|
-qadam. Xavfning manbaini aniqlash.
2-qadam
|
bet | 24/28 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 6,58 Mb. | | #258326 |
Bog'liq BMI RakhimovAlijonFinal2024 (3)1-qadam. Xavfning manbaini aniqlash.
2-qadam. Xavfni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sistema qismlarini aniqlash.
3-qadam. Tahlilga chegaralanishlar kiritish, ya’ni o‘rganish talab qilinmagan xavflarni chiqarib tashlash.
Ikkinchi bosqich- xavfli holatlarning ketma-ketligini belgilash, xavflar va hodisalar daraxtini qurish.
Uchinchi bosqich- oqibatlarni tahlil qilish.
Sistemali tahlil - murakkab muammolar bo‘yicha qarorlarni tayyorlash va asoslashda ishlatiladigan metodologik vositalar yig‘indisidir, shu jumladan xavfsizlikda xam. Sistema deganda elementlar majmuasi tushuniladi, ular orasidagi o‘zaro ta’sirlar adekvatli ravishda bir xil natijaga olib keladi. Bunday sistemani aniq sistema deb ataymiz. Agar elementlarning o‘zaro ta’siri har xil natijalarga olib kelsa, buni noaniq sistema deyiladi.
«Sistema» so‘zi grekcha - systema so‘zidan olingan bo‘lib, butun qismlar va birikmalardan tuzilgan demakdir.
|
Sistemaning tashkil qiluvchilari (elementlari, qismlari) deganda nafaqat moddiy obyektlar tushunilmasdan, yana ular orasidagi o‘zaro munosabatlar va bog‘lanishlarni xam anglash kerak. Texnik holati jixatidan soz bo‘lgan har qanday mashina texnik sistemaga misol bo‘la oladi. Sistema elementlaridan bittasini inson tashkil qilsa - ergotik sistema deyiladi.
Ergotik sistemaga misollar: “inson-mashina”, “inson-mashina-muxit” va hokazo. Umuman olganda har qanday predmetni (jismni) sistemali topish shakliga ega deb tasavvur qilish mumkin.
Sistemalik prinsipi hodisalarga bir butun to‘plam yoki kompleks deb karab ularni o‘zaro bog‘liklikda o‘rganadi. Tizim yuzaga keltiruvchi maqsad yoki natija sistema hosil qiluvchi elementlar deb ataladi. Masalan, sistemali hodisa bo‘lgan yonish (yong‘in) quyidagi asosiy uchta shart (element) bo‘lgandagina yuzaga keladi: yonuvchi modda, oksidlovchi (kislorod) va yondiruvchi manba. Tashkil qiluvchilarning xoxlagan bittasini yuqotib bu tizimni buzishimiz mumkin.
Sistema, uni tashkil qiluvchi elementlarida yuq bo‘lgan sifat belgisiga egadir. Sistemaning juda muhim bu xususiyati emerdjentlikdeb ataladi. Bu xususiyat, aslini olganda, umuman tahlil qilishning, shu jumladan xavfsizlik muammolarining xam asosida yotadi. Sistemali tahlilning uslubiy statusi juda g‘aroyib: unda nazariya va amaliyot elementlari o‘zaro aralashib ketgan, aniq shakllangan uslublar, xis-tuyg‘u, shaxsiy tajribalar va evristik uslublar bilan qo‘shilib ketgan.
Xavfsizlikni sistemali tahlil qilishning maqsadi ko‘ngilsiz hodisa (avariya, yong‘in, jarohatlanish, kasallanish va hokazo)larning yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi sabablarni aniqlash va ularning paydo bo‘lish ehtimolligini kamaytiradigan oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdir.
Har qanday xavf bir yoki bir nechta sabablar tufayli yuzaga keladi va ma’lum miqdorda zarar yetkazadi. Sababsiz real (bor bo‘lgan) xavflar yuzaga kelmaydi. Demak, xavflarning oldini olish yoki ulardan himoyalanish ularning paydo bulish sabablarini aniqlashga, o‘rganishga asoslangan.
Yuzaga kelgan xavflar va ularning sabablari o‘rtasida o‘zaro sabab-oqibat bog‘lanishi mavjud, xavf ma’lum bir sabab oqibatidir, u esa, o‘z navbatida, boshqa bir sabab oqibatidir va hokazo.
Shunday qilib, sabablar va xavflar kerakli, ierarxik, zanjirli strukturalarni yoki sistemalarni hosil qiladi. Bunday bog‘lanishlarning grafik ko‘rinishi, shoxlanib ketgan daraxtni eslatadi. Ob’ektlar xavfsizligining tahliliga bag‘ishlangan xorijiy adabiyotlarda, shunday tushuncha (termin)lar ishlatiladi: “sabablar daraxti”, “bo‘zilishlar daraxti”, “xavflar daraxti” va “hodisalar daraxti”. Kurilayotgan daraxtlarda qoida bo‘yicha sabab va xavf shoxchalari mavjud bo‘ladi. Bu esa, sabab-oqibat bog‘lanishlarining dialekti xususiyatga ega ekanligini tuliq namoyon qiladi. Bu shoxchalarni bir-biridan ajratish maqsadga muvofiq emas, ba’zida aslo iloji yuq. Shu sababli obyektlarning xavfsizligini tahlil qilish jarayonida hosil bo‘lgan grafik ko‘rinishlar “sabablar va xavflar daraxtlari” deb aniq aytiladi. “Daraxt”larni ko‘rish har xil ko‘ngilsiz hodisalarning sabablarini aniqlashda juda katta samara beradigan usul xisoblanadi. “Daraxt” shoxlanishining ko‘p bosqichli jarayoni, uning chegaralarini aniqlash maqsadida cheklashlar kiritishni talab kiladi va bu cheklashlar ilmiy izlanishlarning maqsadiga butunlay bog‘lik bo‘ladi. Umuman, shoxlanishning chegarasi yangi shoxlar hosil qilinishining mantiqiy maqsadga muvofiqligi asosida aniqlanadi.
“Inson-muhit”, “inson-ishlab chiqarish” va boshqa tizim (sistema)lar murakkab ko‘p tenglamali va qismli tashkil qiluvchilardir. Xavflar identifikasiyasini ijobiy yechishda bu tizimlarni tahlil jarayonida tashkil qiluvchilarga ajratish (dekompozisiya qilish) muhimdir. Umumiy holda ular element (qism)larga ajratiladi. Chegaralangan faoliyat sharoitida bu element (qism)lar aniqlashtiriladi. Faoliyatni tashkil qiluvchilarga ajratish bir ma’noda xavf va uning xavfli turkumlarini aniqlashga imkon beradi. Shuning uchun faoliyatni loyihalashda ma’qul bo‘lgan manba ma’lumotlaridan foydalanilgan holda uni yetarli darajada detallashtirish (elementlarga ajratish) va xavfli xususiyatlarini aniqlash muhimdir.
Insonni hayot faoliyati uni urab turgan atrof-muhitda mavjud bo‘lib, u har xil omillar ta’sirida kechadi. Bu omillar kelib chiqish mohiyatidan ko‘ra insonga ko‘rsatadigan ta’siri, xarakteriga ko‘ra nihoyatda turlicha bo‘lib, ularning ba’zilari inson hayot faoliyati davomida o‘ta ta’sir etadi. Bu omillarga mehnat predmetlari, mehnat vositalari, energiya, mehnat mahsullari, texnologiya, flora (o‘simlik), fauna (hayvonot), tabiiy ofatlar, urush-mojarolar, ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlar va hokazolar kiradi.
Faoliyat xavfsizligini loyihalash va tahlil qilishning mantiqiy - metodologik sxemasi
4.2- jadval
|
| |