• Mavzu: Boshqaruv jarayoni Fan o‘qituvchisi:Axmedjanov A Bajardi: Jalilov.S 2024-y
  • Boshqaruv maqsadiga qo’yiladigan asosiy talablar
  • Biznes boshqaruv asoslari




    Download 107,42 Kb.
    bet1/9
    Sana01.02.2024
    Hajmi107,42 Kb.
    #150152
      1   2   3   4   5   6   7   8   9

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETISAMARQAND FILIALI

    BIZNES BOSHQARUV ASOSLARI”
    fanidan
    MUSTAQIL ISH
    Mavzu: Boshqaruv jarayoni

    Fan o‘qituvchisi:Axmedjanov A
    Bajardi: Jalilov.S


    2024-y

    Boshqaruv jarayoni mezonlari haqida ma’lumot
    Reja:
    1. Boshqaruv maqsadi va unga qo’yiladigan asosiy talablar 
    2. Boshqaruv maqsadi turlari 
    3. Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati 
    4. Boshqarishning asosiy, o’ziga xos aniq funktsiyalari 

    Boshqaruv maqsadi va unga qo’yiladigan asosiy talablar


    Maqsad - bu muddao, murod, ya'ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda
    tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o’z orzularini
    ushalishiga yo’naltiradi. Biz dastlab o’zimizning oldimizda turgan maqsadimizni
    aniqlab olamiz, so’ngra esa shu maqsadimiz:

    bo’lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi;

    faoliyatimizning ustuvor yo’nalishini belgilaydi;

    faoliyatimizni aniq sohaga, ishga yo’naltiradi;

    u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi;

    pirovard natijamizning baxolash me'yorlarni belgilaydi va x.k.
    Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to’g’ri belgilanganligi boshqaruv uchun
    juda muhimdir. Chunki aynan shu maqsadga binoan:

    boshqarish funktsiyalari;

    boshqarish usullari;

    boshqarishning tuzulmaviy tarkibi;

    lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar hal
    etiladi.
    Boshqaruv maqsadiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
    1. Maqsad bir ma'noli va aniq bo’lishi kerak.
    Agar qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo’lni tanlashga ham hojat
    qolmaydi.
    2. Maqsad real va bajarilishi mumkin bo’lishi kerak.
    - qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan elkanli qayiqqa hech
    qanday shamol ham hamrox bo’la olmaydi.
    3. Maqsad miqdoran o’lchovga ega bo’lishi kerak.
    Miqdoran o’lchovga, me'yorga ega bo’lmagan maqsad - bu sarob.
    4. Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo’lmog’i darkor.
    5. Maqsad bo’limlar va ma'sullar bo’yicha detallashtirilgan bo’lishi kerak.
    Maqsad, uni boshqarish printsiplari, pirovard natijasi bajaruvchilarga
    tushunarli bo’lishi va ularga yozma ravishda sodda tilda etkazilishi kerak.

    6. Maqsad ko’p qirrali bo’lishi kerak


    Maqsad har bir faoliyat turi, har bir mas'ul shaxs bo’yicha mayda-
    chuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan bo’lishi lozim. Bu - umumiy, bosh
    maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga bo’linishini, "Maqsadlar shajarasi" ni
    tuzishni talab qiladi.

    Download 107,42 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 107,42 Kb.