Immobilizatsiya qilingan fermentlarni sanoat miqiyosida olish




Download 42,01 Kb.
bet2/9
Sana14.05.2024
Hajmi42,01 Kb.
#233419
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati

1.Immobilizatsiya qilingan fermentlarni sanoat miqiyosida olish. Immobilizatsiya qilingan fermentlarni sanoat miqiyosida olish va ularni ishlatish muammosi juda katta guruh mutaxassislarini hamkorlikda ishlashlarini taqozo etadi. Bu muammoni hal qilishni dolzarbligi esa, oliy ta'lim oldida bunday mutaxassislarni tayyorlashdek o‘ta muhim muammoni qo‘yadi.

  • Bugungi kunga kelib bu muammoga bag‘ishlangan yuzlab monografiyalar, ilmiy maqolalar to‘planmalari hamda minglab ilmiy eksperimental maqolalar chop etilgan. Xo‘sh, shunday ekan immobilizatsiya qilish nima? Immobilizatsiya qilingan fermentlarni sof fermentlardan farqi nimada? Uni ijobiy va salbiy tomonlari nimadan iborat?

  • Avvalgi ma'ruzalardan ma'lum bo‘lishicha fermentlar tizimi xalq xo‘jaligini har xil tarmoqlarida: oziq-ovqat, farmatsevtika, to‘qimachilik, chorvachilik va boshqa bir qator sohalarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Shunday bo‘lishiga qaramasdan fermentlarni qo‘llash masalalasi uzoq vaqtlardan beri rivoj topmasdan kelgan. Bunga asosiy sabab fermentlar va fermentlar tizimining moliyaviy qimmatligi bo‘lgan. Ishlatilgan fermentlar tashlab yuborilavergan, buning ustiga ularning ishlab chiqarishning o‘zi ham juda qimmat bo‘lgan. Albatta, mikrobiologiya sanoatini rivojlantirish hisobidan kerakli fermentlarni, kerakli miqdorda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Ammo bu ham unchalik arzonga tushadigan mahsulot emas. Fermentlarni qayta ishlatish juda murakkab masala, chunki ularni reaksiya sharoitidan ajratish imkoniyati yo‘q. Mana sabablarga ko‘ra fermentlardan foydalanish o‘zi oqlamay qo‘ygan edi. Ammo, bugungi kunda bu muammo butulay hal qilingan. Immobilizatsiya qillingan fermentlarni olish texnologiyasini yaratilishi bu muammoga chek qo‘ydi.

  • 1916 yilda D. J. Nilson va ye. Grifin inertaza fermentini ko‘mir maydasiga adsorbsiya qilinganda (immobilizatsiya qilinganda), uning faolligi saqlanib qolganligini kuzatdilar. 20-30 yillarda oqsil va fermentlarni adsorbsiya qilish muammosi bo‘yicha qator maqolalar e'lon qilingan. Ammo bu maqolalarni mohiyati ilmiy muammolarga bag‘ishlangan bo‘lib, ishlab-chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan.

  • 1939 yilda D.J.Pfanmyuller va G. Shleyxlar proteolitik fermentlarni yog‘och opilkasiga adsorbsiya qilish bo‘yicha birinchi potentni olishga muvofiq bo‘ldilar va olingan fermentni teriga ishlov berishda ishlatish mumkinligini isbotlab berdilar. Fermentlar va sorbentlar orasida mustahkam konyugatlar (bog‘lar) hosil qilish mumkinligi birinchilardan bo‘lib 1953 yilda N. Grubxover va D. Shleyglar ko‘rsatib berdilar. Bu olimlar ferment bilan sorbentni kovalent bog‘lar bilan bog‘lash mumkinligini va bu holatda ferment faoliyatini saqlab qolajagini isbotlab berdilar. 50-60 yillarga kelib bu sohadagi ilmiy yo‘nalishlar ishlab chiqarishga uzviy bog‘lash asosida olib borildi. Bu sohani rivojlanishda G. Maneke va E. Kachalskiylarni xizmatlari beqiyosdir.




    1. Immobillashning fizik va kimyoviy usullari.



    Download 42,01 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 42,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Immobilizatsiya qilingan fermentlarni sanoat miqiyosida olish

    Download 42,01 Kb.