axborotni himoya qilishning kriptografik usullari




Download 4,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/50
Sana29.08.2024
Hajmi4,22 Mb.
#270046
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
Axborot xavfsizligi

axborotni himoya qilishning kriptografik usullari 
keng ishlatilmoqda, bunda boshlang‘ich axborot Shunday o‘zgartiriladiki, buning nati-
jasida axborot kerakli vakolatlarga ega bo‘lmagan Shaxslarga tanishish va ishlatish uchun 
mumkin bo‘lmay qoladi.
Boshlang‘ich axborotga ta’sirni ko‘rinishi bo‘yicha kriptografik o‘zgartirishni quyidagi 
usullari mavjud: Shifrlash, stenografiya, kodlash,
zichlashtirish.
SHifrlash
jarayoni boshlang‘ich axborot ustida orqaga qaytadigan matematik, man-
tiqiy va boshqa o‘zgartirishlarni o‘tkazishdir, buning natijasida Shifrlangan axborot har-
flarning, raqamlarning, boshqa belgilarning tartibsiz to‘plami ko‘rinishiga egadir. Axborot-
ni Shifrlash uchun o‘zgartirish algoritmi va kalit ishlatiladi. Odatda, ma’lum bir Shifrlash 
algoritmi uchun o‘zgartirish algoritmi o‘zgarmas hisoblanadi. SHifrlash algoritmi uchun 
boshlang‘ich qiymatlar bo‘lib Shifrlash uchun axborot va Shifrlash kaliti xizmat qiladi. Ka-
lit boshqaruvchi axborotni o‘z ichiga oladi, u Shifrlash algoritmini amalga oshirishda ish-
latiladigan operandlar kattaliklarini va algoritmning ma’lum qadamlarida o‘zgartirishlarni 
tanlashni aniqlaydi.
Stenografiya usullari nafaqatgina saqlanayotgan yoki uzatilayotgan axborotni ma’nos-
ini berkitib qolmasdan, balki yopiq axborotni saqlash yoki uzatish omilini ham yashirish 
imkonini beradi. Stenografiyani usullarini barchasini asosida yopiq axborotni ochiq fayllar 
ichida niqoblash yotadi (masalan, MS DOS OT da EOF (ctrl Q Z) uning belgisi matnli faylni 
oxirida joylashadi. OT ning standart qurilmalari EOF belgisiga etib
kelganda o‘qishni to‘xtatadilar va yopiq faylga murojaat qilib bo‘lmaydi).
Stenografiya vositalari yordamida matn, tasvir, nutq, raqamli imzo,
Shifrlangan xabar niqoblanishi mumkin. Stenografiyani va Shifrlashni
kompleks ishlatish maxfiy axborotni payqash va ochish masalasini echishni
murakkabligini ko‘p marotaba oshiradi. KT larida stenografiyani amaliy ishlatish endigina 
boshlanmoqda, lekin o‘tkazilgan tadqiqotlar uning istiqbolligini ko‘rsatmoqda. KT larida 
multimediya fayllarini qayta ishlash stenografiya oldida deyarli cheklanmagan imkoni-
yatlarni ochib beradi.
Axborotni 
kodlash
jarayonini mazmunini boshlang‘ich axborotni
(gaplar, so‘zlar) ma’noviy tuzilishlarini kodlar bilan almashtirish hisoblanadi. 
Kodlar sifatida harflarning, raqamlarning, raqamlar va harflarning birlashmalari ish-
latishi mumkin. Kodlashda va teskari o‘zgartirishda maxsus jadvallar yoki lug‘atlar ish-
latiladi. Kamchiligi - kodlaydigan jadvallarni saqlashni va tarqatishni zarurligidir, ularni, 


27
ushlab olingan xabarlarning qayta ishlashning statistik usullari bilan kodlarni ochishdan 
saqlanish uchun, tez-tez almashtirish kerakdir. Kodlash usulini ma’noviy tuzilishlari chek-
langan to‘plamli tizimlarda (masalan, ABT ning buyruqli liniyalarida) qo‘llash maqsadga 
muvofiqdir.

Download 4,22 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Download 4,22 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



axborotni himoya qilishning kriptografik usullari

Download 4,22 Mb.
Pdf ko'rish