AXBOROTNI HUQUQIY MUHOFAZA QILISH




Download 4,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/50
Sana29.08.2024
Hajmi4,22 Mb.
#270046
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
Bog'liq
Axborot xavfsizligi

AXBOROTNI HUQUQIY MUHOFAZA QILISH
Axborot xavfsizligiga kirish
Tez rivojlanib borayotgan kompyuter axborot texnologiyalari bizning kundalik xayo-
timizning barcha jabhalarida sezilarli o‘zgarishlarni olib kirmoqda. Xozirda “axborot tus-
hunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo‘lgan maxsus 
tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. SHu bilan birga axborotning bahosi ko‘p xollar-
da uning o‘zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga 
oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila tabiiy xolda axborotni unga ruxsat etilmagan 
xolda kirishdan, qasddan o‘zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan, yo‘qotishdan va boshqa jinoiy 
xarakterlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug‘iladi. 
Ammo, jamiyatning avtomatlashtirishning Yuqori darajasiga intilishi uni foydalanil-
adigan axborot texnologiyalarning xavfsizligi saviyasiga bog‘liq qilib qo‘yadi. Haqiqatan, 
kompyuter tizimlarining keng ko‘lamda ishlatilishi doimo o‘sib boruvchi axborot xajmini 
ishlash jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon bersada, bu jarayonlarni agressiv ta’sir-
larga nisbatan ojiz qilib qo‘yadi va, demak, axborot texnologiyalardan foydalanuvchilar 
oldida yangi muammo-axborot xavfsizlik muammosi ko‘ndalang bo‘ldi. 
Xavfsizlik muammosi, aslida, yangi muammo emas, chunki xavfsizligini ta’minlash xar 
qanday tizim uchun, uning murakkabligi, tabiatidan qat’iy nazar, birlamchi vazifa hisobla-
nadi. Ammo, himoyalanuvchi ob’ekt axborot tizimi bo‘lsa, yoki agressiv ta’sir vositalari 
axborot shaklda bo‘lganda, himoyaning mutloq yangi texnologiyalarini va usullarini yarat-
ishga to‘g‘ri keladi. 
Ma’lumotlarni himoyalovchi usullar xamda xakerlarga qarshi xarakat vositalar 
majmuasini belgilash maqsadida kompyuter xavfsizligi atamasi ishlatila boshlandi. Ma’lu-
motlarni ishlovchi taqsimlangan tizimlarning paydo bo‘lishi xavfsizlik masalasiga yangicha 
yondashishning Shakllanishiga olib keldi. Ma’lumki, bunday tizimlarda tarmoqlar va kom-
munikatsion uskunalar foydalanuvchilarning terminallari bilan markaziy kompyuterlar 
o‘rtasida ma’lumotlar almashishga xizmat qiladi. Shu sababli ma’lumotlar uzatiluvchi tar-
moqlarni ximoyalash zaruriyati tug‘ildi va shuning bilan birga tarmoq xavfsizligi atamasi 
paydo bo‘ldi.
Axborotning muximlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham 
qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri – sirli
yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa Shaxs o‘qiy olmagan. 
Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning Yuqori tabaqalari, davlatning 
elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir 
necha o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o‘zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi 
va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, 
uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin 
etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi.


19

Download 4,22 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Download 4,22 Mb.
Pdf ko'rish