15
• viruslar-«yo‘ldoshlar» (companion),
• viruslar-«qurtlar» (worm).
Viruslar-«yo‘ldoshlar» fayllarni o‘zgartirmaydi. Uning ta’sir mexanizmi bajariluvchi
fayllarning nushalarini yaratishdan iboratdir. Viruslar-«qurtlar» tarmoq orqali ishchi stan-
siyaga tushadi, tarmoqning boshqa abonentlari bo‘yicha virusni jo‘natish adreslarini hi-
soblaydi va virusni uzatishni bajaradi. Virus fayllarni o‘zgartirmaydi va disklarning yukla-
ma sektorlariga yozilmaydi. Ba’zi bir viruslar-«qurtlar» diskda virusning ishchi nusxasini
yaratadi, boshqalari faqat hisoblash mashinasining asosiy xotirasida joylashadi. Algorit-
mlarning murakkabligi, mukammalik darajasi va yashirinish xususiyatlari bo‘yicha yashash
makonini o‘zgartiradigan viruslar quyidagilarga bo‘linadi:
1.talaba viruslar;
2.«stels» viruslar (ko‘rinmaydigan viruslar);
3.polimorf viruslar.
Talaba-viruslar malakasi past yaratuvchilar tomonidan yaratiladi. Bunday viruslar,
odatda, rezident bo‘lmagan viruslar qatoriga kiradi, ularda ko‘pincha xatoliklar mavjud
bo‘ladi, osongina taniladi va yo‘qotiladi.
«Stels» viruslar malakali mutaxasislar tomonidan yaryatiladi.
«Stels»-viruslar operatsion tizimning Shikastlangan fayllarga murojaatlarini ushlab
qolish yo‘li bilan o‘zini yashash makonidagiligini yashiradi va operatsion tizimni axborot-
ning Shikastlanmagan qismiga yo‘naltiradi. Virus rezident hisoblanadi, operatsion tizim
programmalari ostida yashirinadi, xotirada joyini o‘zgartirishi mumkin. «Stels» - viruslar
rezident antivirus vositalariga qarShi ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatiga ega. Polimorf vi-
ruslar ham malakali mutaxasislar tomonidan yaratiladi, va doimiy tanituvchi guruxlar-sig-
naturalarga ega bo‘lmaydi. Oddiy viruslar yashash makonining zaxarlanganligini aniqlash
uchun zaxarlangan ob’ektga maxsus tanituvchi ikkili ketma-ketlikni yoki simvollar ket-
ma-ketligini (signaturani) joylashtiradi. Bu ketma- ketlik fayl yoki sektorning zaxarlangan-
ligini aniqlaydi. Polimorf viruslar virus tanasini Shifrlashdan va Shifrlash programmasini
turlantirishdan foydalanadi. Bunday o‘zgartirish evaziga polimorf viruslarda kodlarning
muvofiqligi bo‘lmaydi. Ma’lum viruslar bilan ishlashda qo‘laylikni ta’minlash maqsadida
viruslar katalogidan foydalaniladi. Katalogda viruslarning quyidagi standart xususiyatlari
to‘g‘risidagi ma’lumot joylashtiriladi: nomi, uzunligi, zaxarlanuvchi fayllar, fayldagi o‘rni,
zaxarlash usuli, rezident viruslar uchun asosiy xotiraga joylashtirish usuli, kelib chiqar-
adigan natijalari, zarakunandalik vazifalarining borligi (yo‘q-ligi) va xatoliklar. Kataloglarn-
ing mavjudligi viruslarni tavsiflashda ularning standart xususiyatlari va ta’sirlarini tushirib
qoldirib, faqat o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatishga imkon beradi.