Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati ?




Download 42,01 Kb.
bet9/9
Sana14.05.2024
Hajmi42,01 Kb.
#233419
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati

metanogenez deb atalib, anaerob arxebakteriyalar (metanogenlar) tomonidan amalga oshiriladi. Hosil bо‘ladigan gazdagi metanning solishtirma miqdori 70-80% ni tashkil etadi, undagi karbonat angidrid esa 20-30% ga teng. Gazlarning aralashmasi, 1% atrofida N2S (oltingugurt kislotasi) va juda kam miqdorda ammiak ham saqlaydi. Metanogenezning suvda erimaydigan qismi, kо‘plab bakteriyalar assotsiatsiyasi hosil qilgan biomassadir. Biomassa organik azotga boy bо‘lganligi uchun ham yuqori sifatli о‘g‘it sifatida ishlatiladi.
Metanli bijg‘ish boshqa bijg‘ish turlariga nisbatan keng tarqalgan tabiiy jarayondir. Bunga sabab jarayonni aerob sharoitda ham о‘tishidir.
Bu quyidagicha о‘tadi: kо‘pgina organik birikmalarni yuzalarida yupqa qobiq hosil bо‘ladi, ichida esa metanli bijg‘ish jarayoni uchun zarur bо‘lgan anaerob sharoit tashkil bо‘ladi. Bunday substratlarga barcha xildagi о‘simlik materiallari, jumladan qarigan va chiriyotgan kо‘p yillik va bir yillik о‘simliklar, hayvon biomassalari ham kiradi.
Metanli bijg‘ish uchun istiqbolli mahsulotlarga ayniqsa, qishloq xо‘jalik chiqindilari, xususan, о‘simlik, mikrobiologiya sanoati chiqindilari, suv о‘tlarining biomassalari va oziq-ovqat hamda yengil sanoat chiqindilari kiradi. Mana shulardan kelib chiqqan holda metanogenezning ahamiyati nafaqat noan’anaviy energiya ishlab chiqarishni, balki sanitariya-ekologiya muammolarini hal qilish bilan ham bog‘liqdir. Ammo, metanli bijg‘ish jarayonini foydasi shular bilan chegaralanmaydi.
Bijg‘igan biomassa (metan saqlamagan) yuqori sifatli bioо‘g‘it ham bо‘lib xizmat qiladi. Masalan, gо‘ngni aerob sharoitda parchalanganda uning tarkibidagi 50% azot yо‘qoladi (issiqlik chiqishi bilan birga), ammo о‘sha gо‘ngni metanogenez orqali parchalanganda (anaerob shaoritda) uning tarkibidagi barcha azot biomassada tо‘planib, о‘simlik uchun yengil singdiriladigan holatga о‘tadi. Bundan tashqari anaerob sharoitda yig‘ilgan biomassa tuproqning unumdorligini tiklovchi gumus moddasiga ham boydir. Metanogenez mahsulotlaridan kompleks foydalanish nafaqat samarali, balki yuqori rentabelli hisoblanadi.
Organik moddalarni anaerob sharoitda о‘zgartirilganda ularni sterilizatsiyasi va bijg‘iydigan massani detoksikatsiyasi amalga oshadi, patogen mikroblar, gelmentlarni tuxumlari yо‘qoladi, toksik xususiyatga ega bо‘lgan moddalar metanogenez metabolitlariga aylanadi.


  1. Biogaz ishlab chiqarish texnologiyasini tushuntiring

1960 – yillardan boshlab, organik birikmalardan anaerob sharotida mikroorganizmlar yordamida biogaz ishlab chiqarishga alohida e’tibor berilib kelinmoqda.
Biomassa achiganda undan chiqadigan biogazni kompressorlar yordamida gaz golderrga haydaladi. Biogaz seolit filtridan alohida yoki navbat bilan о‘tib serovodorod, azot va boshqa gazlardan tozalanadi. Qurilmada tozalangan va tozalanmagan gazlarni tahlil qilish uchun namunalar olish joyi mavjud. Bundan tashqari, yoz paytlarida achitish kamerasidagi suvni quyosh isitkichlari isitilib, kerakli harorat ta’minlanadi. Markaziy Osiyo sharoitida bir yilda 8 oy quyoshli kunlar bо‘lib turishi va ushbu arzon quyosh energiyasini qо‘llash natijasida olinadigan biogazning tannarxi boshqa mintaqalarda olingan biogazlarga nisbatan ancha arzonga tushadi. Qish paytlarida esa, kerakli harorat elektr isitkichlari yoki gaz yondirgichi yordamida ta’minlanadi. Ishlov berilgan biomassa yer tubida joylashtirilgan maxsus idishga tо‘kiladi. Achitish kamerasidan ajralib chiqadigan biogazni issikxona (teplitsa) qozoniga yuborish mumkin va u yerda ekologik toza qishloq xо‘jalik mahsulotlari yetishtirish mumkin. Biogaz olish uchun quyosh energiyasidan foydalanish xarajatlarni 30-70% ga kamaytiradi.
Qurilmaning ishlash prinsipi quyidagilardan iborat: toza gо‘ng yoki parranda chiqindilarini achitish kamerasiga yuklab, 1:4 nisbatida suv qо‘shiladi (80% namlik), kamera zich yopiladi, kerakli 50-55°S harorat qizitkichlar yordamida ta’minlanadi. Biomassa tez-tez aralashtirilib turiladi, harorat, bosim va muhit kislotaliligi (RN) nazorat qilib turiladi. Biomassadan biogaz olish uchun ushbu texnologik jarayon 10-12 sutka davom etadi. Olingan gazning tarkibida serovodorod bо‘lganligi uchun u nihoyatda hidli bо‘ladi. Tozalangan (filtrlangan) gaz esa hidsiz bо‘ladi. Tozalangan gazda metanning miqdori 82% gacha bо‘lishi mumkin. RN qiymati esa 7,0-7,8 atrofida bо‘ladi. Chiqindilarni dastlabki achitishda SO2 ning miqdori 36% ni tashkil etadi, keyinchalik u kamayib, metan miqdori oshadi. Ajralib chiqish davriga qarab azotning miqdori 16% gacha yetadi.

Download 42,01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 42,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati ?

Download 42,01 Kb.