|
Biznesni tashkil etish va boshqarish fanidan
|
bet | 44/79 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #119547 |
Bog'liq Biznesni tashkil etish va yuritishBoshlang’ich kapital:
Investitsiyalar,
Aylanma kapital va uning tarkibi,
SHaxsiy kapital.
Boshlang’ich kapital manbalari:
SHaxsiy kapital;
Qarzga olingan mablag’lar;
Lizing;
To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar;
Grantlar.
O’zbekistonda tadbirkorlik subektlarini moliyalashtirishning o’ziga xos xususiyatlari:
Mikrokreditlash;
Boshlang’ich kapitalni shakllantirish bo’yicha kreditlar;
Byudjetdan tashqari fondning kredit liniyasi.
3-mavzu:Ta’sis hujjatlarda o’z ifodasini topishi zarur bo’lgan muhim jihatlar
Reja:
Tadbirkorlikning asosiy jihatlari
Tadbirkorlikning ahamiyati
Kim tadbirkor bo‘lishi mumkin?
Tadbirkorlik uchun nimalar zarur?
TADBIRKORLIKNING ASOSIY JIHATLARI
Agar tadbirkor bo‘lishni istasangiz, siz o‘zingizda tadbirkorlikning asosiy jihatlarini shakllantirishingiz zarur bo‘ladi. Ular quyidagilar:
1. Tashabbuskorlik. Aynan tadbirkor o‘z g‘oyasini amalga oshirib, foyda olish maqsadida iqtisodiy resurslarni o‘zaro biriktirish orqali yangi mahsulot va xizmatlar yaratish tashabbusini ilgari suradi. 2. Tavakkalchilik. Tadbirkor o‘z faoliyatini qanchalik puxta rejalashtirishidan qat’i nazar, uning muvaffaqiyatli amalga oshishi kafolatlanmagan. Faoliyat davomida uning natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi juda ko‘p xavf-xatar (risk)lar paydo bo‘lishi mumkin. Tadbirkor – bu turli xavf- xatar, muammo va to‘siqlardan cho‘chimasdan, o‘z maqsadiga erishishda tavakkalchilikka bora oluvchi shaxs hisoblanadi.
3. Mas’uliyat. Tadbirkorning tashabbusi va tavakkalchiligi ortida uning mas’uliyati, ya’ni o‘zining xatti-harakati uchun mol-mulki va resurslari bilan javobgar bo‘lishga tayyorligi turadi.
4. Yangilikka intilish. Tadbirkorlikning mazmunida yangilikka intilish, ya’ni o‘z faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda yanada yuqori natijalarga erishish uchun muayyan yangilik va o‘zgarishlar kiritib borish muhim o‘rin tutadi
TADBIRKORLIKNING AHAMIYATI
Siz o‘z oila a’zolaringiz turmush sharoitining yuqori darajada bo‘lishini xohlaysizmi? Bu sharoit va imkoniyatlarning aksariyat qismi tadbirkorlik faoliyati orqali yaratilishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Tadbirkorlik har bir insonni muayyan daromad bilan ta’minlab, uning o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, turmush darajasini oshirishga imkon yaratadi. Agar jamiyatda tadbirkor insonlar ko‘p bo‘lsa, unda tinchlik va osoyishtalik, barqarorlikka intilish shunchalik kuchli bo‘ladi. Tadbirkorlik yaxshi rivojlangan jamiyatda yaratuvchanlik, ilm-ma’rifat va saxovat yetakchi o‘rin tutadi. Tadbirkorlik o‘z faoliyatidan to‘lanadigan soliq va ajratmalar orqali davlat budjeti daromadlarini ham ta’minlaydi. Budjet mablag‘lari qanchalik ko‘p bo‘lsa, jamiyat a’zolariga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar (uy-joylar, yo‘llar, tibbiyot muassasalari, o‘quv maskanlari va boshqalar)ni yanada yaxshilash imkoni paydo bo‘ladi. Demak, tadbirkorlikning ahamiyati uning har bir shaxs, jamiyat va davlatning imkoniyatlarini kengaytirishi orqali namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati davlat tomonidan muhofaza qilinadi va qo‘llab-quvvatlanadi.
KIM TADBIRKOR BO‘LISHI MUMKIN?
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni xohlagan barcha fuqarolar tadbirkor bo‘lishi mumkin. Biroq buning uchun fuqaro muomala layoqatiga ega bo‘lishi, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim.
Shu bilan birga, ayrim sabablarga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan shaxslar yoki guruhlar mavjud. Bularga:
– davlat organlari;
– davlat organlarining mansabdor shaxslari;
– tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslarni kiritish mumkin.
TADBIRKORLIK UCHUN NIMALAR ZARUR?
Siz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishingiz uchun quyidagilar taqozo etiladi: – biznes-g‘oyaga ega bo‘lish; – biznes-g‘oyani amalga oshirish uchun aniq xatti-harakatlar rejasi (biznes-reja) ishlab chiqish; – tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan dastlabki (boshlang‘ich) kapitalga ega bo‘lish; – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kerakli moddiy resurslar va shart-sharoitlarga ega bo‘lish.
4-mavzu:Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro’yxatidan o’tkazish
Reja:
|
| |