14
• rezident;
• rezident bo‘lmagan;
Rezident
viruslar faollashganlaridan so‘ng to‘laligicha yoki qisman yashash muhiti-
dan (tarmoq, yuklama sektori, fayl) hisoblash mashinasining asosiy xotirasiga ko‘chadi.
Bu viruslar, odatda, faqat operatsion tizimga ruxsat etilgan imtiyozli rejimlardan foydalan-
ib yashash muhitini zaxarlaydi va ma’lum Sharoitlarda zararkunandalik vazifasini bajaradi.
Rezident bo‘lmagan
viruslar faqat faollashgan vaqtlarida
hisoblash mashinasin-
ing asosiy xotirasiga tushib, zaxarlash va zararkunandalik vazifalarini bajaradi. Keyin bu
viruslar asosiy xotirani butunlay tark etib yashash muhitida qoladi. Agar virus yashash
muhitini zaxarlamaydigan programmani asosiy xotiraga joylashtirsa bunday virus rezident
bo‘lmagan virus deb hisoblanadi. Virusning zararkunandalik imkoniyatlari ularni yaratu-
vchisining maqsadi va malakasiga hamda kompyuter tizimlarining xususiyatlariga bog‘liq.
Foydalanuvchining informatsion resurslari uchun xavf darajasi bo‘yicha kompyuter
viruslarini quyidagilarga ajratish mumkin:
-
beziyon viruslar;
-
xavfli viruslar;
-
juda xavfli viruslar;
Beziyon
kompyuter viruslari kompyuter tizimsi resurslariga qandaydir Shikast etka-
zishni o‘ziga maqsad qilmagan mualliflar tomonidan yaratiladi. Ularning maqsadi, odatda,
o‘zlarini programmist imkoniyatlarini ko‘z-ko‘z qilishdir. Bunday viruslarning zararkunan-
daligi monotoringda aybsiz matnlarni va rasmlarni, musiqiy parchalarning ijro etilishiga
olib keladi va h. Ammo bezarar bo‘lib ko‘ringan bunday viruslar kompyuter tizimlariga
ma’lum Shikast etkazadi. Birinchidan bunday viruslar kompyuter tizimlarini resurslarini
sarflaydi, natijada uning ishlash samaradorligi pasayadi. Ikkinchidan, kompyuter viruslari-
da kompyuter tizimlarining informatsion resurslariga Shikast keltiruvchi xatoliklar bo‘lishi
mumkin.
Xavfli
viruslarga kompyuter tizimlarining samaradorligini jiddiy pasayishiga olib kelu-
vchi, ammo xotirlovchi qurilmalarda saqlanuvchi axborotning yaxlitligini va maxfiyligini
buzmaydigan viruslar kiradi. Bunday viruslar ta’siri oqibatlarini unchalik katta bo‘lmagan
moddiy va vaqtiy resurslar sarfi evaziga yo‘qotish mumkin.
Bunday viruslarga misol tariqasida hisoblash mashinasi xotirasini egallovchi, ammo
tarmoq ishiga ta’sir qilmaydigan viruslarni, programmani qaytadan ishlanish, operatsion
tizimsining qaytadan yuklanish yoki ma’lumotlarni aloqa kanallari orqali qaytadan uzatil-
ish va h.k. zaruriyatini tug‘diruvchi viruslarni ko‘rsatish mumkin.