• Adsorbsion immobilizatsiya qilish uchun «tashuvchi»lar.
  • Organik polimerli tashuvchilar

    Download 42,01 Kb.
    bet4/9
    Sana14.05.2024
    Hajmi42,01 Kb.
    #233419
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati

    Organik polimerli tashuvchilar. Bunday polimerlarni ikki sinfga bo‘lish mumkin: tabiiy polimerlar va sun'iy polimerlar. Uz navbatida tabiiy polimerlarni ham biokimyoviy xossalariga qarab guruhlarga bo‘lish mumkin; polisaxaridlar; oqsil lipid tabiatli tashuvchilar. Sun'iy, ya'ni sintez yo‘li bilan olingan polimerlar ham guruhlarga bo‘linadi, masalan, makromolekulalarni asosiy zanjirni kimyoviy tuzilishiga qarab, polimetilenlik, poliamidlik, poliefirlik tashuvchilar va k.
    Immobilizatsiya qilish usuli fermentning xususiyatini va ishlatilishiga qarab, «tashuvchi»larga bir qator qo‘shimcha talablar qo‘yiladi: kovalent immobilizatsiya qilinganida «tashuvchi» fermentni faolligini belgilovchi qismi bilan bog‘lanmasligi lozim; (fermenti faollik markazi o‘z holida bo‘lishi shart), ferment faolliginipasaytirish xususiyatlari bo‘lmasligi shart.
    Immobilizatsiya qilish jarayonida quyidagilarni bilish lozim. «tashuvchi» va ferment har xil zaryadlarga ega bo‘lsalar immobilizatsiya jarayoni tez va mustahkam kechadi, aksincha bir xil zaryadga ega bo‘lsalar jarayon qiyin kechadi: «tashuvchi»ni zarrachalari qancha kichik bo‘lsa, sorbsiya qilish xususiyati shuncha baland bo‘ladi. Immobilizatsiya jarayonida ko‘proq polimetilen tipidagi «tashuvchi»lar boshqalarga nisbatan kengroq ishlatiladi.

    1. Anogranik moddalar asosida olingan tashuvchilar.

    Adsorbsion immobilizatsiya qilish uchun «tashuvchi»lar. Adsorbsion immobilizatsiya uchun ishlatiladigan «tashuvchi»larni ikki sinfga-organik va noorganik tashuvchilarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Noorganik tashuvchilar sifatida kremnezem, alyumin, titan va boshqa elementlar oksidlari, alyumoselikatlar (loylar) shisha, sopol, faollashtirilgan ko‘mir va boshqalar keng ishlatiladi. Organik tashuvchilar orasida keng tarqalganlari har xil polisaxaridlar polimerli ion almashuv smolalari, kollagen, tovuq suyaklari va boshqalardir. Tashuvchilar kukun, kichik sharchalar, garanulalar sifatida ishlatiladi. Ba'zi bir holatlarda gidrodinamik qarshilikni pasaytirish maqsadida tor parallel kanallar saqlovchi monolitlar sifatida ham chiqariladi. Tashuvchilarni eng asosiy xususiyati sorbsiya qilish qobiliyati, teshikchalarining razmeri, mexanik va kimyoviy barqarorligidir.

    1. Sintetik usulda olingan polimerlarni tashuvchilar sifatida ishlatish.

    Granulalangan sellyulozani har xil ion almashinuvi hosilalarga o‘tkazish mumkin.
    Tashuvchi sifatida sellyulozaning kamchiligiga uni har xil kislota, ishqor va oksidlovchilar ta’siriga chidamsizligini kiritish mumkin.
    Xitin-tabiiy aminopolisaxarid. Uni SN2ON gruppasi atsetamid qoldig`i bilan almashtirilgan sellyuloza deb qarash mumkin. Bu birikma dengiz qisqichbaqalarni bo‘lmish krab va krevetkalarni sanoatda ishlashdan hosil qilinadi. Shuning uchun uning topilishi oson va o‘zi nisbatan arzon hisoblanadi.
    Xitin g`ovak tuzilishga ega: suvda, kuchsiz kislota va ishqorlarda va organik erituvchilarda erimaydi. Xitinni ishqorning konsentrlangan eritmalari ishtirokida diatsillash bilan xitozan olinadi. U esa erkin aminogruppalarga ega bo‘lib, bifunksional reagentlar (dialdegid, diizotsianat) yordamida fermentlarni kovalent immobilizatsiya qilish uchun ishlatiladi. Xitozanni tashuvchi sifatida qo‘llanilsa, yaxshi natijalarga erishish mumkin, chunki unga immobilizatsiyalangan ferment preparatlari yuqori katalitik aktivlikka va mikroblar ta’siriga chidamlilikka ega, hamda xitozanda immobilizatsiyalangan oqsillarning termostabilligini oshishi ham kuzatiladi.
    Dekstran – poli – I, 6-D- glyukopiranozil – D- glyukopiranoza – bakterial manbalardan olingan glyukoza qoldiqlari tutgan va tarmoqlangan polisaxarid, asosan, I, 6 – glyukozid bog`lar ( hamda 1,2-, I.3-, va I,4 – bog`lar) bilan bog`langan.

    1. Ularga funksional faol guruhlar kiritish usullari.

    1. Immobillash jarayoniga ta’sir etadigan usullarni ferment barqarorligiga ta’sir

    etishi va fermentlar barqarorligini oshirish.

    Download 42,01 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9

    Download 42,01 Kb.