• Vitaminlar; 9 O’simliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqarish
  • 3. Biotexnologiya faning rivojlanish istiqbollari va muammolari
  • Oziq-ovqat va chorvachilik uchun oqsil moddalari




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob
    29, Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 5, Topshiriq. Cisco Packet Tracer dasturi yordamida ta L2 kommutato-fayllar.org, Kurs ishi mavzu “ot so‘z turkumini o‘rganish jarayonida o‘quvch-fayllar.org, Feruza Abdullayeva, 4-kurslar Amaliyot Suloymonov Jalil, 10 SINF Delphi da grafika bilan ishlash
    Oziq-ovqat va chorvachilik uchun oqsil moddalari
    9
     
    Aminokislotalar; 
    9
     
    Organik kislotalar (limon kislotasi va uni urnini bosadiganlar); 
    9
     
    Antibiotiklar (birinchi navbatda 4 - 5 avlodga mansub antibiotiklar); 
    9
     
    Vitaminlar; 
    9
     
    O’simliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqarish
    Afsuski, yuqoridagilar hozirgacha mamlakatimizga tashqaridan, valyutaga keltiriladi. 
    Olimlarimizni, qolaversa bugungi kunda ta’lim olayotgan talabalarni oldilariga qo’yiladigan 
    ko’p sonli masalalarni eng dolzarblari yuqoridagilardan iborat. 


    3. Biotexnologiya faning rivojlanish istiqbollari va muammolari 
     
    Mikrob biotexnologiyasining rivojlanish tarixi ko’p ma’noda XX- asrning ikkinchi yarmi 
    bilan bog’liq. O’tgan asrning 40- yillarida mikroorganizmlardan penisillin olish 
    texnologiyasining yaratilishi bu fan rivojiga ijobiy burulish yasadi. Penisillin ishlab 
    chiqarilishining yo’lga qo’yilishi va muvaffaqiyat bilan ishlatilishida keyingi avlod 
    antibiotiklarini qidirib topish, ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish va qo’llash
    usullari ustida ishlarni tashkilqilish zarurligini oldindan belgilab qo’ydi. Bugungi kunda yuzdan 
    ortiqroq antibiotiklar ishlab-chiqarish texnologiyalari hayotga tadbiq qilingan. 
    Antibiotiklar ishlab-chiqarish bilan bir qatorda aminokislotalar, fermentlar, garmonlar va 
    boshqa fiziologik faol birikmalar tayyorlash texnologiyailari ham yaratila boshlandi. Bugungi 
    kunda medisina va qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan aminokislotalar (ayniqsa organizmda 
    sintez bo’lmaydigan aminokislotalar), fermentlar va boshqa fiziologik faol moddalar ishlab 
    chiqarish texnologiyalari yo’lga qo’yilgan. 
    Oxirgi 20-30 yilda, ayniqsa mikrob oqsilini olish texnologiyasi rivojlanib ketdi. qishloq 
    xo’jaligi uchun o’ta zarur bo’lgan bu maxsulotni ishlab chiqarish bilan bir qatorda undan unumli 
    va oqilona foydalanish yo’llari amalga oshirilmoqda. Oqsil ishlab chiqarishda har xil 
    chiqindilaridan (zardob, go’sht qoldiqlari) va parafindan foydalanish mumkinligi tasdiqlangan. 
    Hozirgi paytda buning uchun metan va metanoldan foydalanish mumkinligi ham ko’rsatib 
    o’tilgan. 
    Keyingi vaqtda mikrob biotexnologiyasining rivojlanishi immobillashgan (maxsus 
    sorbentlarga bog’langan) fermentlar va mikroorganizmlar tayyorlash texnologiyalarini 
    yaratilishi bilan uzviy bog’liq bo’ldi. Immmobilizasiya qilingan fermentlarni har xil 
    jarayonlarda ishlatilishi (fermentlar muxandisligi) bu biokatalizatorlardan foydalanishni yanada 
    faollashtirib yubordi. Endilikda fermentlar bir marotaba emas, bir necha marotaba (hatto bir 
    necha oylab) ishlatiladigan bo’lib qoldi.
    Mikroorganizmlar faoliyati va imkoniyatidan foydalanish, ularni hosildor turlarini 
    (shtammalarini) yaratish bilan bog’liq. Bunday vazifani mikrobiologlar bilan uzviy 
    hamkorlikda genetiklar va gen muxandisligi usullaridan xabardor bo’lgan boshqa 
    mutaxassislar amalga oshiradilar. Mikrob preparatlarini ishlab chiqarishni faollashtirishning 
    yana bir yo’li ikki yoki undan ortiq bo’lgan, biri-ikkinchisini faolligini oshirib beraoladigan 
    (simbiozda ishlaydigan) mikroorganizmlar assosiasiyasidan foydalanishdir. Bu yo’l hozirgi 
    vaqtda fermentlar, antibiotiklar, vitaminlar va metan gazi olishda hamda oqova suvlarni tozalash 
    jarayonlarida keng qo’llanilib kelinmoqda.
    Mikrob biotexnologiyasining asosini mikrob faoliyati tashkil qilar ekan, faol 
    mikroorganizmlarni saqlash, (eng avvolo faglardan va tashqi muhit ta’siridan) sharoitlarini 
    aniqlash eng muhim vazifalardan biridir.
    YUqorida aytib o’tilganlar, mikrob biotexnologiyasining rivojlanishi bir qator o’ta muhim 
    muommolarini echish bilan bog’liq bo’ladi va bu muommolarni echishda na faqat 
    mikrobiologlar, biokimyogarlar, biotexnologlar, balki muxandislar va texnologlar ishtirok 
    etishlari zarur bo’ladi.
    Bu esa, mikrob biotexnologiyasi fanini yaxshi o’zlashtirib olish uchun yuqorida eslab 
    o’tilgan fanlardan xabardor bo’lmoqlikni taqazo etadi. 

    Download 2,11 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oziq-ovqat va chorvachilik uchun oqsil moddalari

    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish