Bitiruv ishining dolzarbligi: CO (uglerod oksidi) odamlar uchun zararli. Uglerod oksidi rangsiz, hidsiz va ta'msiz gaz bo'lib, nafas olayotganda odamlar va hayvonlar uchun zaharli hisoblanadi. CO qazib olinadigan yoqilg'i va yog'och, neft va gaz kabi boshqa organik materiallarning to'liq yonishi natijasida hosil bo'ladi. CO zaharlanishi bosh og'rig'i, bosh aylanishi, zaiflik, ko'ngil aynishi, qusish va tartibsizlikka olib kelishi mumkin. Yuqori darajadagi CO ga uzoq vaqt ta'sir qilish behushlik, miya shikastlanishi yoki o'limga olib kelishi mumkin. Sizning uyingizda CO detektorlarini o'rnatish va Co zaharlanishining oldini olish uchun qazilma yoqilg'ini yoqadigan asboblarni saqlash muhimdir.
Bitiruv ishining maqsadi: Is gazi detektori apparat dasturiy vositasini ishlab chiqish va natijalarni tahlil qilish.
Bitiruv ishining vazifasi: Zamonaviy apparat va dasturlar yordamida Is gazini aniqlashni ko’rib chiqish. Bunda bizga Arduino platformasi va C++ dasturlash tili yordam beradi. Biz Arduino qurilmasi va MQ seriyali Gaz sensorlari orqali Is gazini aniqlovchi dasturini ishlab chiqish.
Bitiruv ishining tarkibi: Bitiruv ishining tarkibi kirish, 4 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovadan tashkil topgan. 1- bob Is gazining salbiy tamoillari va uning yechimlari haqida nazariy ma’lumotlar keltirilgan. 2 – Is gazini aniqlovchi zamonaviy apparat vositalari keng yoritib berilgan. 3 – bobda Arduino qurilmasi yordamida is gazini aniqlovchi apparat dasturiy vositasini yaratish bosqichlari keltirilgan. 4 – bobda esa hayot faoliyati xavfsizligi to’g’risida ma’lumot keltirilgan.
I-BOB IS GAZINING SALBIY TAMOILLARI VA UNING YECHIMLARI HAQIDA NAZARIY MA’LUMOTLAR
1.1 Is gazining salbiy holatlari va uning yechimlari.
Is gazi (SO) rangsiz, hidsiz, korxona sharoitida eng ko`p uchraydigan zaharli birikma tabiiy gaz, yoqilg`i, ko`mir, o`tin cho`g`lari to`liq yonmasligi, chala yonishi oqibatida vujudga kеladi. Tutun tarkibida 3%, ishlangan gazda 13%, portlovchi gazlar tarkibida 50-60% gacha is gazi bo`ladi.
Is gazidan qator organik moddalar (asеton, mеtil spirt, fеnol va boshqalar)ni sintеz qilish uchun foydalaniladigan korxonalarda, avtoulovlar turar parklarida vеntilatsiya yomon bo`lganda, yangi bo`yalgan shamollatilmaydigan xonalarda shuningdеk, uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pеchka bilan istiladigan uylar, hamomlarda dam, olish palatkalarida isinish uchun cho`g` olovlaridan va boshqalarda yonish mahsulotining to`liq yonmasligi natijasida zaharlanib qolish mumkin.
Is gazi organizmga nafas a'zolari orqali ta'sir etadi. Ushbu gaz kislorodga nisbatan 300 marotaba tеz va ko`proq gеmoglabinga birikish xususiyatiga ega, shuning uchun juda mahkam birikma-karboksigеmoglobin hosil qiladi. Oqibatda gеmoglabinning to`qimalarga kislarod tashish xususiyati juda pasayib, gipoksiyaga, og`ir zaharlanganda anoksiyaga olib kеlishi mumkin.
Is gazining katta miqdori tarkibida tеmir moddasi bor. Nafas olish fеrmеntini parchalaydi. Bu o`z yo`lida, to`qimalarning nafas olish faoliyatiga salbiy ta'sir ko`rsatadi.
Is gazi bilan zaharlangan organizmda uglеrod va oqsil almashinuvi buziladi, natijada, asidoz alomatlari yuzaga kеladi. Qon tarkibida kaliy va kaltsiy muvozanati markaziy nеrv sistеmasi faoliyati buziladi. Bosh miyada bosimning oshishi, miyaga va yurak mushaklarida qon aylanishi kuzatiladi. Organizmga kislarod yеtishmasligi oqibatida markaziy nеrv sistеmasi faoliyati buziladi. Shu tariqa inson hayotdan ko`z yumishi mumkin. Tabiiy gazning xonada to`planishi oqibatida yong`in yoki portlash sodir bo`ladi hamda buning natijasida inson turli tan jarohati olishi mumkin.
Zaharlangan kishini zudlik bilan toza havoga olib chiqish zarur, nafas olishi to`xtab qolganda sun'iy nafas bеrish lozim. Bu tadbirni bеmor mustaqil nafas olgunga qadar yoki biologik o`lim alomatlari paydo bo`lguncha davom ettiriladi. Badanni ishqalash, oyoqlarga grеlka qo`yish, qisqa vaqt nashatir spirt bug`larini hidlatish (nashatir spirti bеmor burnidan kamida 1 sm uzoqlikda shimdirilgan paxta yoki marlida bo`lishi shart aks holda spirtning o`tkir hidi bеmorni paralich holatiga olib kеlishi mumkin) zaharlanish oqibatlarini tugatishga imkon bеradi. Zaharlanib qolgan kishilar zudlik bilan kasalxonaga olib borilishi kеrak, chunki birmuncha kеyinroq o`pka va asab sistеmasi tomonidan og`ir asoratlar vujudga kеlishi mumkin. Agar bеmor xushida bo`lsa, tananing yuqori qismini qisib turuvchi kiyimlardan bo`shatiladi, issiq choy qaxva ichiriladi. Har qanday is gazidan zaharlanish darajasida ham bеmorlarni shoshilinch holda rеanimatsiya yoki toksikologiya bo`limiga yotqiziladi. Kasalxonadan chiqqan bеmorlar terapеvt va nеvropatolog kuzatuvida bo`lishi shart aks holda kеyinchalik uning alomatlari yuzaga chiqishi mumkin.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada so‘nggi uch yil ichida kuzgi-qishki isitish mavsumida sodir bo‘layotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish holatlari bilan bog‘liq. Ma’lumki is gazi (SO) rangsiz, hidsiz zaharli birikma bo‘lib, tabiiy gaz, yoqilg‘i, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘lari to‘liq yonmasligi oqibatida xosil bo‘ladi. Tutun tarkibida 3%, ishlangan gazda 13%, portlovchi gazlar tarkibida esa 50-60% gacha is gazi bo‘ladi.
Is gazidan shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda, avtoulovlar turar parklarda, yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda, shuningdek uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan istiladigan uylar, hammomlarda, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi natijasida zaharlanish mumkin.
Is gazi organizmga nafas a’zolari orqali ta’sir etadi. Ushbu gaz gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuchli birikma - karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning to‘qimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, og‘ir xolatlarda esa - anoksiyaga olib kelishi xamda shu tariqa inson hayotdan ko‘z yumishi mumkin.
Tahlillarga ko‘ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelmoqda:
Fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik;
Nostandart (qo‘lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;
Isitish pechlarining dudburonlarini noto‘g‘ri o‘rnatish;
Gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlari hamda suyultirilgan uglevodorod gaz balonlarini (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;
Xavo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari)dan foydalanish;
Xavoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to‘sib) qo‘yish.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra isitish uchun foydalanilayotgan yoqilg‘i (gaz, ko‘mir, o‘tin va boshqa)ni chala yonishi natijasida is gazi xosil bo‘ladi.
Is gazi, yoki, uglerod monooksidi – CO bu – hidsiz, ta’msiz va rangsiz gaz bo‘lib, yoqilg‘ining to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi. Is gazi odamlar uchun ham va jonivorlar uchun ham zaharli hisoblanadi.
Is gazi organizmga nafas yo‘llari orqali kirib keladi va kislorodning kirishini to‘sib, organizm faoliyatini izdan chiqaradi. Organizmda kislorod yetishmovchiligi boshlangach, hammadan ham ko‘ra ko‘proq bosh miya, asab tizimi hamda, hamda yurak mushaklari bunga sezgirlik namoyon qiladi. Shu sababli ham, is gazidan zaharlangan odam vaziyatning nechog‘lik xavfli ekanini o‘zi yaxshi anglolmay qoladi. U o‘ziga nimadir bo‘layotganini bilib tursa ham, fikrini jamlay olmaydi, hushini yig‘a olmasdan, dezorientatsiyaga yo‘liqadi, hamda, o‘zini-o‘zi qutqarishga ojizlik qilib qoladi. Odam hatto uyg‘oq paytda, es-hushi o‘zida bo‘lgan, bardam, tetik holatida ham is gazining zimdan ko‘rsatayotgan ta’sirini payqashi qiyin bo‘ladi. Uyqu paytida esa odam o‘z organizmi is gazidan zaharlana boshlaganini umuman sezmay qolishi ham hech gap emas.
Is gazi paydo bo‘ladigan joylar
Is gazi odatda yonishni ta’minlash uchun yetarli kislorod bo‘lmagan holatlarda, ya'ni, yonilg‘i chala yonganda ajralib chiqa boshlaydi. Bunday holat esa pechka o‘rnatilgan xonalardagi mo‘rilarning tiqilib to‘lib qolishidan va ventilyatsiyaning nosozligidan yuzaga keladi. Ya'ni, mo‘ri tiqilib qolgan bo‘lsa va ventilyatsiya nosoz bo‘lsa, ichkariga toza havo kirmaydigan xonada yoqilgan yoqilg‘idan oddiy tutunga qo‘shilib is gazi ham ko‘p miqdorda ajralib chiqa boshlaydi. Mo‘ri berkligi sababli, ushbu tutun va is gazi hech qayoqqa chiqib ketolmasdan, xona ichida to‘plana boshlaydi va buning natijasida, o‘z navbatida xonadagi kislorod miqdori yanada kamayib boradi. Oqibatda yonishni ta’minlab turgan kislorod miqdori yanada va yanada kamayib, chala yonish esa yana kuchayib boradi. Gaz qurilmalarida hosil bo‘ladigan tutun gazlarining rangi va hidi bo‘lmaydi. Shu sababli ham tutun gazlari va is gazi xonaga sizib chiqa boshlaganini sezmay qolishi mumkin. Qozonda ovqatning kuyib ketishidan ham is gazi yuzaga kelishi va zaharlanish sodir bo‘lishi mumkin. Lekin, baribir odatda kishilarning is gazidan zaharlanishi kuzatilgan aksar holatlarda buning sababi nosoz pechka va mo‘rilar, hamda, nosoz ventilyatsiya bo‘lib chiqadi.
Shuni qat’iy yodda tutish kerakki, har qanday mo‘ri quvurini va ventilyatsiya sistemasini muntazam tekshirib, ko‘zdan kechirib turish kerak va bu tizimlarga davriy malakali texnik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash lozim. Mo‘ri quvurlari tiqilib qolmasligini ham jiddiy nazorat qilish kerak. Odatda, pechka yoqilmasligi sababli yoz oylarida mo‘rilarga birov e’tibor bermay qo‘yadi. Bu paytda esa mo‘ri quvurlariga qushlar in qurib olishi mumkin. Yilning sovuq payti kelgach, pechka yoqilganda esa o‘sha qush uyasi tutunning mo‘ridan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi va ichkarida zaharli gazlar to‘planishiga sabab bo‘ladi (ba’zan esa pechkaning portlashiga ham sabab bo‘lishi mumkin). Shu sababli, uylardagi mo‘rilarni har yili isitish mavsumi boshlanishidan avval albatta yaxshilab tozalash kerak. Quvur ichida havo erkin aylanishiga ishonch hosil qilish, uning so‘rish qobiliyati joyida ekaniga amin bo‘lish kerak. Ko‘p qavatli uylarning gaz qurilmalarining quvur sistemasini tozalash uchun esa bu bo‘yicha yetarli malakaga ega mutaxassislarga murojaat etish kerak. Shuningdek, hovli uylarni ham, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarni ham, xullas, inson yashab, ishlaydigan har qanday xonalarni is gazini aniqlovchi datchik bilan ham jihozlash albatta foyda beradi.
1.1-rasm. Is gazi datchigi
|