• Gel ichiga kiritish yo’li bilan immobilizasiya qilish
  • Adsorbsiya yo’li bilan immobilizasiya qilishning afzalligi va kamchiliklari




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/131
    Sana13.02.2024
    Hajmi2,11 Mb.
    #155833
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   131
    Bog'liq
    BIOTEXNOLOGIYA ASOSLARI kitob

    Adsorbsiya yo’li bilan immobilizasiya qilishning afzalligi va kamchiliklari 
    Afzalligi Kamchiligi 
    Sorbentning arzonligi 
    Ferment va tashuvchi orasidagi bog’ni 
    mustaxkam emasligi 
    Eksperimentlarni osonligi 
    Umumiy yagona yo’riqnomani yo’qligi 
    Bir vaqtni o’zida fermentni tozalash 
    mumkinligi 
    Gel ichiga kiritish yo’li bilan immobilizasiya qilish 
     
    Bu usulni mohiyati shundan iboratki, ferment molekulasi, qattiq to’qilgan polimer 
    zanjirlaridan iborat bo’lgan gel hosil qiluvchi uchlamchi elaklarga o’rnatiladi. Zanjir bog’lari 
    orasidagi masofa ferment molekulasidan kichik bo’lgani uchun, u maxkam siqilib turadi va 
    polimerdan chiqib keta olmaydi. Ferment bilan tashuvchi orasidagi bog’ni mustaxkamligini 
    oshiruvchi omil rolini ferment va tashuvchi gel orasida paydo bo’lgan vodorod bog’lari ham 
    o’ynashi mumkin.


    Polimer zanjirlari orasidagi bo’shliq suv bilan to’ldirilgan bo’ladi. Masalan, akril kislotasi 
    hosilalari asosida paydo bo’lgan gelda, uning miqdoriga qarab, 50 dan 90% gacha suv bo’lishi 
    mumkin. 
    Fermentlarni gelda immobilizasiya qilishning ikki usuli bor. Birinchisi, ferment monomer 
    eritmasida eritiladi so’ngra polimerizasiya qilinadi. Bunday eritmaga ko’pchilik hollarda 
    bifunksional agentlar ham qo’shiladi.
    Ikkinchisi, P.Bertfeld va Dj.Uenlar ishlatgan N-N' metilen-bisakrilamidni polimerizasiya 
    qilish asosida olinadigan immobilizasiyalangan fermentlar.
    Gelga kiritish yo’li bilan immobilizasiya qilish usuli o’zining soddaligi bilan ajralib turadi. Bu 
    usul bilan fermentni xoxlagan geometrik konformasiyada (sferik zarrachalar va x.k.) olish va 
    fermentni tashuvchi ichida bir tekis tarqalishiga erishish mumkin. 
    Ko’pchilik polimer gellar o’zlarining mexanik va kimyoviy issiqqa chidamliligi bilan ajralib 
    turadi. Bu xususiyatlar esa fermentlarni bir necha marotabalab ishlatish imkonini beradi. Bu usul 
    universal usul bo’lib nafaqat barcha xildagi fermentlar, balki poliferment tizimlar, hujayra va
    hujayra fragmentlarini immobilizasiya qilish uchun ham to’g’ri keladi. Bu usulni ijobiy 
    tomonlaridan yana biri - uni fermentga mo’tadillik berish imkoniyatidir. Va nihoyat bu usulda 
    immobilizasiya qilingan ferment, bakteriologik zararlanishdan qo’rqmaydi chunki, ferment 
    molekulasidan katta bo’lgan bakteriyalar gelni ichiga kira olmaydilar. 
    Usulning eng katta kamchiligi ba’zi bir holatda polimer matrikslari substratni diffuziyasigi 
    xalaqit beradi va shu tufayli fermentni faolligi past bo’lishi mumkin. SHunday ekan, substrat 
    sifatida yuqori molekulali moddalar ishlatilganda bu usuldan butunlay foydalanish mumkin emas. 

    Download 2,11 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   131




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adsorbsiya yo’li bilan immobilizasiya qilishning afzalligi va kamchiliklari

    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish