• Biotexnologiya faning rivojlanish istiqbollari va muammolari
  • Nazorat savollari
  • 2-mavzu. BIOTÅÕNOLOGIYADA GÅN MUÕANDISLIGI (2 soat).
  • Mikroorganizmlar asosida biotexnologik jarayonlar yaratish usullari
  • Biotexnologiya asoslari




    Download 1.13 Mb.
    bet3/66
    Sana19.02.2023
    Hajmi1.13 Mb.
    #42779
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
    Bog'liq
    Biotexnologiya asoslari kitobcha
    8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), 6-amaliyot, Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy
    Oziq-ovqat va chorvachilik uchun oqsil moddalari;

  • Aminokislotalar;

  • Organik kislotalar (limon kislotasi va uni urnini bosadiganlar);

  • Antibiotiklar (birinchi navbatda 4 - 5 avlodga mansub antibiotiklar);

  • Vitaminlar;

  • O’simliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqarish.

    Afsuski, yuqoridagilar hozirgacha mamlakatimizga tashqaridan, valyutaga keltiriladi. Olimlarimizni, qolaversa bugungi kunda ta’lim olayotgan talabalarni oldilariga qo’yiladigan ko’p sonli masalalarni eng dolzarblari yuqoridagilardan iborat.
    1. Biotexnologiya faning rivojlanish istiqbollari va muammolari

    Mikrob biotexnologiyasining rivojlanish tarixi ko’p ma’noda XX- asrning ikkinchi yarmi bilan bog’liq. O’tgan asrning 40- yillarida mikroorganizmlardan penisillin olish texnologiyasining yaratilishi bu fan rivojiga ijobiy burulish yasadi. Penisillin ishlab chiqarilishining yo’lga qo’yilishi va muvaffaqiyat bilan ishlatilishida keyingi avlod antibiotiklarini qidirib topish, ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish va qo’llash usullari ustida ishlarni tashkilqilish zarurligini oldindan belgilab qo’ydi. Bugungi kunda yuzdan ortiqroq antibiotiklar ishlab-chiqarish texnologiyalari hayotga tadbiq qilingan.


    Antibiotiklar ishlab-chiqarish bilan bir qatorda aminokislotalar, fermentlar, garmonlar va boshqa fiziologik faol birikmalar tayyorlash texnologiyailari ham yaratila boshlandi. Bugungi kunda medisina va qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan aminokislotalar (ayniqsa organizmda sintez bo’lmaydigan aminokislotalar), fermentlar va boshqa fiziologik faol moddalar ishlab chiqarish texnologiyalari yo’lga qo’yilgan.
    Oxirgi 20-30 yilda, ayniqsa mikrob oqsilini olish texnologiyasi rivojlanib ketdi. qishloq xo’jaligi uchun o’ta zarur bo’lgan bu maxsulotni ishlab chiqarish bilan bir qatorda undan unumli va oqilona foydalanish yo’llari amalga oshirilmoqda. Oqsil ishlab chiqarishda har xil chiqindilaridan (zardob, go’sht qoldiqlari) va parafindan foydalanish mumkinligi tasdiqlangan. Hozirgi paytda buning uchun metan va metanoldan foydalanish mumkinligi ham ko’rsatib o’tilgan.
    Keyingi vaqtda mikrob biotexnologiyasining rivojlanishi immobillashgan (maxsus sorbentlarga bog’langan) fermentlar va mikroorganizmlar tayyorlash texnologiyalarini yaratilishi bilan uzviy bog’liq bo’ldi. Immmobilizasiya qilingan fermentlarni har xil jarayonlarda ishlatilishi (fermentlar muxandisligi) bu biokatalizatorlardan foydalanishni yanada faollashtirib yubordi. Endilikda fermentlar bir marotaba emas, bir necha marotaba (hatto bir necha oylab) ishlatiladigan bo’lib qoldi.
    Mikroorganizmlar faoliyati va imkoniyatidan foydalanish, ularni hosildor turlarini (shtammalarini) yaratish bilan bog’liq. Bunday vazifani mikrobiologlar bilan uzviy hamkorlikda genetiklar va gen muxandisligi usullaridan xabardor bo’lgan boshqa mutaxassislar amalga oshiradilar. Mikrob preparatlarini ishlab chiqarishni faollashtirishning yana bir yo’li ikki yoki undan ortiq bo’lgan, biri-ikkinchisini faolligini oshirib beraoladigan (simbiozda ishlaydigan) mikroorganizmlar assosiasiyasidan foydalanishdir. Bu yo’l hozirgi vaqtda fermentlar, antibiotiklar, vitaminlar va metan gazi olishda hamda oqova suvlarni tozalash jarayonlarida keng qo’llanilib kelinmoqda.
    Mikrob biotexnologiyasining asosini mikrob faoliyati tashkil qilar ekan, faol mikroorganizmlarni saqlash, (eng avvolo faglardan va tashqi muhit ta’siridan) sharoitlarini aniqlash eng muhim vazifalardan biridir.
    YUqorida aytib o’tilganlar, mikrob biotexnologiyasining rivojlanishi bir qator o’ta muhim muommolarini echish bilan bog’liq bo’ladi va bu muommolarni echishda na faqat mikrobiologlar, biokimyogarlar, biotexnologlar, balki muxandislar va texnologlar ishtirok etishlari zarur bo’ladi.
    Bu esa, mikrob biotexnologiyasi fanini yaxshi o’zlashtirib olish uchun yuqorida eslab o’tilgan fanlardan xabardor bo’lmoqlikni taqazo etadi.


    Nazorat savollari:

    1. Mikroorganizmlar biotexnologiyasi asoslari haqida ma’lumot bering?

    2. Biotexnologiyaning maqsad va vazifalari haqida ma’lumot bering?

    3. Mikroorganizmlar biotexnologiyasida gen muxandisligi asoslarining imkoniyatlari?

    4. Mikroorganizmlar seleksiyasi va hujayralar protoplastlari qo’shilishi imkoniyatlari va ularni mukammallashtirish yo’llari haqida ma’lumot bering?

    5. Biotexnologiyaning rivojlanish istiqbollari va muammolari haqida ma’lumot bering?
    2-mavzu. BIOTÅÕNOLOGIYADA GÅN MUÕANDISLIGI (2 soat).

    Reja:

    1. Mikroorganizmlar asosida biotexnologik jarayonlar yaratish usullari.

    2. Gen muxandisligining moddiy asoslari. Nuklein kislotalar. Transpozonlar. Genom. Transkripsiya. Transduksiya.

    3. Plazmidalar.

    4. Bakteriofaglar. Genni ajratish usullari. Genni ko’chirib o’tkazish usullari.



    Mikroorganizmlar asosida biotexnologik jarayonlar yaratish usullari

    Biotexnologiya sanoatida produsent sifatida prokariotlar – (bir hujayrali, yadrosi mukammal bo’lmagan organizmlar) – bakteriyalar, aktinomisetlar, rikketsiylar va tuban eukariotlar (bir va ko’p hujayrali, yadrosi mukammal, xromosomalari maxsus lipoproteid tabiatli membranalar bilan o’ralgan) – achitqi va miselial zamburug’lar, eng sodda jonivorlar va suv o’tlari hamda ularni har xil usullar (seleksiya, mutagenez, hujayra va gen muxandisligi) orqali olingan mutantlaridan foydalaniladi.


    Bugungi kunda biotexnologik jarayonlarda tabiatda tarqalgan 100 mingdan ortiq turkumga mansub bo’lgan mikroorganizmlardan faqatgina bir necha yuztasi ishlatiladi xolos.
    Mikrobiologiya sanoatida ishlatish uchun tavsiya etiladigan produsentlarga katta talablar qo’yadi, ularning umumiylari quyidagilardan iborat:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




    Download 1.13 Mb.