24
da ishlashni ma’lum tartib va qoidalarga bo‘ysindiruvchi (reglamentlovchi) hujjat tuziladi.
Siyosat odatda ikki qismdan iborat bo‘ladi: umumiy prinsiplar va ishlashning muayyan
qoidalari. Umumiy prinsiplar Internetda xavfsizlikka yondashishni aniqlasa, qoidalar nima
ruxsat etilishini va nima ruxsat etilmasligini belgilaydi. Qoidalar muayyan muolajalar va
turli qo‘llanmalar bilan to‘ldirilishi mumkin. Odatda xavfsizlik siyosati tarmoq asosiy ser-
vislaridan (elektron pochta, WWW va h.k) foydalanishni reglamentlaydi hamda tarmo-
qdan foydalanuvchilarni ular qanday foydalanish xuquqiga ega ekanliklari bilan tanishti-
radi. Bu esa o‘z navbatida foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash muolajasini aniqlaydi.
Bu hujjatga jiddiy yondashish lozim. Himoyaning boshqa barcha strategiyasi xavfsiz-
lik siyosatining qat’iy bajarilishi taxminiga asoslangan. Xavfsizlik siyosati foydalanuvchi-
lar tomonidan ko‘pgina malomat orttirilishiga sabab bo‘ladi, chunki unda foydalanuvch-
iga ma’n etilgan narsalar ochiq-oydin yozilgan. Ammo xavfsizlik siyosati rasmiy hujjat, u
bir tomondan Internet taqdim etuvchi servislarda ishlash zaruriyati, ikkinchi tomondan
mos mutaxassis-professionallar tarafidan ifodalangan xavfsizlik talablari asosida tuziladi.
Avtomatlashtirilgan kompleks himoyalangan hisoblanadi, qachonki barcha amallar ob’ek-
tlar, resurslar va muolajalarni bevosita himoyasini ta’minlovchi qat’iy aniqlangan qoidalar
bo‘yicha bajarilsa (3.4-rasm).
3.4-rasm. Axborot xavfsizligi siyosatini ta’minlashning asosiy qoidalari.
Himoyaga qo‘yiladigan talablarning asosini tahdidlar ro‘yxati tashkil etadi. Bunday
talablar o‘z navbatida himoyaning zaruriy vazifalari va himoya vositalarini aniqlaydi. De-
mak, kompyuter tarmog‘ida axborotni samarali himoyasini ta’minlash uchun himoya
tizimini loyihalash va amalga oshirish uch bosqichda amalga oshirilishi kerak.
-
xavf-xatarni taxlillash;
- xavfsizlik siyosatini amalga oshirish;
- xavfsizlik siyosatini madadlash.
Birinchi bosqichda kompyuter tarmog‘ining zaif elementlari taxlillanadi,
taxdidlar
aniqlanadi va baholanadi, himoyaning optimal vositalari tanlanadi. Xavf-xatarni taxlillash
Idintifikasiyalash
Vakolatlarni
taqsimlash
Ishlarni qaydlash
va ro‘yxatga olish
Shifrlash
Raqamli imzoni
qo‘llash
Virusga
qarshi
ximoyani taminlash
Axborot yaxlitligining
nazorati