|
Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati ?
|
bet | 8/9 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 42,01 Kb. | | #233419 |
Bog'liq Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyatiImmobillangan fermentlar. Uzoq vaqt oziq-ovqat sanoatida suvda eriydigan erkin ferment preparatlari qo‘llanilib kelingan. Bu fermentlar faqat bir marotaba ishlatilar edi. Hozirgi vaqtga kelib fermentlarni immobillab qayta-qayta, bir necha marta ishlatish usullari yaratilgan. Immobillangan fermentlar deganda ularni inert qattiq moddalarga biriktirib muhitdagi erkin harakatini chekklab qo‘yish tushuniladi. Immobillashni fizikaviy va kimyoviy usullarni mavjud. Fizikaviy usulda ferment qattiq sirt yuzasiga, yoki polimer gel ichiga kovalent bog‘siz biriktirib qo‘yiladi. Misol qilib, metall oksidlari yuzasida fermentlarni adsorbsiyalashni keltirish mumkin. Yarim o‘tkazuvchi polimer ichiga kiritish, yarim o‘tkazuvchi polmer bilan ferment molekulasini ajratish va boshqa. Kimyoviy usulda ferment bilan qattiq faza orasida kovalent bog‘ hosil qilinadi. Masalan, poliamdga granulalariga fermentni glutar dialdegidi bilan kovalent bog‘ orqali immobillash mumkin.
Fermentlar muhandisligining asosiy vazifasini tushuntiring
Mikroorganizmlarni biotexnologiyadagi roli
Fermentlar olishda mikroorganizm produsentlarini ahamiyati
Fermentlarning sinflanishi
Chiqindisiz texnologiyalarni tushuntiring
2-3 mavzu: Chiqindisiz texnologiya yaratish.
Barcha turdagi bijg‘ish jarayonlari organik moddalarni har xil toksonomik guruhga mansub bо‘lgan mikroorganizmlar tomonidan о‘ziga xos bо‘lgan о‘zgarishlarga uchratish sifatida namoyon bо‘ladi. Yuqorida keltirib о‘tilganlardan tashqari, tabiatda о‘zining miqdori, doirasi, unda qatnashadigan mikroorganizmlarning xilma xilligi bilan boshqalardan tubdan farq qiladigan yana bir jarayon borki, u ham bо‘lsa metanli bijg‘ish jarayonidir.
Metanli bijg‘ish – har xil mikroblar tо‘plamini (assotsiatsiyasini) ta’siri natijasidir. Bu jarayonda organik material (lignin bundan mustasno) chuqur о‘zgarishga uchraydi va oqibatda metan, karbonat angidridi va boshqa mikrob mahsulotlari hosil bо‘ladi. Sharoitga qarab (termofil, mezofil, psixrofil) – bu juda uzoq davom etadigan jarayondir. Bunda tirik bо‘lmagan organik substansiyalar (о‘simlik va hayvon biomassalari) oddiy komponentlarga parchalanadilar.
Metan hosil qiluvchi arxebakteriyalar uchun bijg‘uvchi materiallar tayyorlash dastlabki mahsulotlarga yaxshilab ishlov berishni taqqazo qiladi. Aerob va anaerob mikrooorganizmlar ishtirokida kechadigan bu jarayon shunchalik murakkab, kо‘p bosqichli va kо‘p komponentlikki uni boshqarish mumkin emas. 1960 – yillardan boshlab, organik birikmalardan anaerob sharotida mikroorganizmlar yordamida biogaz ishlab chiqarishga alohida e’tibor berilib kelinmoqda.
Metanli bijg‘ish natijasida organik birikmalarning tarnsshaklsiyasi sodir bо‘lib, ulardan metan va karbonat angidrid gazi paydo bо‘ladi. Oqibatda, organik birikmalarning molekulalari kimyoviy bog‘larida yig‘ilgan energiya, metan molekulasining kimyoviy bog‘larida tо‘planadi. Bu jarayon
|
| |