• Mudofaa xavfsizligi.
  • Ijtimoiy xavfsizlik
  • Ekologik xavfsizlik.
  • AXBOROT XAVFSIZLIGINING SIYOSATI
  • Biologiya (2) — копия cdr




    Download 4,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/50
    Sana29.08.2024
    Hajmi4,22 Mb.
    #270046
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi

    Iqtisodiy xavfsizlik.
    Milliy iqtisodda axborotlarni yaratish, tarqa-
    tish,qayta ishlash va foydalanish jarayoni hamda vositalarini qamrab ol-
    gan Yangi tarmoq vujudga keladi. «Milliy axborot resursi» tushunchasi 
    Yangi iqtisodiy kategoriya bo‘lib xizmat qilmoqda. Davlatning axborot 
    resurslariga keltirilayotgan zarar axborat xavfsizligiga ham tasir kursa-
    tilmoqda. Mamlakatimizda axborotlashgan jamiyatni shakilantirish va 
    uning asosida jaxon yagona axborot maydoniga kirib borish natijasida 
    milliy iqtisodimizga turli xildagi zararlar keltirish xavfi paydo bo‘lmoqda.
    Mudofaa xavfsizligi.
    Mudofaa soxasida xavfsizlikning asosiy obek-
    tlaridan bo‘lib mamlakatning mudofaa potensialining axborot tarkibi 
    va axborot resurslari xisoblanmoqda. Xozirgi kunda barcha zamonaviy 
    qurollar va xarbiy texnikalar juda ham kampyutirlashtirilib yuborildi. 
    Shuning uchun ham ularga axborot qurollarini qullash extimoli katta.
    Ijtimoiy xavfsizlik
    .Zamonaviy axborot - kammunikasiyalar tex-
    nologiyalarining milliy iqtisod barcha tarmoqlarida keng qullanilishi in-
    son pisixalogiyasi va jamoa ongiga «yashirin» tasir ko‘rsatish vositalar-
    ining samaradorligini yuksaltirib yubordi.
    Ekologik xavfsizlik. 
    Ekologik xavfsizlik - glabal masshtabdagi mua-
    mmodir. «Ekologik toza», enirgiya va resurs tejaydigan, chiqindisiz tex-
    nologiyalarga o‘tish faqat milliy iqtisodni axboratlashtirishxisobiga qay-
    ta qurish asosidagi yulga quyish.


    22
    AXBOROT XAVFSIZLIGINING SIYOSATI
    Axborot xavfsizligining siyosatini ishlab chiqishda, avvalo himoya qilinuvchi ob’ekt va 
    uning vazifalari aniqlanadi. So‘ngra dushmanning bu ob’ektga qiziqishi darajasi, hujumn-
    ing ehtimolli turlari va ko‘riladigan zarar baholanadi. Nihoyat, mavjud qarShi ta’sir vosita-
    lari etarli himoyani ta’minlamaydigan ob’ektning zaif joylari aniqlanadi. Samarali himoya 
    uchun har bir ob’ekt mumkin bo‘lgan tahdidlar va xujum turlari, maxsus instrumentlar, 
    qurollar va portlovchi moddalarning ishlatilishi ehtimolligi nuqtai nazaridan baholanishi 
    zarur. Ta’kidlash lozimki, niyati buzuq odam uchun eng qimmatli ob’ekt uning e’tiborini 
    tortadi va ehtimolli nishon bo‘lib xizmat qiladi va unga qarShi asosiy kuchlar ishlatiladi. 
    Bunda, xavfsizlik siyosatining ishlab chiqilishida echimi berilgan ob’ektning real himoyas-
    ini ta’minlovchi masalalar hisobga olinishi lozim.
    Qarshi ta’sir vositalari himoyaning to‘liq va eshelonlangan konsepsiyasiga mos keli-
    shi Shart. Bu degani, qarshi ta’sir vositalarini markazida himoyalanuvchi ob’ekt bo‘lgan 
    konsentrik doiralarda joylashtirish lozim. Bu holda dushmanning istalgan ob’ektga yo‘li 
    himoyaning eshelonlangan tizimini kesib o‘tadi. Mudofaaning har bir chegarasi Shunday 
    tashkil qilinadiki, qo‘riqlash xodimining javob choralarini ko‘rishiga etarlicha vaqt mo-
    baynida xujumchini ushlab turish imkoni bo‘lsin. So‘nggi bosqichda qarshi ta’sir vositalari 
    qabul qilingan himoya konsepsiyasiga binoan birlashtiriladi. Butun tizim hayoti siklining 
    boshlang‘ich va kutiluvchi umumiy narxini dastlabki baholash amalga oshiriladi. 
    Agar bir binoning ichida turli himoyalash talablariga ega bo‘lgan ob’ektlar joylash-
    gan bo‘lsa, bino otseklarga bo‘linadi. Shu tariqa umumiy nazoratlanuvchi makon ichida 
    ichki perimetrlar ajratiladi va ruxsatsiz foydalanishdan ichki himoya vositalari yaratiladi. 
    Perimetr, odatda,fizik to‘siqlar orqali aniqlanib, bu to‘siqlardan o‘tish elektron usul yoki 
    qo‘riqlash xodimlari tomonidan bajariluvchi maxsus muolajalar yordamida nazoratlana-
    di. Umumiy chegaraga yoki perimetrga ega bo‘lgan binolar guruhini himoyalashda na-
    faqat alohida ob’ekt yoki bino, balki uning joylanish joyi ham hisobga olinishi zarur. Ko‘p 
    sonli binolari bo‘lgan er uchastkalari xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha umumiy yoki qisman 
    mos keladigan talablarga ega bo‘ladi, ba’zi uchastkalar esa perimetr bo‘yicha to‘siqqa va 
    yagona yo‘lakka ega. Umumiy perimetr tashkil etib, har bir binodagi himoya vositalarini 
    kamaytirish va ularni faqat xujum qilinishi ehtimoli ko‘proq bo‘lgan muhim ob’ektlarga 
    o‘rnatish mumkin. Xuddi Shu tariqa uchastkadagi har bir imorat yoki ob’ekt xujumchini 
    ushlab qolish imkoniyati nuqtai nazaridan baholanadi. Yuqoridagi keltirilgan talablar tah-
    lili ko‘rsatadiki, ularning barchasi axborotni ishlash va uzatish qurilmalaridan xuquqsiz 
    foydalanish, axborot eltuvchilarini o‘g‘irlash va sabotaj imkoniyatini yo‘l qo‘ymaslikka olib 
    keladi. Binolar, imoratlar va axborot vositalarining xavfsizlik tizimini nazorat punktlarini 
    bir zonadan ikkinchi zonaga o‘tish yo‘lida joylashtirgan holda konsentrik halqa ko‘rinishi-
    da tashkil etish maqsadiga muvofiq hisoblanadi (3.2-rasm).


    23

    Download 4,22 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




    Download 4,22 Mb.
    Pdf ko'rish