• Bac.subtilis
  • Fermentlarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati




    Download 42,01 Kb.
    bet6/9
    Sana14.05.2024
    Hajmi42,01 Kb.
    #233419
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati

    Fermentlarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
    Mikroorganizmlar fermentlaridan xalq xo’jaligining turli xil sohalarida foydalanish juda ham istiqbollidir. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlardan olingan ferment preparatlari sanoatning ko’p sohalarida qishloq xo’jaligida va tibbiyotda qo’llanib kelinmoqda (1-jadval).
    Pivo va vino tayyorlashda solod o’rniga zamburug‘ning amilaza ferment preparatidan foydalaniladi. Bu ishlab chiqarishni arzonlashtiradi va qalla harajatini kamaytiradi. SHunga o’xshash amilaza eriydigan kraxmal, dekstrin olish uchun ham ishlatiladi. Amilaza fermenti bilan berilgan, sabzavot va mevalardan olingan mahsulotlar o’zining tarkibida ko’p miqdorda qand moddalari saqlaydi va yaxshi hazm bo’ladi, ayniqsa, bu bolalarga foydalidir.
    Non va non mahsulotlari tayyorlashda amilaza xamirni achishini tezlashtiradi va nonning sifatini yaxshilaydi. Konditer sanoatida achitqi zamburug‘ining invertazasidan (saxarozasi) foydalaniladi, saxarozani glyukoza va fruktozaga aylantirib beradi, u saxarozani yuqori miqdorida kristallanishining oldini oladi.
    Zamburug‘larning pektinazasi meva va uzum sharbatini tindirish uchun ishlatiladi. Vino ishlab chiqarishda uzum sharbati chiqish miqdorini ko’paytirish uchun va kofe ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Glyukoamilazadan pivo tayyorlash sanoatida pivodan dekstrin qoldig‘ini tozalash uchun ishlatiladi. Glyukoizomeraza saxarozani o’rniga glyukoza-fruktozali sharbat olishda foydalaniladi.
    Laktoza, laktozasiz sut olish uchun ishlatiladi. Laktozalar yordamida tarkibida ko’p miqdorda laktoza bo’lgan sut zardobidan qand (glyukoza, galaktoza) olinadi. Zamburug‘larni glyukozaoksidazasi katta ahamiyatga ega, chunki bular oziq ovqat mahsulotlarini glyukoza qoldig‘idan va molekulyar kisloroddan ozod qiladi va bu bilan ularni saqlash muddatini o’zaytiradi.
    Glyukozaoksidazani tuxum kukuniga, mayonezga, pivoga ularni uzoq muddatga saqlash uchun ma’lum miqdorda qo’shiladi. Bu ferment yordamida askarbin kislotasining (S-vitamin) oksidlanishi sekinlashadi.
    Sellyuloza preparatidan kartoshkani qandlashtirishda, kartoshka va g‘alladan kraxmal olishda, suv o’tidan agar-agar chiqarishni ko’paytirishda, sabzavot pastasi tayyorlashda, sitrus mevalari qobig‘ini ajratishda foydalaniladi. o’simlik sellyulozasini qandgacha parchalashda ishlatilmoqda.
    Yuvish vositalari ishlab chiqarishda mikrob fermentlari keng miqyosda qo’llanilmoqda. Odatda ularga proteolitik, amiliolitik va lipolitik faollikka ega bo’lgan Bac.subtilis fermentlari qo’shiladi. Preparatlar sirtqi faol moddalar bilan birgalikda ishlatiladi. Tarkibida ferment bo’lgan yuvish vositalari yuvish muddatini qisqartiradi, to’qimalarni saqlanish qobiliyatini o’zaytiradi, chunki yuvish 40-600C dan oshmagan haroratda olib boriladi.
    Fermentlarni qishloq xo’jaligida qo’llanilishi ikki yo’nalishda olib borilmoqda:

    1. hayvonlarni ozuqasida foydalaniladi.

    2. ferment bilan ozuqaga ishlov berib, ularni hazm bo’lishini oshiriladi.



    1. Biotexnologiyaning bo‘limlari


    Download 42,01 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 42,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fermentlarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati

    Download 42,01 Kb.