• O‘zgarishlarni bilib qolish
  • Evristik taxlil
  • Viruslar bilan kurashish metodlari va vositalari




    Download 4,22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/50
    Sana29.08.2024
    Hajmi4,22 Mb.
    #270046
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi

    Viruslar bilan kurashish metodlari va vositalari;
    Viruslar tarqalishining ommalashuvi, ular ta’siri oqibatlarining jiddiyligi virusga qarShi 
    maxsus vositalarni va ularni qo‘llash metodlarini yaratish zaruriyatini tug‘dirdi. Virusga 
    qarshi vositalar yordamida quyidagi masalalar echiladi:
    1.kompyuter tizimlarida viruslarni aniqlash;
    2.viruslar ta’siri oqibatlarini yo‘qotish.
    Viruslarni aniqlashni ularning ta’siri boshlanishi bilanoq yoki,loaqal, zararkunandalik 


    16
    vazifalari boshlanmasdanoq amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ta’kidlash 
    lozimki, barcha xil viruslarning aniqlanishini kafolatlovchi virusga qarShi vositalar mavjud 
    emas. Kompyuter tizimlarida viruslarni aniqlashning quyidagi metodlari mavjud:
    skanerlash;
    o‘zgarishlarni bilib qolish;
    evristik taxlil;
    rezident qorovullardan foydalanish;
    programmani vaksinatsiyalash;
    viruslardan apparat-programm himoyalanish.
    Skanerlash 
    - viruslarni aniqlashning eng oddiy metodlaridan hisoblanadi. Skaner-
    lash programma-skaner tomonidan amalga oshiriladi. Bu programma-skaner viruslarning 
    tanituvchi qismini-signaturani qidirish maqsadida fayllarni ko‘rib chiqadi. Ko‘pincha pro-
    gramma-skanerlar aniqlangan viruslarni yo‘qotishi mumkin. Bunday programmalar po-
    lifaglar deb ataladi. Skanerlash usuli signaturalari ajratilgan va doimiy bo‘lgan viruslarni 
    aniqlashda qo‘llaniladi.
    O‘zgarishlarni bilib qolish
    usuli programm-taf-tishchidan foydalanishga asoslangan. 
    Bunday programmalar odatda virus joylashadigan diskning barcha qismlari xarakteristi-
    kalarini aniqlaydi va eslab qoladi. Programma-taf-tishchining davriy bajarilishi jarayonida 
    saqlanuvchi xarakteristikalari bilan disk qismlarini nazoratlash natijasidagi xarakteristika-
    lar taqqoslanadi. Taftish natijasida programma viruslar borligi xususida taxminga asoslan-
    gan axborotni beradi. Metodning eng asosiy afzalligi- viruslarning barcha xilini hamda 
    noma’lum viruslarni aniqlashi imkoniyatidir.
    Evristik taxlil
    usuli ham o‘zgarishlarni bilib olish metodlari kabi noma’lum viruslar-
    ni aniqlash imkonini beradi. Ammo bu metod fayl tizimsi xususidagi axborotni oldindan 
    yig‘ish, ishlash va saqlashni talab
    etmaydi. Evristik taxlilning mohiyati-viruslarning mumkin bo‘lgan yashash
    makonlarini tekshirish va ulardagi viruslarga xarakterli komandalarni (komandalar 
    guruxini) aniqlashdan iboratdir.

    Download 4,22 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




    Download 4,22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Viruslar bilan kurashish metodlari va vositalari

    Download 4,22 Mb.
    Pdf ko'rish