• Kalit so`zlar
  • Dorivorlik xususiyatlari
  • Agrobiotexnologiyasi
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Biologik va dorivorlik xususiyatlari




    Download 41 Kb.
    Sana13.11.2023
    Hajmi41 Kb.
    #97984
    Bog'liq
    Almamatova Sitora genetika tezis
    Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5

    DORIVOR MOYCHECHAK (MATRICARIA RECUTITAL) NING
    BIOLOGIK VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
    Almamatova Sitora Ilhom qizi
    Mamatkulova Iroda Ergashevna O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali ‘Biotexnologiya’ yo‘nalishi
    Anotatsiya: Ushbu tezisda moychechak guli tarkibidagi kimyoviy birikmalar kompleksi (xamazulen, matritsin, apigenin, gerniarin va boshqalar) ta’sir etuvchi qism hisoblanadi. Xamazulen tinchlantiruvchi xossaga hamda ichaklarning yopishib qolishi, allergiya va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Apigenin, apinin va gerniarinlar ham ichaklarning yopishib qolishiga qarshi ta’sir qiladi.
    Kalit so`zlar: Xamazulen, apigenin, apinin, gerniarin, seskviterepen, lukansimum, matrisin, kadinen, trisiklik spirt.
    Botanik va kimyoviy tasnifi: Moychechak o‘simligi bir qator davolovchi xususiyatlarni o‘zida jamuljam etadi. Uning gullari P guruhi vitaminlari, A provitamin, C vitamin, ko‘pgina organik kislotalar va boshqa biologik faol elementlar mavjud. Moychechakni turli joylarda bobuni, bobunaj, kaztaban, uqxuvon, amorakun, farsaniyun, lukansimum deb ham ataladi. Moychechakning bo‘yi 15-60 sm keladigan bir yillik o‘ziga xos o‘tkir xidli guldir. Gulbandi tarkibida 0.8% gacha efir moylari bo‘lgani bois ular may-avgust oylarida terib olinadi va xalq tabobati hamda an’anaviy tibbiyotda turli muolajalar uchun ishlatiladi.[1]. Poyasi bir yoki bir nechta, tik yoki ko‘tarilib o‘sadi, tepa qismidagi shoxlangan, xidli. Barglari ikki karra patsimon qirqilgan. Savatchasi geterogom, oq tilsimon urug‘chi gullardan iborat. Savatchasining diametri 4-8 mm, yarim sharsimon bo‘lib, o‘rama barglar bilan o‘raglan. Savatcha chetidagi oq tilsimon gullari 12-18 ta bo’ladi. O‘rtadagi gullari sariq, ikki jinsli, naychasimon, gulkosachasi bo‘lmaydi, gultoji besh tishli, changchilari 5ta bo‘lib mevasi qo‘ng‘ir-yashil tusda. Iyun-iyul oylarida gullab urug‘laydi.[2]. Savatchada to‘plangan gullari tarkibida 0.2-0.8% efir moyi va boshqa moddalar bo`ladi. Efir moyi ko‘k suyuqlik bo‘lib tarkibida 1.64-8.99% xamazulen, 20% gacha seskviterpen spirtlari, kadinen, trisiklik spirt, bisobolen va uning oksidlari, kaprin, nonil, izoverrian kislotalar hamda terpen va seskviterpenlar bor. Efir moyi tarkibidagi seskiverpenlarning umumiy miqdori 50% gacha bo‘ladi. Xamazulen efir moyining asosiy ta’sir etuvchi qismi hisoblanadi.[4,5].
