289
aminokislotalarni amidli asoslarini dezaminirlanishi (asparagin va
glutamin).
Bir sutkada 100 g iste’mol qilingan oqsilni parchalanishida 19,4 g
ammiak hosil bo‘ladi. Ammiak to‘qimalarda asosan kam
konsentratsiyadagi ionlashma-gan ammiak bilan muvozanatda turuvchi
ammoniyioni (NH
4
+
) korinishida bo‘ladi.
Odam organizmi suyuqliklari
va to‘qimalarida ammiak konsentratsiyasi kamdir, qonda 25-40 mk
mol/l (0,4-0,7 mg/l) bo‘ladi. Uning konsentratsiyasini oshishi zaharli
ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa,
nerv hujayralariga, nerv tizimni kuchli
qo‘zgalishi: odam-ning hadeb qusaverishi, behalovat bo‘lib, ozidan
ketib qolishi kuzatiladi. Ammiak zararsizlanishining
bir necha yollari
mavjuddir:
organik kislotalarning ammoniyli tuzlarini hosil qilish;
aminokislotalar amidlarini hosil bo‘lishi;
qaytarilishli aminirlanish (transreaminirovaniye);
kreatinin sintezi
siydikchilni (mochevina) hosil bo‘lishi;
ammoniy tuzlarini hosil qilish.