12
lar orqali aniqlanadi. Foydalanish xuquqini foydalanish ma’muriyati belgilaydi va birorta
foydalanuvchi ||P|| matritsadan foydalana olmaydi va uni o‘zgartira olmaydi.
Aksariyat
xujumlar passiv bo‘lganligiga qaramasdan xatto aktiv xujumga tayyor turgan potensial
buzg‘unchini ham aniqlash mumkin. Eng ishonchli modellar sifatida o‘yin
modellarini
ko‘rsatish mumkinki, bu modellarda kamida ikki tomon mavjud bo‘ladi. Bir tomon axborot
himoyasini yaratsa, ikkinchi tomon bu tizimani bartaraf qiladi. O‘yin birinchi tomonning
qandaydir himoya tizimini yaratishidan boshlanadi. Undan keyin ikkinchi tomon yaratil-
gan himoya tizimini bartaraf qilishga, birinchi tomon esa yangisini yaratishni boshlaydi.
Agar ikkinchi tomon birinchi tomon yangi himoya tizimini yaratguncha oldin yaratilgan
himoya tizimini bartaraf etsa, birinchi tomon yutqizgan hisoblanadi. Agar himoya tizimi
bartaraf etilgunga qadar birinchi tomonda yangi himoya tizimi bo‘lsa, birinchi tomon yut-
gan hisoblanadi. Birinchi raund natijasidan qat’iy nazar o‘yin davom etadi.
Bu yondashishda himoya tizimining samaradorlik mezoni sifatida ikki argumentli (bir-
inchi tomonning himoya tizimini yaratishga sarflagan vaqti va ikkinchi tomonning himoy-
ani bartaraf etishga sarflagan vaqti) funksiya qabul qilinadi. Ta’kidlash lozimki, nafaqat
vaqtni, balki himoyalanuvchi axborot narxini hamda yaratish/bartaraf
etishdagi sarfni
hisobga oluvchi yanada murakkab o‘yin modellari mavjud. Bunday modellarda birinchi
tomon tarafidan himoyalanuvchi axborot narxi vaqt mobaynida pasaya boradi, himoya
tizimining samaradorlik mezoni argumentlarining biri sifatida esa ikkinchi tomon himoy-
ani bartaraf etganidan so‘nggi axborotning qoldiq narxi qabul qilinadi.