• Barcha kompyuter viruslari quyidagi alomatlari bo‘yicha klassifikatsiyalanishi mumkin
  • KOMPYUTER VIRUSLARI VA VIRUSDAN HIMOYALANISH




    Download 4,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/50
    Sana29.08.2024
    Hajmi4,22 Mb.
    #270046
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi

    KOMPYUTER VIRUSLARI VA VIRUSDAN HIMOYALANISH
    Kompyuter viruslari va ularning klassifikatsiyasi;
    Zararkunanda programmalar va avvalo, viruslar kompyuter tizimsi uchun jiddiy xavf 
    hisoblanadi. Bu xavfni nazar pisand qilmaslik foydalanuvchilar axborotsi uchun jiddiy 
    oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Viruslarning xavfini xaddan tashqari oshirib yuborish 
    ham kompyuter tizimlarining barcha imkoniyatlaridan foydalanishga salbiy ta’sir ko‘rsa-
    tadi. Viruslar ta’siri mexanizmini, ular bilan kurashish metodlarini bilish viruslarga qarshi 
    samarali kurashishni tashkil etishga, ular ta’siri natijasida zararlanish ehtimolini va yo‘qo-
    tishlarni minimumga keltirishga imkon beradi. «Kompyuter virusi» atamasi 80-yillarning 
    o‘rtalarida kiritilgan. Biologik viruslarga tegishli o‘lchamlarining kichikligi, o‘z-o‘zidan 
    ko‘payib va ob’ektlarga singib(ularni zaxarlab) tez tarqalish qobiliyati, tizimga salbiy ta’siri 
    kabi alomatlar zararkunanda programmalarga ham taalluqlidir. Kompyuter viruslari bilan 
    ish ko‘rilganda «virus» atamasi bilan bir qatorda «zaharlanish», «yashash muxiti», «pro-
    filaktika», kabi tibbiyot atamalaridan ham foydalaniladi. «Kompyuter viruslari» -kompy-
    uter tizimlarida tarqalish va o‘z-o‘zidan qaytadan tiklanish (replikatsiya) xususiyatlariga 
    ega bo‘lgan bajariluvchi yoki Sharxlanuvchi kichik programmalardir. Viruslar kompyut-
    er tizimlarida saqlanuvchi programma ta’minotini o‘zgartirishi yoki yo‘qotishi mumkin. 
    Hozirda dunyoda faqat ro‘yxatga olingan 65 mingdan ortiq kompyuter viruslari mavjud. 
    Zamonaviy zarakunanda programmalarining aksariyati o‘z-o‘zidan ko‘payish qobiliyatiga 
    ega bo‘lganliklari sababli ularni ham kompyuter viruslariga taalluqli deb hisoblaydilar. 
    Barcha kompyuter viruslari quyidagi alomatlari bo‘yicha klassifikatsiyalanishi mumkin:
    - yashash muhiti bo‘yicha;
    - yashash muhitining zaxarlanishi bo‘yicha;
    - zararkunandalik ta’sirning xavfi darajasi bo‘yicha;
    - ishlash algoritmi bo‘yicha.

    Download 4,22 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




    Download 4,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    KOMPYUTER VIRUSLARI VA VIRUSDAN HIMOYALANISH

    Download 4,22 Mb.
    Pdf ko'rish