    Dorivorlik xususiyatlari: Moychechak guli yumshatuvchi, antiseptik va yallig‘lanishga qarshi (og‘iz, tomoqni chayishda, shifobaxsh vanna hamda klizma qilishda) vosita sifatida qo‘llaniladi. Moychechak gulidan (savatchalaridan) damlama tayyorlanadi. Savatchalar me’da kasalliklarida, tomoq chayqashda ishlatiladigan va yumshatuvchi yig’malar-choylar tarkibiga ham kiradi. Bundan tashqari, o’t pufagida toshi bor bemorlarga, surunkali ich ketganda, surunkali gastritda, buyrak va siydik pufagi kasalliklarida, gemoroy, surunkali faringit va laringitda, gastrit, o‘n ikki barmoqli ichak yarasida, bosh og‘riganda, uyqusizlikning oldini olishda va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi.[1,5]. Ibn Sinoni aytishiga ko`ra ‘Moychechak miyani kuchli qiladi va sovuqdan bo`lgan bosh og‘rig‘ida foyda qiladi. Boshdan yomon moddalarni chiqarish uchun ishlatiladi. Uni qo‘yib bog‘lansa, ko‘zning burun burchagidagi yorilgan yaralarni tuzatadi. Balg‘amni ko‘chiradi va sariq kasallikni ketkazadi. Siydikni xaydaydi va toshni chiqaradi. Bu charchashga qarshi ishlatiladigan dorilarning boshqalariga qaraganda eng ko‘p foydalisidir’.[1].
    Agrobiotexnologiyasi: Ko‘p yillik tajribalardan ma’lumki, moychechak o‘simligi yorug‘likni yaxshi ko‘radi, tuproq unumdorligiga unchalik talabchan emas, azotli o‘g‘itlarni yaxshi ko‘radi, begona o‘tlar bilan kuchli raqobatlasha olmaydi. Moychechak urug‘idan ko`payadi. Ekishning maqbul mavsumi kuzdir, shuningdek qish oldidan va bahorda ham ekish mumkin. Kuzgi ekish lalmi yerlarda birinchi kuz yomg‘iridan keyin, oktabr oxiri noyabr boshlarida o‘tkaziladi. Moychechakning mayda urug‘lari yaxshi unishining asosiy omili, urug‘ tushadigan tuproq yuqori qavati holatidir. Bu qavat nam bo‘lib, urug‘ unib chiqquniga qadar xarorati 5 darajadan yuqori bo‘lishi kerak. Moychechak oralari 50-60 sm qilib chuqurligi 7 sm qilib ekiladi. Urug‘i nihoyatda mayda, uni bir tekis ekish uchun avval urug‘ 1/10 nisbatda qum yoki go‘ngga aralashtiriladi. Urug‘ 8-10 kunda unib chiqadi. Urug‘ unib 2-3 ta barg xosil bo‘lgach, egat olinadi. O‘simlik o‘sib rivojlanishi davomida ikki marta: Birinchisi maysa hosil bo‘lganining 10-15 kunlarida, ikkinchisi shonalash davrida gektariga 30-40 kg xisobida azot bilan oziqlantiriladi. Ekin unib chiqqanidan 30-40 kun o‘tgach gullaydi. Urug‘ning pishib yetilganlik darajasi-savatchasining uzunchoq, konussimon shaklda bo‘lishi bilan aniqlanadi.[3].
    Xulosa: Dunyo bo‘yicha kasalliklar odamlar bilan birga, zeroki kasalliklarni oldini olish uchun ko’pincha tabiiy preparatlardan foydalanilmasdan kimyoviy preparatlardan ko‘proq foydalaniladi. Lekin moychechak o‘simligi tabiiy vosita hisoblanib asabni tinchlantiradi, ishtaxani ochadi va o‘t ajralishini kuchaytiradi, gullaridan tayyorlangan qaynatmaga tuz qo’shib revmatizm, podagra kasalliklarida ishlatiladi. Shu sababli uni ko‘paytirish, o‘simlikni chuqur o‘rganib yangi xususiyatlari orqali boshqa kasalliklarni davolash mumkun.
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. Ayupov Ravshan Xamdamovich. Dorivor o‘simliklar va ulardan foydalanish. Toshkent 2015.
    2. X.Yoziyev. H. Z. Arabova. Dorivor o‘simliklar.
    3. Agrobank ATB. Dorivor o`simliklarni o‘stirish va yetishtirish texnologiyasi. 2021.
    4. https//cyberleninka.ru.
    5. O‘.Ahmedov, A.Ergashev, A.Abzalov, M.Yulchiyeva, D.Mustafakulov. Dorivor o‘simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Toshkent-2020.
    Download 41 Kb.




    Download 41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biologik va dorivorlik xususiyatlari

    Download 41 Kb.