• O‘zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanish tarixi
  • Biotexnologiyaning bo’limlari




    Download 42,01 Kb.
    bet7/9
    Sana14.05.2024
    Hajmi42,01 Kb.
    #233419
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Biotexnologiya fanining vazifasi va ahamiyati

    Biotexnologiyaning bo’limlari.
    Barcha tirik organizmlar, jumladan, mikroorganizmlar, o’simliklar, hayvonlar va odamlarning hayoti energiyaga bo’lgan talabini qondirish bilan bog‘liqdir. Bundan kelib chiqadiki, biotexnologiyaning bo’limlaridan biri bu – bioenergiya bo’lishi hamda uning asosiy yo’nalishidan biri hisoblanishi kerak.
    Bioenergetika keng ma’noda yer biosferasini energiya bilan ta’minlovchi omildir. Biosfera tarkibiga kiruvchi barcha organizmlar energiyasi mikroorganizm, o’simlik va hayvon energiyasi bilan uzviy bog‘liqdir. Biologik chiziqqa kiruvchi, aylana ichidagi organik birikmalar kimyoviy energiya bilan to’ldirilgan. Jumladan fotosintez jarayoni ko’plab murakkab kimyoviy reaksiyalar bilan bog‘liqdir.
    Sayyoramizda yil davomida 232,5 mlrd tonna quruq organik mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ular taxminan tabiat uchun 6000.102 kdj energiya sarflaydi. Hayot davomida energiyaga bo’lgan talab ortib boradi. Shu sababli odamlarning biosferaga bo’lgan talabi tabiatdagi muvozanatni buzilishiga olib kelishi mumkin.
    Bioenergiyadan ko’p miqdorda foydalanish oqibatida nafaqat o’simlik va hayvonning nobud bo’lishi, ularning sistemasini buzilishi, biogeotsenozning izdan chiqishi, biosfera strukturasining buzilishi, o’z-o’zini himoyalashni mirikillashishi kabi ko’plab salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Lekin havodan reja asosida foydalanish biosferaga ongli ravishda yordam beradi. Bular hammasi ekologiyani muhofaza qilishga va bioenergiyani bir me’yorda saqlash uchun imkon yaratadi. Quyidagi 2 ta noosferaning birligi bu sistemani saqlab tura oladi:
    1) Energiya (saralash va sistemani saqlash, energiyaning katta qismi);
    2) Axborotli (juda murakkab saralangan sistema). Bularning har ikkalasi yangicha bioenergiyaning shakllanishida faol ishtirok etadi.



    1. Biologizatsiya va ekologiyazatsiya muammolari

    2. O‘zbekistonda biotexnologiya fanining rivojlanish tarixi

    O‘zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanish tarixi
    Biotexnologiya fani O‘zbekiston uchun eng kenja fanlardan bo‘lib, uning tarixi uzoqqa bormaydi (qadimiy biotexnologiyalar; non yopish, qatiq tayyorlash va x.k. bundan istisno). Bu fan asosan O‘zbyokiston Fanlar akademiyasining mikrobiologiya institutida, genetika va o‘simlikdar eksperimental biologiyasi institutida hamda Respublika Kimyo birlashmasiga qarashli bir qator zavodlarda (Yangiyo‘l biokimyo zavodi, Andijon gidroliz zavodi, Qo‘qon spirt zavodi) rivojlanib kelmoqda.
    Biotexnologiya ixtisosligi bo‘yicha birinchi o‘zbek akademigi A.G.Xolmurodov (1939-1996) fuzarium avlodiga mansub zamburug‘lardan NAD-kofermenti va vitaminlar kompleksi (V guruhiga kiruvchi vitaminlar, vitamin RR, Q10 va x.k.) tayyorlash texnologiyasini yaratdi.
    Akademik Abdukarimov A.A. va shogirdlari gen injeneriya sohasida katta izlanishlar olib borayapti. B.f.d. M.M.Raximov fermentlar muhandisligi sohasida eng yirik mutaxassis deb hisoblanadi. Katta izlanishlarni akademik Sh.I.Salixov, b.f.d. Azimova Sh.S., b.f.d. Q.D.Davronov amalga oshirayapti.
    B.f.d. J.Tashpulatov, somon va g‘o‘zapoyani parchalashda "trixoderma xarzianum" deb atalmish zamburug‘ fermentlaridan foydalanish mumkinligini ilmiy asoslab berdi va bu texnologiyani amaliyotga qo‘llash taklif va muloxazalarini chop etdi.
    Biotexnologiya Fani o‘quv jarayonida bir qator oliy ta’lim yurtlarida o‘qitiladi. Bular ichida O‘zbyokiston Milliy Universiteti, Kimyo texnologiya instituti, Toshkent farmatsevtika instituti, Agrar Universiteti, ma’lum bilimlar O‘zbyokiston tibbiyot akademiyasida ham o‘zlashtiriladi. O‘qish jarayonlari qatorida kafedralar va laboratoriyalarda bakalavr, magistrlardan tashqari Fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlanayapti.
    Bir qator o‘zbek olimlari M.E.Mavloniy, T.Siatov, J.Musayev, M.Murodov, T.G.G‘ulomova, Z.R.Axmedova, X.T.Xasanov, A.X.Vaxabov, R.Shoyaqubov, X.Kalanov, Z.F.Ismoilov, I.J.Jumaniyozov va boshqalar mamlakatimizda biotexnologiya sohasida chuqur ilmiy va amaliy ishlar olib bormoqdalar.
    Yuqorida zikr etilgan uch korxonada (Andijon gidroliz zavodi, Qo‘qon spirt zavodi, Yangiyo‘l biokimyo zavodlarida) spirt olish uchun zarur bo‘lgan amilaza fermentini ishlab chiqarish bo‘yicha chuqur izlanishlar olib borilmokda.
    Bu kabi biotexnologik ishlab chiqarish nazariyalarini yaratish, uni amaliyotga tadbiq etish ishlari yuzasidan O‘zFA Mikrobiologiya instituti va Toshkent Davlat Agrar Universiteti Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi kafedrasi hamda o‘simliklar biotexnologiyasi laboratoriyasi olimlari faol ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.



    1. Biotexnologiya fanining qadimgi tarixi


    1. Biotexnologiyaning davrlarini tushuntiring

    2. Fermentlarni immobillashning nazariy asoslari


    Download 42,01 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 42,01 Kb.