• Biz "Boshqa" variantini tanlagan respondentlarning 5%i ozlarining shaxsiy javoblarini yozishni soradik va mamlakatda startaplarning rivojlanishiga xalaqit beradigan quyidagi sabablarni oldik
  • - startaplar nimaligini bilmaslik va startaplar haqida xabardorlikni sustligi (24%)




    Download 2,21 Mb.
    bet52/79
    Sana15.12.2023
    Hajmi2,21 Mb.
    #119547
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79
    Bog'liq
    Biznesni tashkil etish va yuritish

    - startaplar nimaligini bilmaslik va startaplar haqida xabardorlikni sustligi (24%),
    - ikkinchi o'rinda ortiqcha qog’ozbozlik va byurokratiya (22%);
    - uchinchi katta to'siq bu mamlakatda startaplarni olib borish va rivojlantirish bo'yicha yoshlarning bilimlari / ko’nikmalari yo'qligi (11%).
    Respondentlarning atigi 3% mamlakatda startaplarni rivojlantirish uchun hech qanday to'siqlar yo'q deb hisoblashadi.
    Biz "Boshqa" variantini tanlagan respondentlarning 5%i o'zlarining shaxsiy javoblarini yozishni so'radik va mamlakatda startaplarning rivojlanishiga xalaqit beradigan quyidagi sabablarni oldik:

    1. Yuqorida keltirilgan barcha javoblar;

    2. Kasb tanlashga nisbatan ota-onalar tomonidan qo’yilgan qat'iy talablar;

    3. Yoshlarning startaplarga qiziqishi yo'qligi;

    4. Yoshlarga startaplarni yaratish va boshqarish bo'yicha bilim va ko'nikmalarni o'rgatadigan xodimlarning yetishmasligi, startap-inkubatorlarning yo’qligi /yetishmasligi;

    5. Mahalliy aholining xarid qobiliyati pastligi, startaplar ishlab chiqadigan mahsulotlar yoki xizmatlarga bozor va talabning mavjud emasligi;

    6. Korruptsiya, ijro hokimiyati vakillarining aralashuvi, "himoyaga olish", byurokratiya, Toshkent shahri misolida ba'zi qonunlarning qabul qilinishi, shahar va qishloq o'rtasidagi tafovut;

    7. Mahalliy hokimiyat qarorlarni bajarmasligi, qonunlar va ularning ijrosi o'rtasidagi tafovut, adolatning yo'qligi, demokratik institutlarning rivojlanmaganligi;

    8. Investorlarning haddan tashqari yuqori foiz qo’yishlari, potensial investorlar bilan uchrashuvlar o'tkazish joylarining yo'qligi, boshlang'ich kapitalga investitsiya kiritishga tayyor bo'lgan sarmoyadorlar to'g'risida ma'lumotlarning yo'qligi, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosini va xarajatlar smetasini tayyorlash uchun standart bazaning yo'qligi, investitsiya jarayonining shaffofligini ta'minlash zaruriyati;

    9. Soliq yuki;

    10. Startap biznes uchun yangi g'oyalarni ishlab chiqish imkoniyatini bermaydigan biznes sohasida monopoliya va oligopoliya kuchi;

    11. Yaxshi boshlang'ich g'oya o'g'irlanib ketishidan qo'rqish, g'oyalarni plagiat qilinishi, rivojlanmagan patent tizimidan qo’rquv;

    12. Xokimiyat tomonidan tadbirkorlik subyektlariga yer ajratmaslik;

    13. Asosiy infratuzilma (elektr, Internet va boshqalar) bilan bog'liq muammolar;

    14. Ommaviy axborot vositalarida ushbu sohaning kam yoritilishi;

    15. Ishonchli rasmiy statistikaning yo'qligi, rasmiy ma'lumotlarni topish qiyinligi, tegishli ma'lumotlardan foydalanish imkoniyati yo'qligi.


    Respondentlarning fikriga ko’ra, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga birinchi navbatda yordam beradigan startap loyihalari uchta asosiy yo'nalishda bo’lishi kerak: ta'lim (35%), IT / telekommunikatsiyalar (24%) va sog'liqni saqlash (7%).
    Qizig'i shundaki, ayol respondentlar (40%) erkaklar (32%) bilan solishtirganda ta'lim sohasida startaplarni rivojlantirishga ko'proq e'tibor berishadi; axborot texnologiyalari sohasida esa startaplarga ayollar (16%) erkaklarga (28%) nisbatan kam ahamiyat berishadi. Shu bilan birga, ayollarning 11%i va erkaklarning atigi 5%i tibbiyot sohasida startaplarni rivojlantirish zarur deb hisoblashadi.

    Ushbu so'rovda qatnashgan U-Reportyorlarning deyarli 1/4 qismi mamlakatda muvaffaqiyatli startap loyihalarini ko'paytirish uchun moliyaviy yordam (24%), ta'lim tizimini yaxshilash (19%) va startaplar bo’yicha o'quv kurslarini tashkil qilish (18%) kerak deb hisoblashadi.
    Agar ayollar va erkaklar startaplar uchun moliyaviy yordam kerakligiga teng ravishad rozi bo'lishgan bo’lsa, ko’proq ayollar (23%) erkaklarga (16%) qaraganda yoshlar uchun startaplar bo'yicha o'quv kurslarini tashkil etish kerak deb o’ylashadi. 18% ayol respondentlar chet el startaplari bilan tajriba almashishni zarur deb bilishadi, erkaklar (12%) esa bunga sal kamroq ahamiyat berishadi.

    9-mavzu:Tadbirkorlik faoliyatiga innovastion ishlanmalarni joriy etish.


    Reja:

    1. Download 2,21 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79




    Download 2,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - startaplar nimaligini bilmaslik va startaplar haqida xabardorlikni sustligi (24%)

    Download 2,21 Mb.