• Immobilizatsiya qilingan fermentlarni sanoat miqiyosida olish.
  • Immobilizatsiya qilish usullari




    Download 42,01 Kb.
    bet5/9
    Sana14.05.2024
    Hajmi42,01 Kb.
    #233419
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati

    Immobilizatsiya qilish usullari. Immobilizatsiya qilish usullari ikkiga bo‘linadi: 1- fizikaviy yo‘llar bilan immobilizatsiya qilish: 2- kimyoviy yo‘llar bilan immobilizatsiya qilish; har qaysi usulda immobilizatsiya qilishda quyidagilarga e'tibor berish kerak. Tashuvchilar (sorbentlar)ning tabiati, uning fizik kimyoviy xususiyati.
    Tashuvchilar organik va noorganik tabiatga ega bo‘lishlari mumkin. Immobilizatsiya qilishga mo‘ljallangan «tashuvchi»larga qo‘yiladigan talablar:
     kimyoviy va biologik mo‘tadillik;
     mexanik nuqtai nazardan mustaхkamlik
     ferment va uning substrati uchun o‘tkazuvchanlik.
     texnologik jarayonlar uchun zarur bo‘lgan shaklda olinishi
    osonligi (granula, membrana, varaq va hokazo holatda).
     reaksion shaklda tez kirishi.
     yuqori gidrofilligi (immobilizatsiya jarayonini suvli
    muhitga o‘tkazish uchun)
     arzonligi.
    Tabiiyki bu talablarni barchasiga javob bera oladigan(tashuvchi)lar yo‘q. Shu sababli ham immobilizatsiya uchun juda ham ko‘p materiallardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

    29.Fermentlar ishtirokida texnologik jarayonlar





    1. Amaliy enzimologiya yutuqlarini amalyotga qo`llash.

    2. Fermntlardan sanoatda qo‘llash

    Immobilizatsiya qilingan fermentlarni sanoat miqiyosida olish. Immobilizatsiya qilingan fermentlarni sanoat miqiyosida olish va ularni ishlatish muammosi juda katta guruh mutaxassislarini hamkorlikda ishlashlarini taqozo etadi. Bu muammoni hal qilishni dolzarbligi esa, oliy ta'lim oldida bunday mutaxassislarni tayyorlashdek o‘ta muhim muammoni qo‘yadi.
    Bugungi kunga kelib bu muammoga bag‘ishlangan yuzlab monografiyalar, ilmiy maqolalar to‘planmalari hamda minglab ilmiy eksperimental maqolalar chop etilgan. Xo‘sh, shunday ekan immobilizatsiya qilish nima? Immobilizatsiya qilingan fermentlarni sof fermentlardan farqi nimada? Uni ijobiy va salbiy tomonlari nimadan iborat?
    Avvalgi ma'ruzalardan ma'lum bo‘lishicha fermentlar tizimi xalq xo‘jaligini har xil tarmoqlarida: oziq-ovqat, farmatsevtika, to‘qimachilik, chorvachilik va boshqa bir qator sohalarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Shunday bo‘lishiga qaramasdan fermentlarni qo‘llash masalalasi uzoq vaqtlardan beri rivoj topmasdan kelgan. Bunga asosiy sabab fermentlar va fermentlar tizimining moliyaviy qimmatligi bo‘lgan. Ishlatilgan fermentlar tashlab yuborilavergan, buning ustiga ularning ishlab chiqarishning o‘zi ham juda qimmat bo‘lgan. Albatta, mikrobiologiya sanoatini rivojlantirish hisobidan kerakli fermentlarni, kerakli miqdorda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Ammo bu ham unchalik arzonga tushadigan mahsulot emas. Fermentlarni qayta ishlatish juda murakkab masala, chunki ularni reaksiya sharoitidan ajratish imkoniyati yo‘q. Mana sabablarga ko‘ra fermentlardan foydalanish o‘zi oqlamay qo‘ygan edi. Ammo, bugungi kunda bu muammo butulay hal qilingan. Immobilizatsiya qillingan fermentlarni olish texnologiyasini yaratilishi bu muammoga chek qo‘ydi.
    1916 yilda D. J. Nilson va ye. Grifin inertaza fermentini ko‘mir maydasiga adsorbsiya qilinganda (immobilizatsiya qilinganda), uning faolligi saqlanib qolganligini kuzatdilar. 20-30 yillarda oqsil va fermentlarni adsorbsiya qilish muammosi bo‘yicha qator maqolalar e'lon qilingan. Ammo bu maqolalarni mohiyati ilmiy muammolarga bag‘ishlangan bo‘lib, ishlab-chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan.



    1. Fermentlarni xalq xo‘jalikda qo‘llash



    Download 42,01 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 42,01 Kb.