282
energiya ajralib chiqadi. Aminikislotalarni jadal atsetil-KoA ga jigarda
parchalanishi keton tanachalarini hosil bo lishiga olib keladi.
Transmetillanish reaksiyalari
Metionin oltingugurt tutuvchi almashinib bo lmaydigan
aminokislotalarga kiradi. Undan sistein va sistin hosil bo‘ladi. Bu 3
oltingugurt tutuvchi aminokislotalar oqsillar tarkibiga kiradi va ularning
gidrolizlanishida erkin holda ajraladi. Shu bilan birga metionin modda
almashinuvi jarayonlarida katta ahamiyatga egadir. Bu uning tarkibidagi
harakatchan metil guruhining bo‘lishidir. Bu metil guruhi boshqa
moddalarga transmetillanish yoli bilan otib turishi mumkin. Bu
jarayonda metioninnig ozi emas balki uning faol hosilasi bo‘lib S-
adenozilmetionin ishtirok etadi.