• Glikozidàzàlàr. Glikozidàzàlàr
  • Aspergillus niger
  • Sirka kislota
  • Biotexnologiya asoslari




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet130/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    GOLOSSARIY 
     
    1.Mikrob biotexnologiyasi - bu o’ta muhim mikrobiologik jarayonlarni yaratish va 
    ulardan sanoat usulida foydalanish orqali zarur bo’lgan mikrob hujayralari, organelalari va 
    fermentlarini ishlab chiqarish hamda ulardan xalq xo’jaligi va medisinada foydalanishning 
    nazariy va amalliy tomonlarini yoritib beradigan fandir. Bu fan asosan mikrobiologiya, 
    fiziologiya, biokimyo va genetika fanlari yutuqlari asosida tashkil qilingan bo’lib, uning 
    zaminida ko’zga kurinmas mikroorganizmlar faoliyatidan unumli va oqilona foydalanish 
    yotadi. 
     
    2.Mikroorganizmlar dan sut kislotasi, butanol va aseton olish texnologiyalarini 
    birinchilardan bo’lib, buyuk rus olimi V.N.SHaposhnikov (1884-1968) va uning shogirdlari 
    N.D.Ierusalimskiy (1901-1967), M.N.Bexteryova limon kislotasi olish texnologiyasini esa 
    S.P.Kosto’cheva (1877-1931) va I.S.Butkevich (1872-1942) yaratganlar. 
    3.Biotexnologiya sanoatida produsent sifatida prokariotlar – (bir hujayrali, yadrosi 
    mukammal bo’lmagan organizmlar) – bakteriyalar, aktinomisetlar, rikketsiylar va tuban 
    eukariotlar (bir va ko’p hujayrali, yadrosi mukammal, xromosomalari maxsus lipoproteid tabiatli 
    membranalar bilan o’ralgan) – achitqi va miselial zamburug’lar, eng sodda jonivorlar va suv 
    o’tlari hamda ularni har xil usullar (seleksiya, mutagenez, hujayra va gen muxandisligi) orqali 
    olingan mutantlaridan foydalaniladi. 
    4.Biotexnologiyada gen muxandisligi sohasini o’rganishdan maqsad, tirik organizmlar 
    irsiy belgilari xaqidagi axborot joylashgan DNK molekulasining tuzilishi va roli, gen 
    molekulyar biologiyasi; genetik muxandislikning moddiy asoslari: transformasiya, 
    transduksiya, ko’chib yuruvchi genetik elementlar-transpozonlar, plazmidlar, viruslar, 
    bakteriofaglar, restriktazalar, rekombinant DNK olish, genlarni klonlash, hujayra muxandisligi


