Talaba ega bo‘lmog‘i kerak




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana27.05.2022
Hajmi0.6 Mb.
#22092
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
mehnat talimi jarayonida keys-stadi texnalogiyasini qollash
informatika 1, akrom61 k t (0) 2, 8-matka, The Forsyte Saga, Презентация Microsoft PowerPoint, 22-Test shaklidagi topshiriqlar tarkibi, prezentatsiya, Pedagogika psixologiya fanlarini o\'qitish metodikasi 4 kurs PP, 3-mustaqil ish, 2-mustaqil ish, 5-Ma’ruza Mavzu Ochiq kalit infratuzilmasi Reja-fayllar.org, O‘RQ-868 13.09.2023 qonun chegara, O‘RQ-109 14.09.2007 qimor o\'yinlari, 19-maktab CHQBT xonasi
Talaba ega bo‘lmog‘i kerak: muloqatchanlik, hamkorlikda ijodiy ishlash
mustaqil tadqiqot vazifalarni bajarish, hisobat, prezentasiyalarni tayyorlash 
ko‘nikmalariga ega bo‘lmog‘i kerak. 
 Turi va manbalaridan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi: Keys 
ta’lim-tarbiya beruvchi keys turiga kiradi, keysning asosiy manbasi 
pedagoglarning ish tajribasi davomida yuz bergan muammolar. Keysning asosiy 
ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgan. Bu syujetli, prognostik, ko‘p sub’ektli keys bo‘lib, 
muammoli vaziyat asosida tuzilgan. Keys jamoa orqali munozarani tashkil qilishga 
mo‘ljalangan bo‘lib, didaktik maqsadlarga ko‘ra mavzu bo‘yicha talabalarning 
bilim, ko‘nikma, malakalarni mustahkamlash, ularni amaliy faoliyatga 
yo‘naltirishni nazarda tutadi. 
Ushbu keysdan Мehnat ta’limi fani bo‘yicha amaliy va mustaqil ta’lim 
mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin.
Dars jarayonida quyidagi muammoli vazifatdan foydalanish tavsiya qilinadi. 
Muammoli vaziyatda shaxsning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi turli hil 
muhitlar ko‘rsatilgan. Talabalar vaziyatni yechish orqali shaxs ta’lim-tarbiyasida 
nimalarga e’tibor berish lozimligini tahlil qiladilar va yakuniy yechimlarni ishlab 
chiqadilar.
Vaziyat 



Sinf rahbari tarbiyasi qiyin bolaning ota-onasi bilan suhbat olib bormoqda. 
O‘quvchi ko‘p vaqtlarda maktabga darslarni tayyorlamasdan keladi, qo‘pol, 
o‘yinqoroq. Maktab intizomini mensimaydi. Masalan, dars paytida maktab 
oshxonasida yuradi. So‘rmasdan darslardan ketib qoladi. Chorak oxirida reyting 
kundaligi haftada almashadi, baholari past chiqiyapti. 
Uning otasi fan doktori, professor, rahbar, onasi vrach. Pedagogning 
gaplariga quyidagicha javob beradi: 
-Tushunsangizchi, biz Davlat ishlari bilan juda band odamlarmiz. Mening ishim 
juda ham mas’uliyatli ish! O‘g‘lim bilan shug‘ullanishga mening hech vaqtim 
yo‘q. Onasining ham ishlari ko‘p. Biz maktabga yuborayapmiz. Maktab uchun 
kerakli narsalarni olib berayapmiz, maktab vaqtiga sizlar javob berasiz, 
tarbiyalaysizlar ! Bu sizning vazifangiz emasmi? 
Pedagog, oila bilan maktab hamkorligida ish olib borsagina tarbiya samara 
berishi mumkinligini uqtirganda, u yana e’tiroz bildirdi: 
- Nima ish qilish kerak bo‘lsa, oilaga bo‘g‘liq bo‘lgan ishlarning hammasini 
qilyapman. Uyda kompyuter bor, internetga ulab qo‘ydim, kutubxonamiz 
mavjud, ingiliz tili, rus-tillaridagi o‘quv kassetalar kolleksiyasi bor. 
Ota tarbiyadagi o‘z ishtirokiga oid elementlarni uzoq sanadi. Bularni eng asosiy 
deb hisobladi, ammo o‘g‘lining xulqi haqidagi sinf rahbari tomonidan 
bildirilayotgan tashvishli xabarga e’tibor qilmadi. 
( O‘. Asqarova.“ Pedagogikadan 
amaliy mashqlar va masalalar”) 
Мehnat ta’limi faninida keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda talabalarni quyidagi
uslubiy ko‘rsatmalar bilan tanishtirish lozim. 
Keys-stadi texnologiyasida vaziyatni hal qilishda, talabalar vaziyatni tashkil 
qilish bosqichlarini navbatma-navbat bosib o‘tishlari lozim va ularga quydagi 
ko‘rsatmalar beriladi.
1. Keys bilan tanishish: 
a) Keys mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqing. 



