taxminan 15% kreatinin sifatida chiqib ketadi. Bu
moddaning sintezi 3 to‘qimada kechadi: buyrak,
mushak va jigar; 3
aminokislota ishtirok etadi: arginin, glitsin va metionin. Kreatinning
sintezi transmetillanish yoli bilan kechadi.
1-reaksiya glitsin-amidinotransferaza fermenti ta’sirida arginin va
glitsin birishidan guanidinatsetat (glikotsiamin) va ornitin hosil bo‘ladi,
buyrak va
oshqozon osti bezida kechadi
2-bosqichda guanidinatsetatni metillanishi kuzatiladi, metil guruhi
donori bo‘lib,
S-adenozilmetionin qatnashadi, jigar va oshqozon osti
bezida kechadi. Hosil bo‘lgan kreatin qon orqali mushaklarga boradi,
ATF va kreatinkosfokinaza fermenti ta’sirida fosforillanadi va
kreatinfosfatni hosil qiladi. Bu modda mushaklarda
energetik vazifani
o‘taydi va defosforillanishi natijasida kreatininni hosil qiladi. Taxminan,
organizmdagi 2% kreatin kreatininga aylanadi. Mushaklarda kreatin
miqdori 25-55 g/kg, yurak to‘qimasida 15-30 g/kg, miya to‘qimasida
10-15 g/kgga teng. Siydik orqali kreatin
faqat bolalarda chiqadi;
kattalarda 1 sutkada 4,4-17,6 mmol kreatinin ajraladi. Tana mushaklari
massasi bilan kreatininning ajralishi orasida bog‘lanish mavjud. Agar
siydik orqali kreatin ajralsa, mushak distrofiyasidan dalolat beradi.
Bunda mushaklarda kreatinfosfokinaza fermenti faolligi susayib ketadi.