    hujayra va to’qimalarni sun’iy sharoitda o’stirish texnologiyasi; genetik muxandislikning 
    o’simliklar seleksiyasida qo’llanilishi; gen muxandisligiga asoslangan biotexnologiyaning 
    agrar sanoatdagi ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirishdagi roli; gibridomalar olish 
    texnologiyasi va uning qishloq xo’jaligida va chorvachilikda qo’llanilishi hamda genetik 
    muxandislikning istiqbollari haqidagi aniq bilimlarni o’rganishdan iborat.
    5.Replikasiya jarayoni DNK-polimeraza I, II, III, DNK-ligaza va revertaza fermentlari 
    yordamida amalga oshadi. rep-belok yordamida DNK qo’sh zanjiri ajraladi va DNKga 
    bog’lanadigan oqsil molekulalari yordamida DNKaning ajralgan zanjirlari stabil holatda saqlanib 
    turiladi. DNK-polimeraza III fermenti DNK ning 3' uchidan 5' uchigacha DNKning bitta 
    zanjirini to’la sintez qilish qobiliyatiga ega. DNK sintezi faqat DNK ning 3' uchidan 5' uchiga 
    qarab borishi tufayli DNK ning ikkinchi zanjiri praymaza, DNK-polimeraza I va DNK-ligaza 
    fermentlari yordamida amalga oshadi.
    6.Ajratib olingan hujayralar va to’qimalarni o’stirish uchun mo’ljallangan ozuqa muhitlari, 
    o’simliklarni yaxshi o’sishi uchun kerak bo’lgan barcha makroelementlar (azot, fosfor, kaliy, 
    kalsiy, magniy, oltingugurt va boshqalar) va mikroelementlar (bor, marganes, rux, mis, molibden 
    va boshqalar) hamda vitaminlar, uglevodlar, fitogormonlar yoki ularni sintetik analoglarini 
    saqlashi kerak. Ba’zi ozuqa muhitlari aminokislotalar, kazsin gidrolizoti, EDTA 
    (etilendiamintetrasirka kislota) yoki uni natriyli tuzi (bu tuz temirni hujayra kirishiga yordam 
    beradi) va boshqa kerakli moddalar saqlaydi. 
    7.O’simliklardan ajratib olingan hujayralar va to’qimalarni yaxshi o’stirish uchun, 
    o’stirishni ma’lum shartlariga roiya qilish kera. Ko’pchilik kallus to’qimalari yorug’likga 
    ehtiyoji yo’q, chunki ularni xloroplastlari bo’lmasdan, geterotorf oziqlanadilr. Ba’zi – bir yashil 
    rangdagi kallus to’qimalar bundan mustasno. Ba’zi bir holatlarda kallus to’qimalar avtotrof 
    oziqlanishiga qobiliyatli emas, bularni doimiy yorug’lik sharoitida o’stiriladi, bu esa 
    muvoffaqiyatli morfogenez uchun majburiy sharoitdir ko’proq kallus to’qimalar qorong’ilikka 
    olinadi. 
    8.O’simliklarni «moslashgan» va shish to’qimalrini umumiy xususiyati ularni gormonga 
    ehtiyojsizligidir, boshqacha aytganda har ikkala to’qima ham gormon saqlamagan muhitda o’sa 
    oladilar. Bu xususiyat ularning kalluli to’qimalardan farqli tomonidir. Ma’lumki, kallusli 
    to’qimlarni tabaqalashmaganligi va proleferasiyasi uchun ozuqa muhiti tarkibida gormon 
    saqlashi shart.
    9.1977 yilda CHilton o’zini shogirdlari bilan koronchato’y gallni shishlari 
    agrobakteriyalarni Ti plazmidasini ma’lum qismini o’simlikni yadro DNK siga kiritish natijasida 
    paydo bo’lishini isbotladilar. 
    10. F.Skug va E.Miller, 1957 yilda auksin va sitokinin tipidagi fitogarmonlarni balansidagi 
    farq, bir tomondan hujayrani tabaqasizlangan va tashkil bo’lmagan proiferasiyaga, ikkinchi 
    tomondan esa, u yoki bu tipdagi morfogenezni ikkilamchi tabaqalanishini kuchayishiga olib 
    kelishini ta’kidlab o’tgan edilar. 
    11. Antibiotiklar - mikroorganizmlar sintez qiluvchi eng yirik sinov farmasevtik preparatlar 
    hisoblanadi. Ulardan ba’zi-birlari qishloq xo’jaligida xilma-xil zararkunandalarga qarshi 
    (masalan, polioksin, baridamisin, kosgalisin va x.k.) ishlatilsa, boshqalari tibbiyotda (penisillin, 
    tetrasiklin, sefolasporin S va x.k.) keng qo’llaniladi.
    12.Antibiotiklarni (antibiotik moddalar) turli xil guruh organizmlar (bakteriyalar, 
    zamburug’lar, yuqori o’simliklar, hayvonlar) ishlab chiqaradilar. Birinchi antibiotikaning 
    ochilish tarixi SHotlandiya mikrobiologi A. Fleminga (1881-1955) nomi bilan bog’liq. 
    13.Gormonlar: Gormonlar xususiyati o’zidan uncha katta bo’lmagan peptid molekulalari 
    va oqsil molekulalarini nomoyon qiladi. Gormonlar molekulasi tuzilishi va hajmiga (kattaligiga) 
    bog’liq holda uch guruhga bo’linadi 
    14.Glikozidàzàlàr. Glikozidàzàlàr -glikozid bog’làrini gidroliz qiluvchi fårmåntlàrdir. 