b) Keysni kichik jamoangizda “sabab-oqibat” nuqtai-nazaridan tahlil qiling. 
2. Berilgan vaziyat bilan tanishish: 
a) Malumotlarni yana bir diqqat bilan o‘qib chiqing. 
b) Vaziyatni keltirib chiqaruvchi omillarni belgilab oling. 
c) Vaziyatda muhim joylarni qalam bilan chizib, alohida ko‘rsatib qo‘ying. 
3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish jarayonida ularga quyidagi savollar bilan 
murojaat qilinadi 
1. Vaziyat qachon, qanday holatda sodir bo‘ldi? 
2. Sinf rahbari harakat motivlarini tahlil qilish? 
3. O‘quvchi harakat motivlarini tahlil qiling ? 
4. Ota-onaning harakat motivlarini tahlil qiling? 
5. Muammoni asosiy keltirib chiqaruvchi sabablar nimada deb hisoblaysiz ? 
6. Qanday qilib keskin pedagogik vaziyatni oldini olish mumkin edi ? 
7. Voqeallarni keying rivojlanishi qanday bo‘lishi mumkin ? 
8. Vaziyatning yechimini taklif qiling ? 
4. Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarni tanlash hamda asoslash uchun 
talabalar quyidagi vazifalarni bajaradilar. 
a) Vaziyat yechimini topish maqsadida “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirish; 
b) Muammoni yechish uchun barcha holatlarni o‘rganing, muqobil variyatlarni 
tahlil qilish; 
c) Keys bilan ishlash natijalarini taqdimot yoki yozma axborot shaklida 
tayyorlash; 
“Shaxsning o‘sishi, shakllanishi va tarbiyasi” mavzusida o‘qitishda keys-stadi 
texnologiyasini qo‘llash talabalarda darsga bo‘lgan qiziqish uyg’otadi, ularni 
ijodiy fikrlashga, qarorlar qabul qilishga, mavzu yuzasidan bilimlarni 
boyitishga, amaliy jarayonda mustaqil qo‘llashga o‘rgatadi. 
Dars ishlanmasi (2- ilovada) keltirigan 
O`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini hisobga olish va baholash 
tizimi” mavzusida tayyorlangan dars ishlanmasi (3-ilovada) keltirilgan.



Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan “Maktab, oila va mahalla
hamkorligi” mavzusi asosida keys-stadi texnologiyasini qo‘llash. 
Rezyume 
O‘quv jarayonida “Keys-stadi”texnologiyasi qo‘llaniladi. Talabalar kichik 
jamoalarda kasbiy jarayonda sodir bo‘lgan muammoli vaziyatni tahlil qiladilar, 
uning kelib chiqish sabablarini o‘rganadilar. Talabalar vaziyatning yechimi 
bo‘yicha aniq va asosli xulosalarni kiritadilar va ushbu takliflarni maqbullik 
jihatlarini muhokamaga qo‘yadilar. 

Download 0.6 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish