|
Biznes boshqaruv asoslari
|
bet | 7/9 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 107,42 Kb. | | #150152 |
Boshqarish funktsiyalarn - ko’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni
muhim belgilar buyicha turkumlarga ajratib o’rganish zaruriyati tug’iladi.
Boshqaruv funktsiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o’rganish
boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki
yuqorida ta'kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning
funktsiyalarida namoyon bo’ladi.
Boshqarishning asosiy, o’ziga xos aniq funktsiyalari
G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish
funktsiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning asosiy (umumiy) funktsiyalariga
ustuvorlik beradi:
rejalashtirish;
tashkil qilish;
tartibga solish va muvofiqlashtirish;
nazorat;
rag’batlantirish (motivlashtirish).
Boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni
rag’batlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu erda
muvofiqlashtirish barcha funktsiyalar jarayonida o’z aksini topadi.
Bu funktsiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo’lgan umumiy
xususiyatlarga ega bo’lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va
mutaxassislari faoliyatida mavjud bo’ladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning
hamma tomonlarini qamragan funktsiyalar deyish ham mumkin, chunki ular
boshqaruv tizimini ham bo’yiga (vertikaliga), ham eniga (gorizontaliga) qamrab
oladi.
Boshqarish funktsiyasini tasniflashning ikkinchi yondoshuvida boshqarish
ishini aniq ijrochilar bo’yicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun
aniq funktsiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy g’arb firmalarida ishlab
chiqarishga oid 20-25 tadan kam bo’lmagan funktsiyalar ajratiladi. Bular
quyidagilardir:
asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;
qo’shimcha ishlab chiqarishni boshqarish;
ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishni boshqarish;
marketingni boshqarish;
moliviy boshqarish;
sifatni boshqarish;
mehnatni boshqarish;
xodimlarni boshqarish;
innovatsiyani boshqarish va hakazo.
Bunday holda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va
sohalari alohida ajralib turadi. Boshqarishning yuqorida sanab o’tilgan asosiy
funktsiyalari ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida muhim o’rin tutishi zarur
bo’lganligi tufayli ularni mufassal ko’rib chiqamiz .
Asosiy funktsiyalar:
|
| |