    Bulàr ko’p vàqtlàrdàn båri o’rgànilàdi và ishlàtilàdi. Bu guruhgà kràõmàlni gidroliz qiluvchi 
    àmilolitik fårmåntlàr, 
    β-àmilàzàlàr và glikoàmilàzàlàr kiràdi. Ko’p mikroorgànizmlàr α-àmilàzà 
    hosil qilàdi, 
    β-àmilàzà sintåzi esà kàm kuzàtilàdi. 
    15 Mikrokapsulalash - usuli birinchi bo’lib, 1964 yilda T.CHang tomonidan yaratilgan. Bu 
    usul - fermentni suvdagi eritmasini mikrokapsulalar ichiga joylashtirishdan iborat. Mayda 
    teshikli polimer plyonkalardan tashkil topgan kichik koptokchalar ichidagi fermentlarni 
    tashqariga chiqishi belgilab qo’yilgan. Kapsulalarni olish usuliga qarab, ularni o’lchami hal xil 
    bo’ladi (10 dan 100 mikrometrgacha). 
    16. Fårmånt fàolligini quyuqlàshrish jàràyonidà yo’qotilishi nàfàqàt uni olib borilish 
    råjimigà, bàlki uskunà yoki qurilmàning konstruksiyasigà hàm bog’liqdir. Kåyingi yillàrdà 
    vàkuum-bug’làntirgich uskunàlàri ànchà tàkomillàshtirilmoqdà. Ushbu uskunàlàr trubkà shàklidà 
    (gorizontàl, vårtikàl và qiya) bo’lib, jàràyonning o’tish muddàtini 10 màrotàbàgà yaqin 
    qisqàrtirdi và fårmåntning fàolligi yo’qolishini bir munchà kàmàytirdi. Bulàr jumlàsigà “Àl’fà-
    Làvàl’” (SHvåsiya), “Ådinstvo” (YUgoslàviya), “Lyuvà” (SHvåysàriya), “ÀRV” (Frànsiya) và 
    boshqà bir qànchà firmàlàr uskunàlàrini kiritish mumkin và ulàrning sàmàràdorligi 200 dàn 
    20000 l/s ni tàshkil qilàdi hàmdà fårmåntning fàolligi 10% àtrofidà yo’qotilàdi. 
    17 Aspergillus niger zamburug’larini suyuq oziqada o’stirish orqali lizin olish jarayoni 
    100m
    3
    hajmdagi fermentyorlarda amalga oshiriladi. Ekish materiali sifatida 10m
    3
    hajmdagi ekish 
    fermentyorlarida olingan o’suvchan miseliylar qo’llaniladi.
    18. Hozirgi vaqtda biosensorlardan gazlar va engil uchuvchan mahsulotlarni aniqlashda 
    foydalanishni sanoat miqyosida ishlatish usullari amaliyotga tadbiq etildi. Biosensorlarni asosiy 
    biotexnologik elementi sifatida ko’pincha turli xil fermentlardan foydalaniladi. Elektrokimyoviy, 
    kolorometrik va optik biosensorlar ishlab chiqarishda xususan: glyukozosidaza, laktooksidaza, 
    peroksidaza, uriaza, S sitoxrom fermentlari ishlatilmoqda.
    19.Bozorda (sabzavot va mevalar tarkibidagi nitrat, nitrit va xilma xil yadoximikatlarni 
    aniqlash uchun) biosensorlarga talab kundan kunga uzluksiz ortib bormoqda, bunga quyidagi 
    ko’rsatkichlar guvohlik beradi: 1986 yilning o’zidagina AqSH da biosensorlar ishlab chiqarish 
    umumiy miqdori 14,4 mln. dollarni tashkil etgan bo’lsa, 1991 yilga kelib esa 365 mln. dollarni 
    tashkil etganligi qayd etilgan 
    20. Sirka kislota CH

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish