• Mikroorganizm – produsentlarni gen muxandisligi usullari yordamida yaratish
  • 3-chizma. Protoplastlarning qo’shilishi orqali maxsuldor mutant shtammlar olish mexanizmi
  • -chizma. Genlarni klonlash strategiyasi




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob
    29, Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 5, Topshiriq. Cisco Packet Tracer dasturi yordamida ta L2 kommutato-fayllar.org, Kurs ishi mavzu “ot so‘z turkumini o‘rganish jarayonida o‘quvch-fayllar.org, Feruza Abdullayeva, 4-kurslar Amaliyot Suloymonov Jalil, 10 SINF Delphi da grafika bilan ishlash
     
    2-chizma. Genlarni klonlash strategiyasi 
    Masalan: Streptomyces reptomyces bakteriyasining ikki xil shtammlaridan olingan 
    protoplastlarni bir-birlariga birlashtirish oqibatida S-rifamisin sintez qiluvchi hosildor shtamm 
    yaratilgan. Rifampisin sintez qilmaydigan Nocardia mediterranei shtammlari protoplastlarini bir-
    birlariga qo’shish oqibatida rifampisinni 3 yangi hosilasini sintez qiluvchi shtamm yaratilgan. 
    Protoplastlarni qo’shilishi orqali tabiiy sharoitda bir-birlari bilan qo’shilmaydigan 
    mikroorganizmlarni genetik materiallarini birlashtirish ham mumkin.
    Mikroorganizm – produsentlarni gen muxandisligi usullari yordamida yaratish
    O’tgan asrning 70 – yillarida biotexnologiyada yangi tajriba texnologiyasi – genetik (gen) 
    muxandislik yaratildi. Bu usulning asosida hujayradan tashqarida rekombinant DNK yaratish
    yotadi. Bu texnologiyadan foydalanish oqibatida genlarni sof holda ajratish, ularni modifikasiya 
    qilish, birini ikkinchisiga ulash, “genlar majmuasi” yaratish, oqibatida butunlay yangi xususiyatiga 
    ega bo’lgan oqsil sintez qilish imkoniyati yaratildi va uni oqsillar muhandisligi deb ataladi (4–
    chizma). 


    3-chizma. Protoplastlarning qo’shilishi orqali maxsuldor mutant shtammlar olish 
    mexanizmi 
     
     
     
    4-chizma. Plazmida DNK si va bakteriya hujayrasidan foydalanib, genni klonlash 
    chizmasi 


    Vektor gen bilan ligaza fermenti yordamida birikkandan keyin rekombinant DNK hosil 
    bo’ladi. Keyin, bu birikma (vektor gen) mikroorganizm hujayrasiga yuboriladi (transformasiya) va 
    u erda amplifikasiya (ko’payish) amalga oshadi. 
    Natijada bir genning bir necha nusxasi – klon paydo bo’ladi. SHuning uchun ham bu yo’lni 
    klonlash deb ataladi. 
    Agar klonlash maqsadida hamma genlar saqlovchi odam DNK si ishlatilsa, odamning gen 
    kutubxonasi (klonoteka) hosil bo’ladi. 
    Bu usulda bakteriyalarga klonlashtirilgan inson, hayvon yoki o’simliklar genlari to’g’ridan-
    to’g’ri bakteriyada faoliyat ko’rsata olmaydi. 
    Ishlash uchun esa, ularni bakteriyadan ajratish, bakteriya genini boshqaruvchisi (regulyatori) 
    bilan jihozlash va qaytadan bakteriyaga kiritish zarur. 
    Bugungi kunda har xil genlar saqlovchi va kerakli maxsulot sintez qiluvchi bir qator transgen 
    bakteriyalar yaratilgan va muvaffaqiyat bilan ishlatilib kelinmoqda.
    SHu sababli ham tabiiy shtammlar yordamida olinadigan maxsulotlar (birinchi avlod 
    maxsulotlari) bilan bir qatorda transgen shtammlar yordamida rekombinant oqsillar (ikkinchi avlod 
    maxsulotlari)ni sanoat miqyosida ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Biologik maxsulotlarni 
    uchunchi avlodi – tabiiy oqsillarning vazifalarini to’liq bajara oladigan, ammo tabiiy bo’lmagan 
    maxsulotlarni sintez qilish natijasida paydo bo’ladi. 
    Gen–muxandisligi usullari (rekombinant DNK texnologiyasi) tibbiyot uchun zarur bo’lgan, 
    qimmatbaho oqsil moddalari ishlab chiqarish yoki ko’p tonnalik oqsil moddalari ishlab chiqarish 
    jarayonlarida keng qo’llanib kelinmoqda. Eng avvalo inson organizmida sintez bo’ladigan va 
    dorivor modda sifatida ishlatiladigan oqsil va peptidlarni sintez qilishni yo’lga qo’yish katta 
    ahamiyat kasb etadi. 
    Gen muxandisligi muammolari bilan shug’ilanadigan omillarni asosiy vazifalaridan biri ham 
    shunday birikmalarni etarlicha sintez qila oladigan bakteriyalar shtammlarini yaratishga 
    bag’ishlangan. Bu jarayonni asosiy qiyinchiliklari, shtamm yaratish bilan bog’liq emas, balki, 
    yaratilgan shtammda sintez qilingan oqsil moddalarini kerakli me’yorda ushlab turish, ularni 
    modifikasiyaga uchrab, mikroorganizm hujayrasida parchalanib ketmasligi uchun sharoit yaratish 
    bilan ham uzviy bog’liqdir. 

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish