|
Purinli nukleotidlar biosintezi Pdf ko'rish
|
bet | 174/273 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,12 Mb. | | #249242 |
Bog'liq Sobirova-R.A-biokimyoPurinli nukleotidlar biosintezi
1948-yilda Byuke-
nen hayvonlarga turli
radioaktiv modda-larni
berish orqali sin-
tezlanayotgan nurin
halqasida, radioaktivlik
joylashishini aniqlab,
o ‘ t m i s h d o s h l a r n i n g
tabiatini organishga
muvaffaq bo‘ladi.
Glitsin 4,5 uglerod va 7 azot atomining o‘tmishdoshidir. Formil
radikali tetragidrofolat ishtirokida 2 va 8 uglerod atomlarining ham
o‘tmishdoshi bo‘ladi. Glutamin amid guruhining azoti 3 va 9 holatlarda
joylashgan azotning manbaidir. Asparagin kislotasi o‘zining azot
atomini 1-holatda joylashgan azotga beradi. CO
2
6 uglerod atomining
o‘tmishdoshi hisoblanadi. Sintez davrida purin asoslari emas, balki
birdaniga nukleotid sintezlanadi. Biosintez riboza 5fosfat va ATFdan 5
fosforibozil -1-difosfat hosil bo‘lishidan boshlanadi.
Bu reaksiyani 5-fosforibozilpirofosfatamidotransferaza katalizlaydi.
Uning 2 ta allosterik ingibirlanish qismi bo‘lib, 2 guruh oxirgi
mahsulotlar:
1. ATF, ADF, AMF
2. GTF, GDF, GMF
yordamida ingibirlanadi. Bir qancha reaksiyalar natijasida inozinat
kislota hosil bo‘ladi va undan GMF va AMF sintezlanadi. GMF ikki
bosqichda sintezlanadi. Avval inozin kislota IMF degidrogenaza
ishtirokida 2-uglerod atomi bo‘yicha oksidlanib ksantin kislota (KMF)
hosil bo‘ladi. Keyin bu uglerod atomi GMF sintetaza ishtirokida
glutamin hisobiga pereaminlanadi. Bu reaksiya uchun energiya manbai
bo‘lib ATF hisoblanadi. AMF inozin kislotaning AMF-sintetaza
ishtirokida asparagin kislota hisobiga pereaminlanishi sababli vujudga
kelgan. Reaksiya GTFning GDFgacha gidrolizlanishi natijasida hosil
bo‘lgan energiya hisobiga boradi. Boshqarilish 2 yonalishda amalga
oshiriladi: GTF ko‘payishi AMF sintezini, ATFning ko‘payishi esa GMF
sintezini faollashtiradi.
298
|
| |